Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


- rasm. Fosfor kislotadan dikalisiy-fosfatini cho‘ktirish jarayonining diagrammasi



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə56/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

6.3 - rasm. Fosfor kislotadan dikalisiy-fosfatini cho‘ktirish jarayonining diagrammasi
Fosfor kislotadan dikalisiy-fosfatini cho‘ktirish jarayonining diagrammasi
40°C da CaO - P2O5 - H2O sistemasi izotemasida OE - stabil va M- metastabil tarmog‘i; 60°C da CaO - P2O5 - H2SiF6 - H2O sistemasida KT - CaHPO4 ning eruvchanlik tarmog‘i;
Muvozanatdagi sharoitda kislotani to‘yingan eritma hosil bulguncha neytrallashdagi - erkin H3PO4 va Ca(H2PO4)2 dan iborat suyuq faza a va a' nuqtalarda, CaHPO4 ga nisbati bo‘yicha to‘yingan bo‘lishi kerak. Amalda esa tuyinish keyinrok, qattiq fazadagi CaHPO4*2H2O eruvchanligining metastabil tarmog‘i MRga to‘g‘ri keluvchi R va R' nuqtalarda yuzaga keladi. Uning kristallanishi metastabil faza bilan to‘yingan eritma hosil bo‘lishi kerak. Fosfat kislota birinchi vodorod ionlarining to‘la neytrallanish, ya’ni pretsipitatning cho‘ktirilishiga sarflanadigan kalsiy oksidning yarim miqdorining erish paytida dikalsiyfosfatning intensiv hosil bo‘lishi boshlanadi (s va s' nuqtalar).
60°C dagi CaO - P2O5 - H2SiF6- H2O sistemasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, hosil bo‘ladigan CaF2 ta’siri natijasida dikalsiyfosfatning eruvchanligi keskin kamayadi. Tarkibida P2O5 ga nisbati buyicha 15% gacha MgO tutgan fosfat kislota eritmasidan dikalsifosfatni cho‘ktirish MgO - P2O5, - CaO - H2O sistemasi diagrammasi yordamida ko‘rib chiqilishi kerak.
CaO - P2O5 - H2O sistemasidagi muvozanat sharoiti bo‘yicha fosfat kislota oxak bilan ham, oxaktosh bilan ham to‘la cho‘kishi kerak. Amalda esa pretsipitatlashning oxirida oxaktoshning va ayniqsa oxakning bir qismi dikalsiyfosfat kristallaridan iborat bo‘lgan eritmadagi ionlarni utishini kiyinlashtiruvchi qobiq bilan o‘ralib qoladi va reaksiya keskin sekinlashadi. Fosfor kislotani oxaktosh bilan talab etilgan darajagacha neytrallash mumkin emasligi nafaqat qobiqlanish tufayli, balki fosfor kislota birinchi vodorod ionlari bog‘lanib bo‘lgandan keyin reaksiya tezligining pasayishi xisobiga ham bo‘ladi. Shuning uchun sanoat sharoitida pretsipitatlash dastlab oxaktosh, so‘ngra oxak ishlatilgani xolda bir necha reaktorlarda o‘tkaziladi. Shundan so‘ng dikalsiyfosfat filtrda ajratiladi va quritishga yuboriladi. Susnenziyani quritish uni dekantatsiyalash (filtrlanmasdan) orqali quyiltirilishidan so‘ng ham amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayonni ikkita bosqichda amalga oshirilishi mumkin: dastlab qo‘shimchalar bilan birgalikda dikalsiyfosfatning bir qismi cho‘ktiriladi, uni ajratiladi va o‘g‘itli mahsulot olinadi; qolgan eritmadan toza ozuqali mahsulot olish orqali cho‘ktirish davom ettiriladi.
CaHPO4*2H2O ni quritishda uning degidratlanishi sodir bo‘lishi mumkin, bundagi harorat va tezlik pretsipitatlashdagi kristallar o‘lchamiga va ularning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liqdir. Agar dikalsiyfosfat atmosfera bosimida 1 soat davomida 100°C haroratda qizdirilsa, u sezilarli darajada suvsizlanadi. Bunda o‘zlashadigan P2O5 juda oz darajada kamayishi kuzatiladi. 175°C dan yuqori haroratda qizdirilganda dikalsiyfosfatdan suv ajralib chiqadi va kalsiy difosfatga aylanadi:
2CaHPO4 = Ca2P2O7 + H2O undagi P2O5 esa qiyin eruvchan shaklda bo‘ladi.
Termik fosfat kislotadan, yoxud bug‘latish siklida yoki organiq ekstragentlar yordamida zararli qo‘shimchalardan oldindan tozalangan ekstraksion fosfat kislotadan ozuqa dikalsiyfosfat ishlab chiqarish afzaldir. Bu holda suspenziyani filtrlash uchun zarurat tugilmaydi va konsentrlangan (50-55% P2O5 li) fosfor kislota ishlatish ham mumkin. MDH, da ozuqabop dikalsiyfosfat xuddi shunday olinadi.
Texnologik jarayon va pretsipitatlash sxemasi, asosan, fosfor kislotali eritmalar konsentratsiyasi orqali belgilanadi.
O‘g‘itli pretsipitat ishlab chiqarishning returli sxemasi 6.4 - rasmda tasvirlangan. Bu sxema buyicha 80-85°C haroratgacha qizdirilgan fosfor kislota gorizontal aralashtirgichda bug‘ va retur bilan CaO: P2O5, = 0,7-0,8 nisbatda aralashtiriladi. Retur soni, ya’ni retur massasining mahsulot massasiga nisbati (0,5-1):1 ni tashkil etadi. Uch minutli aralashtirishdan so‘ng 80% dikalsiyfosfat tutgan massa hosil bo‘ladi. Aralashma aylanuvchi barabanli reaktorda 45-50°C haroratda 90 minut etiltiriladi. Shundan so‘ng mahsulotda yana 4-6% monokalsiyfosfat va 18%




Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə