Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Parallel ulangan trubalarning xarakteristikasi



Yüklə 1 Mb.
səhifə7/16
tarix21.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#130443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Oqil akaga

Parallel ulangan trubalarning xarakteristikasi.
Uchta parallel trubadan tashkil topgan murakkab trubaning xarakteristikasi ham 1, 2, 3 trubalarning xarakteristikalarini tuzishdan boshlanadi. Bu holda ham bir xil bosimda 1 trubaning sarfiga avval 2 truba sarfini, so`ng 3 truba sarfini qo`shish yo`li bilan murakkab trubaning xa­rak­teristikasini tuzamiz. n ta parallel trubadan tuzilgan murakkab trubaning xarakteristikasi ham xuddi shu usulda hosil qilinadi.
Murakkab truboprovodlar
Murakkab truboprovodlar trubalar xilma-xil usullarda tutashtirilgan bo`lib, ular ketma-ket, parallel ulangan va tarmoqlarga ajralgan bo`laklardan tashkil topgan bo`ladi. Biz yuqorida ketma-ket va parallel ulangan trubalardan tashkil topgan bo`laklarni ko`rdik. Endi truboprovodning tarmoqlangan bo`lagini ko`ramiz. Asosiy truboprovod A nuqtadan uchta 1, 2, 3 tarmoqlarga ajralsin (9.21-rasm). Ularning oxirgi nuqtalarining balandliklari z1, z2, z3, bosimlari p1, p2, p3, sarflari Q1, Q2, Q3 bo`lsin . U holda bu sarflarning yig`indisi asosiy trubadagi sarfga to`g`ri keladi: Q = Q1+Q2+Q3
Har bir tarmoq uchun Bernulli tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:








Trubalarning tarmoqlarga bo`linishi.



Bu tengliklarda p1, p2, p3, larni atmosfera bosimiga teng deymiz va eka-nini hisobga olib hamda 1, 2, 3 trubalar uchun (9.2) formuladan foydalanib, quyidagilarni yozamiz:



Yoki ekanligini hisobga olib va z2 - z1 = z1-2, z3 - z1 = z1-3 belgilashlarni kiritib, oxirgi tengliklarni o`zgartiramiz:

Bu tenglamalardan 1, 2, 3 trubalardagi sarflarni topib va qo`shib umumiy xarjni topamiz:
yoki

bu yerda bo`lib, ular uchun , tengsizliklar o`rin­lidir. Agar uchala trubaning ham ikkinchi uchi bir xil balandlikda bo`lsa (z1 = z2 = z3), u holda z'1-2 = 0; z'1-3 = 0 va H1, H2, H3 lar teng bo`ladi hamda sarf uchun truba­lar parallel ulangan hol uchun chiqarilgan munosabatini olamiz. Endi yuqorida kel­ti­rilgan formulalarga asosan tarmoqlangan truba uchun xarakteristika hosil qilish mumkin (9.22-rasm). Buning uchun ularning xarakteristikalarini trubalarni parallel ulash dagi kabi qo`shamiz. Natijada 9.22-rasmda tasvirlangandek siniq egri chiziq BCDE ni olamiz. Bu chiziq tarmoqlangan truba uchun xarakteristika bo`lib, u 2 va 3 trubalarning ikkinchi uchi balandligida Cva D nuqtalarda sinadi. Agar suyuqlik A nuqtadan B, C, D nuqtalarga qarab emas, teskari yo`nalishda oqsa unda 1, 2, 3 trubalarning xarakteristikalari (sarflar Q1, Q2, Q3 manfiy bo`lgani uchun) H o`qining chap tomonida (ya'ni Q o`qining manfiy yo`nalishida) qo`shiladi. Bordiyu, bu trubalarning ba'zilaridan oqim o`ngga, boshqalarida chapga bo`lganda ham o’ngga oqayotgan suyuqlik uchun xarakteristika H o’qidan o’ngga chapga oqayotganlari uchun esa xarakteristika chapga quriladi va so`ng qo`shiladi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə