Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


- rasm. Presipitat ishlab chiqarishning returli sxemasi



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə57/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

6.4 - rasm. Presipitat ishlab chiqarishning returli sxemasi
Uni barabanli quritgichda me’yoriga (3% dan kam H2O) etguncha parallel xarakatdagi o‘txona gazlari (kirishda 550-600°C, chiqishda esa 100-110°C harorat) bilan quritiladi va bunda chiqadigan mahsulotning harorati 90°C dan oshmasligi kerak. So‘ngra uni separatordan utkaziladi; mayda fraksiyaning bir qismi (retur) aralashtirgichga qaytariladi, yirik fraksiya (>O,5 mm) esa dezintgratorda maydalanadi. O’lchami < O,5 mm dan kichik zarrachalar engli filtrga tushadi, u erda separatordan keladigan xavo bilan changlatilib, tayyor mahsulot ajratib olinadi.
Bayon etilgan sxema buyicha ozuqa pretsipitat ham ishlab chiqarilishi mumkin, lekin bunda termin fosfor kislotasi yoki zararli qo‘shimchalardan talab etiladigan darajada oldindan tozalangan ekstraksion fosfat kislotasi ishlatiladi.

6.3. MONOKALSIYFOSFAT


Ozuqabop monokalsiyfosfat kavsh qaytaruvchi xayvonlar uchun yuqori sifatli ozuqa xisoblanadi; shu bilan bir paytda u kislotali reaksiyaga ega bo‘lganligi uchun silosli ozuqalarning konservantlari xisoblanadi. Uni etarli darajada toza fosfor kislotalari - termin fosfor kislotasi yoki oldindan zararli qo‘shimchalardan tozalangan ekstraksion fosfor kislotasini apatit konsentrati yoki bug‘ bilan neytrallash orqali olinadi. Ekstraksion fosfor kislotasini ftorsizlantirish soda yordamida amalga oshiriladi. Jarayonni amalga oshirish 6.3 - rasmda tasvirlangan sxemada amalga oshirilishi mumkin, lekin bunda barabanli reaktor o‘rnida ikki o‘qli shnekli aralashtirgich qo‘llaniladi. Bundan tashqari, hosil qilingan massani quritishda kam eriydigan polifosfatlar hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida mahsulotni barabaili quritgichdan 15-20 minutda o‘tishi ta’minlanadi. So‘ngra uni barabanli sovutgichda xavo oqimida 30-40°C gacha quritiladi. qolgan jarayonlar pretsipitat olishdagi kabi amalga oshiriladi. Bu usul bo‘yicha tarkibida: 0,4% HCI da eriydigan 50-51% P2O5 - va 0,2% dan kam F bo‘lgan 2-navli mahsulot olinadi.
Yuqori sifatli mahsulot apatit konsentrati yoki Qoratog‘ fosforiti va termik fosfor kislotadan olingan qo‘shaloq superfosfatni termik ftorsizlantirilishidan olinadi. Qo‘shaloq superfosfatning yuqori kislotaliligi tabiiy fosfatning keyingi parchalanishi bilan bir vaqtda massaning etarli darajada to‘la ftorsizlanishini ta’minlaydi. Mahsulot tarkibida: 55% dan ortik foydali P2O5 va 0,2% dan kam F bo‘ladi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə