Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə55/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

6.2. PRESIPITAT ISHLAB CHIQARISH


Pretsipitat oxak (oxaktosh) ning fosfor kislotasi bilan ta’sirlashish mahsulotidir. Sitratli eruvchan dikalsiyfosfat CaHPO4*2H2O dan iborat fosforli o‘g‘it pretsipitat deyiladi. «Pretsipitat» so‘zi nemischa Rgazipiterung; - cho‘ktirish ma’nosini anglatadi. Texnik pretsipitat turli darajada boshqa tuzlar: temir va alyuminiy fosfatlari, gips, kalsiy ftoridlari va karbonatlari va boshqalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Texnik pretsipitatdagi P2O5 sit. miqdori 40% gacha etadi. Ozuqali pretsipitat (dikalsiyfosfat) da 0,4% li HCl da eruvchi P2O5 - 43-47% gacha etadi. U amalda gigroskopik emas, yaxshi fizik xossalarga egadir. Shunga karamay, pretsipitat samarador o‘g‘it xisoblansada, bu maqsad uchun uni maxsus ishlab chiqarilmaydi, chunki fosfat kislotani qo‘shaloq superfosfat olishda ishlatish ancha yaxshi samara beradi, bunda kislota hisobiga fosforitdagi bir qism P2O5 o‘g‘itga o‘tadi, shuning uchun qo‘shaloq superfosfatdagi P2O5, ning tannarxi pretsipitatga nisbatan arzon tushadi. O‘g‘itli pretsipitat suyakni qayta ishlovchi zavodlarda jelatina ishlab chiqarishdagi chiqindi hisoblangan kuchsiz fosfor kislotali eritmalardan olinadi.
Pretsipitat ishlab chiqarish jarayonida dastlab, oxak yoki oxaktosh fosfat kislotada eritiladi va bunda monokalsiyfosfat hosil bo‘ladi.
Ca(OH)2 + 2H3PO4= Ca(H2PO4)2 + 2H2O
So‘ngra fosfor kislotaning neytrallanib borishi natijasida monokalsiyfosfat inkongruent parchalanadi va dikalsiyfosfat cho‘kmasi ajralib chiqadi:
Ca(H2PO4)2 + 2H2O = CaHPO4*2H2O + H3PO4
Shuningdek, monokalsiyfosfat oxak yoki oxaktosh bilan ham ta’sirlashadi:
Ca(OH)2 + Ca(H2PO4)2 + 2H2O = 2[CaHPO4*2H2O]
Dikalsiyfosfatdagi CaO:P2O5, ning nazariy massa nisbati (0,79 ga teng) dan ortiqcha miqdordagi so‘ndirilgan oxak qo‘shilganda va shunga muvofiq ravishda eritmaning pH qiymati 6,3 dan ortganda dikalsiyfosfatning parchalanishi sodir bo‘ladi:
4CaHPO4 = Ca(H2PO4)2 + Ca3(PO4)2
Fosfor kislota tarkibidagi qo‘shimchalar ham oxak yoki oxaktosh bilan ta’sirlashadi:
H2SO4 + Ca(OH)2 = CaSO4*2H2O
H2SiF6 + 3Ca(OH)2 = 3CaF2 + SiO2 + 4H2O
(Fe,A1)(H2PO4)3+2Ca(OH)2+2H3PO4 + 2H2O = (Fe,A1)PO4*2H2O + 2[CaHPO4 2H2O] Temir va alyuminiy fosfatlari, kalsiy ftoridi va silikat kislotadan iborat balchiqli cho‘kma pretsipitatning filtrlanishini qiyinlashtiradi.
Dikalsiyfosfatning pretsipitatlanish jarayoni asosida CaO - P2O5 - H2O sistemasining xolat diagrammasi yotadi. CaO - P2O5 - H2O sistemasida 36°C dan quyi haroratda sitratli eruvchan dikalsiyfosfat digidrati CaHPO4*2H2O (brushit), yuqori haroratda esa - suvsiz CaHPO4 (monetit) bo‘ladi. Ammo suvsiz tuz eritmadan faqatgina 60°C dan yuqori haroratdagina ajralib chiqadi, bundan past haroratda esa metastabil faza sifatida muntazam ravishda CaHPO4 ga aylanib turadigan CaHPO4*2H2O cho‘kadi. CaHPO4*2H2O ga nisbatan suvsiz CaHPO4 tarkibida P2O5.-, ko‘p bo‘ladi, ammo CaHPO4 jonivor va o‘simliklarga yomon o‘zlashadi. 20% P2O5 konsentratsiyali (5 nuqta) fosfat kislotaning tarkibida 12% CaO tutgan (5 nuqta) oxak suti bilan pretsipitatlash va 25% P2O5 konsentratsiyali (K nuqta) kislotani - tarkibida -22% CaO tutgan (K nuqta) va S:Q nisbati 1,5:1 ga teng bo‘lgan oxaktosh suspenziyasi bilan pretsipitatlash sharoiti 40°C dagi CaO - P2O5 - H2O sistemasi diagrammasida ko‘rsatilgan (6.3- rasm). Pretsipitatlashda sistema tarkibi SS' va RR1 biriktiruvchi chiziqlar bo‘ylab o‘zgaradi.


Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə