Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Trubalarni ketma-ket va prallel ulash



Yüklə 1 Mb.
səhifə5/16
tarix21.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#130443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Oqil akaga

Trubalarni ketma-ket va prallel ulash
Ketma-ket va parallel ulangan trubalarni hisoblash sodda trubalarni hisob­lashga qaraganda murakkab bo`lib, u qaysi tartibda ulanganiga bog`liq. Shuning uchun bu ikki ulash usulini ayrim-ayrim ko`rib chiqamiz.
Ketma-ket ulash. Bir necha har xil diametrli trubalardan tashkil topgan tru­bo­provod­ni ko`ramiz. Ular ketma-ket ulangan bo`lib, qarshiliklari a1, a2, a3,….., an, uzunliklari L1, L2,….,Ln bo`lsin.
Bu trubalarning har birida sarflar teng bo`lishi uzilmaslik tenglamasidan ko`rinadi. U holda trubalardagi bosimning kamayishi (9.2) ga asosan aniqlanadi.

Ko`rilayotgan truboprovodda esa qarshiliklarni qo`shish prinsipiga asosan quyidagicha hisoblanadi.

Shunday qilib, trubalar ketma-ket ulanganda umumiy qarshilik xususiy qarshiliklar yig`indisidan iborat.

Bu ikki (9.16) va (9.17) tenglama trubalarni ketma-ket ulashda xarakteristika tuzish uchun asos bo`ladi.
Avval ketma-ket ulangan ikkita trubani ko`ramiz. Bu trubalarning xarakteristikalari 9.18-rasm, a da 1 va 2 grafiklar orqali ifodalangan. Ikki truboprovod­ning xarakteristikasini tuzish uchun (9.16) tenglamaga asosan bir xil sarfda ikki trubadagi bosim kamayishlarini qo`shamiz, ya'ni bir xil abssissalarda ikkala egri chiziqning ordinatalarini qo`shamiz.
Ketma-ket ulangan uchta trubaning umumiy xarakteristikasini tuzish uchun avval 1,2,3 trubalarning xarakteristikasini tuzib olamiz (9.18-rasm, b). So`ngra bir xil abssissada ularning ordinatalarini qo`shib,bir chiziq bilan tutashtiramiz n ta ketma-ket ulangan trubaning umumiy xarakteristikasini tuzish ham shu usulda bajariladi. Ko`rilayotgan holda kirishdagi va chiqishdagi tezlik bosimlari har xil bo`lgani sababli, truboprovod uchun talab qilinadigan bosim formulasida (9.9) dan farqli ravishda, kirishdagi va chiqishdagi tezlik damlarining farqi qatnashadi:


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə