Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


- rasm. Aylanuvchi pechlarda ftorsizlangan fosfatlar ishlab chiqarish sxemasi



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə54/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

6.1- rasm. Aylanuvchi pechlarda ftorsizlangan fosfatlar ishlab chiqarish sxemasi
1 - apatit uchun bunker; 2 - og‘irlik o‘lchov me’erlashtirgich; 3 - chang uchun bunker; 4- ta’minlagich; 5 - fosfor kislota me’yorlashtirgich; 6 - ikki pallali aralashtirgich; 7 - likopchasimon donadorlagich; 8 - siklon (chang tutgich); 9 - issiqlik yutdirgich qozoni; 10 - changli kamera; 11 - aylanuvchi pech; 12 - rekuperator; 13 - transportyor, 14 -klenker uchun bunker; 15 - tebranuvchi ta’minlagich; 16 - tegirmon; 17 -sovutish barabani ; 18 - tayyor mahsulot saqlanadigan bunker.
Siklonli kameralarga tarkibida 28% dan kam bo’lmagan P2O5, va -15% erimaydigan qoldik tutgan xom ashyo beriladi. Erimaydigan qoldikning kursatilgan me’yordan oz yoki ko‘p bo‘lishi xom ashyo suyuqlanish haroratining ortishiga, buning natijasida esa texnologii jarayonning buzilishiga olib keladi. Siklonning yukori qismida tabiiy gazni xavo oqimida yondiriladi. Kameraga fosforit unini yuklash 7 t/c ni, tabiiy gaz sarfi esa 3000-3200 m/c ni, korishmani agregatdan chikish harorati 1450-1480°C ni, bug ishlab chiqarish esa 20-30 t/c ni tashkil etadi. Hozirgi paytda texnologik sistemaning ish unumdorligini oshirish uchun agregatlarda tabiiy gazni havoning texnik kislorod bilan aralashmasida yondiriladi.
ETA dan chiqadigan sovutilgan gazlar changdan tozalash uchun birin-ketin siklonga va elektrofiltrga uzatiladi. Keyingi apparatlarda tozalangan gazlardan ftorli birikmalar ajratib olinadi.
Fosfatli xom ashyoni suyuqlantirish usuli bilan ftorsizlangan fosfatlar olish jarayoni har biri 150 t/sutka unumdorlikda ishlaydigan energotexnologik agregat (ETA) lar vositasida amalga oshiriladi (6.2 - rasm).

6.2- rasm. Siklonli kamerada ftorsizlangan fosfatlar ishlab chiqarish sxemasi
1-fosforit uchun bunker; 2-ta’minlagich; 3-energotexnologik agregat; 4-elektrofiltr; 5-tindirgich 3; 6 - greyferli (kovshli) uzatgich; 7-ftorsizlangan fosfat uchun bunker; 8 - ta’minlagich; 9 - quritish barabani; 10 - tegirmon; 11-tayyor mahsulot saqlanadigan bunker.
Siklonli qorishmadan chikadigan suyuqlanma mul suv oqimida toblanadi. Suyuqlanmani toblash natijasida tarkibida ko‘p miqdordagi 0,4% li xlorid kislotada eruvchan P2O5 tutgan mahsulot olinadi. Suyuqlanmani kotishi natijasida hosil bo‘lgan donachali mahsulotni suvdan ajratilishi tindirgichli xovuzlarda amalga oshiriladi. So‘ngra mahsulot ikki bosqichda suvsizlantiriladi. Birinchi bosqichda materialdan suv greyferli (kovshli) kranlarda o‘z-o‘zidan xovuzga oqib tushishi orqali ajratiladi. Ikkinchi bosqichda esa material baraban quritgichlarda quritiladi. Shundan so‘ng mahsulot sharli tegirmonlarda maydalanadi va qog‘oz qoplarga joylanadi. Siklonli pech yuqori solishtirma unumdorlikka - 2,5 t/(m *s) ga ega, ammo unga yoqilgi va energiya sarfi juda yuqoridir.
Belgilangan Davlat standartlari talablariga muvofiq, oliy va birinchi navdagi ftorsizlangan ozuqali fosfatlar ishlab chiqariladi. Ulardagi komponentlar, navlariga mos ravishda: P2O5.-, (0,4% li HCl da eruvchan) - 41 va 28% dan kam emas; CaO - 34 va 30%; F - 0,2% dan ko‘p emas; As - 0,0002 va 0,001%; P - 0,002 va 0,003%; H2O - 4% bo‘ladi. Zarrachalar o‘lchami 1 mm dan oshmasligi lozim.
Ftorsizlangan fosfatlar asosan ozuqali vositalar sifatida ishlatiladi, ammo ulardan uzoq muddat ta’sir etuvchi o‘g‘itlar sifatida foydalanilishi ham yuqori samara beradi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə