Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi


  Aqli  zaif  bolalar  mustaqil  nutqining  shakllanishi  va  leksik-



Yüklə 406 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix05.02.2022
ölçüsü406 Kb.
#83474
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
rivojlanishida kamchiligi bolgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning oziga xos xususiyatlari

2.1.1.  Aqli  zaif  bolalar  mustaqil  nutqining  shakllanishi  va  leksik-

grammatik 

qurilishning  buzilishlarini  to'g'rilash  bo'yicha  logopedik 

ishlarning o'ziga xosligi 

Aqli  zaif  o'quvchilarda  nutqning  grammatik  qurilishini  rivojlantirish 

jarayonida  nutqiy  nuqson  strukturasini,  semantik  jihatdan  yaqin  bo'lgan 

shakllar differensiatsiyasining qiyinchiliklarini e'tiborga olish zarur. 

Yordamchi  maktablarda  nutqning  grammatik  shakllanishi  bo'yicha 

ontogenetik tamoyillardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Normal  bolalar 

maktabgacha  bo'lgan  davrda  o'rganadigan  ko'pgina  grammatik  shakllarni, 

aqli  zaif  bolalar  quyi  sinflarda  ham  o'zlashtirmay  qoladilar.  Grammatik 

shakllar  ustidagi  ishlar  konkretlilikdan  obstraktlilikka  (mavhumlilikka), 

semantik  jihatdan  sodda  bo'lgan  so'zlardan  murakkab  so'zlarga  o'tish 

sifatidan amalga oshiriladi. 

Kelishiklar  ustida  olib  boriladigan  logopedik  ishlar:  birlikdagi  va 

ko'plikdagi bosh kelishikni, tushum qaratqich, jo'nalish, o'rin payt va chiqish 



 

40 


kelishigining  ko'plik  shakli  konstruksiyalarini  differensiatsiyalash  tavsiya  

etiladi. 

Fe'lga  oid  so'zlarning  o'zgarishi  funksiyasining  rivojlanishi,  dastlab 

hozirgi  zamonda  keyinroq  o'tgan  zamonda  (son,  shaxs,  o'zgarishlar)  va 

nihoyat,  zamon  shakli  jihatdan  murakkabroq  bo'lgan  kelasi  zamonda 

o'tkaziladi. 

So'z yasalishini shakllantirish bo'yicha olib boriladigan ishlar, aqli zaif 

o'quvchilarda  uzoq  davom  etadigan,  qiyin  kcchadigan  jarayon  hisoblanadi. 

Uni  ot  so'z  turkumiga  oid  so'zlarning  kichraytirish,  erkalash  shakllarini  va 

boshqa  ot  yasovchi  usullarni  o'rganishdan  boshlash  lozim.  Keyinchalik 

otlardan  sifat  yasalishi  va  qarindosh  bo'lgan  so'zlarni  o'rganish  bo'yicha 

ishlar olib boriladi. 

Gap qurilishini shakllantirishda asosiy e'tibor nutqiy bayon qilishni  o'z 

ichiga  olgan  semantik  munosabatlarni  o'rganishga  qaratiladi.  Dastlab  gap 

oddiy  munosabatlar  hisobiga  kengayadi  (qiz  gul  uzyapti),  keyin  lokativ 

(bolalar  maktabga  ketyapti),  keyinchalik  esa  -  atributiv  (bu  onamning 

sumkasi, onam qizil sumka olib yuradi). 

Gap  bo'yicha  olib  boriladigan  quyidagi  ishlar  tartibi  tavsiya  etiladi: 

avvalo  sodda  yig'iq,  sodda  yoyiq  va  nihoyat  qo'shma  gaplar.  Mustaqil  nutq 

ustida  olib  boriladigan  ishlar,  dastlab  dialogik  material,  situativ  nutq, 

keyinroq esa - monologik nutq ustida olib boriladi. 

Mustaqil  nutqni  rivojlantirish  jarayonida  asosiy  e'tibor  bog'lanishni 

bayon  qilishni  rejalashtirishga  qaratiladi.  Mustaqil  nutqni  grammatik 

jihozlash  ustida  ham  ish  olib  borish  zarur.  Mustaqil  matn  ustida  ish  olib 

boriladigan  ishlarga  quyidagi  tavsiyalar  beriladi:  qisqa  illustratsiyali  matnni 

qayta  so'zlash,  ko'rgazmalikka  tayangan  holda  uzun  matnni  qayta  so'zlab 

berish,  sujetli  rasmlarturkumi  asosida  qisqa  himoyalash  va  berilgan  mavzu 

asosida  mustaqil  so'zlash.  Aqli  zaif  bolalarda  bog'lanishli  nutqni 

rivojlantirish  analiz,  sintez,  qiyoslash,  umumlashtirish  va  ayniqsa,  ichki 

rejalashtirishni qayta ishlash bilan uzviy bog'langan bo'lishi kerak. 




 

41 


Mustaqil  bayon  qilishning  har  bir  harakat  (operatsiyasi)  dastlab 

mustaqil  oddiy  topshiriqlar  asosida  shakllanadi  va  asta-sekin  bog'lanishli 

matn bunyod bo'lishida bir butun jarayonga aylanadi. 

Yozma  nutq  buzilishlarining  o'ziga  xosligi  va  aqli  zaif  o'quvchilarda  ularni 

me'yorga keltirish 

Aqli  zaif  bolalarda  o'qish  jarayonini  egallash  sekinlik  bilan  boradi  va 

ma'lum o'ziga  xos qiyinchiliklar bilan  xarakterlanadi  (M.F. Gnezdilov,  V.G. 

Petrova).  Normadagi  singari  o'qishni  egallash  jarayonida  aqli  zaif  bolalar 

o'sha  bosqichlardan  o'tadilar.  Lekin  G.Ya.Troshinning  ma'lumotlariga  ko'ra 

bu  bolalar  o'qish  pog'onalarini  normal  o'quvchilarga  qaraganda  3  marta 

uzoqroq vaqt  ichida egallaydilar.  Aqli zaif  bolalarda  o'qish jarayonining  har 

bir  bosqichi  ma'lum  bir  qiyinchiliklari  bilan  xarakterlanadi.  Xususan, 

o'rganilgan  harf  aqli  zaif  1-sinf  o'quvchisi  uchun  baribir  qiyinchiliklar 

tug'diraveradi.  Bu  uning  fonematik  idrokining  rivojlanmaganligi,  ko'rish 

analizi va sintezining shakllanmaganligi bilan bog'liq. 

Aqli  zaif  bolalar  uchun  tovushlarni  bo'g'in  holiga  keltirish  juda 

murakkab  masala  bo'lib  hisoblanadi.  Fonematik  analiz  vazifasi  aqli  zaif 

o'quvchilar  ongida  katta  qiyinchiliklar  bilan  shakllanadi,  ular  uchun  bo'g'in 

haqidagi umumiylashgan tasavvur ham murakkab hisoblanadi. 

So'zlarni  o'qish  jarayonida,  idrok  qilishning  differensiyalashmaganligi 

oqibatida  aqli  zaif  bolalar  uchun  so'zlardagi  asosiy  "hal  qiluvchi"  harflar 

yo'q  demak.  Aqli  zaif  bolalarda  tovush-bo'g'inni  sintez  qilish  qobiliyati 

ko'pincha past bo'ladi, o'qilgan so'zni tushunish va tanib qolish sekinlashadi. 

Matn  va  gaplarni  o'qish  bundan  ham  ko'proq  qiyinchiliklar  keltirib 

chiqaradi. 

Aqli zaif bolalarda o'qish jarayonida mazmunga tushunib yetish qanday 

rol  o'ynaydi,  degan  savol  bo'yicha  turli  fikrlar  mavjud.  Masalan,  G.Ya. 

Troshin,  aqli  zaif  bolalarda  normal  bolalarga  qaraganda  so'zlarni  tahminiy 

o'qish  ko'proq  kuzatiladi,  deb  e'tirof  etadi.  M.F.  Gnezdilovning  fikricha  esa 



 

42 


aqli  zaif  bolalarda  o'qish  jarayonida  tushinib  yetish  juda  zaif  namoyon 

bo'ladi. 

Ikkala  muallif  ham  normadagiga  nisbatan,  o'qish  jarayonida  yo'l 

qo'yiladigan xatolar ko'pligini e'tirof etadilar. 

1-2-sinf  o'quvchilarining  aqli  zaif  o'quvchilari  orasida  ko'pchilik 

bolalar, o'qish jarayonida takrorlanaveradigan xatolarga moyilligi kuzatiladi. 

R.I.  Lalayeva,  K.  Averino-Jakke  ma'lumotlariga  ko'ra,  aqli  zaif  1-sinf 

o'quvchilarining 65-70% ida disleksiya aniqlanadi. 

Aqli  zaif  o'quvchilardagi  disleksiya  simptomatikasi  o'zining  turli 

ko'rinishlari  bilan,  o'qishdagi  xatolar  turg'unligi  bilan  xarakterlanadi.  Bu 

bolalarda  o'qishdagi  xatolarni  quyidagi  ko'rinishlarda  keltirish  mumkin: 

1)harflarni  o'zlashtirmaslik;  2)harflab  o'qish;  3)so'zning  tovush  va  bo'g'in 

strukturasini  buzish;  4)o'qilganni  tushunishdagi  buzilishlar;  5)o'qish 

jarayonidagi agrammatizmlar (grammatik savodsizlik). 

Aqli  zaif  bolalarda  harflarni  o'zlashtira  olmaslik  turli  darajada 

namoyon  bo'ladi:  bir  necha  harflardan  20-25  harfgacha  o'zlashtira  olmaslik 

aniqlanadi. Keyingi holatda faqatgina unli tovushlarni anglatuvchi (a,o,o`) va 

cho'ziq undoshlar (sh,s,x) o'zlashtiriladi. 

Ba'zi  bir  hollarda  harflar  umuman  aytib  berila  olinmaydi,  yana  ba'zi 

birlarida  esa  boshqalari  bilan  almashtiriladi.  Ko'proq  almashtiriladiganlari 

quyidagilar: d-l, x-k, j-z, g-t, g-x, j-sh, d-t, r-l. 

Almashtirilib  yuboriladigan  g-k,  j-z,  d-t,  r-l  kabi  tovushlarni  fonetik 

jihatdan  o'xshash  bo'lganliklari  bilan  tushuntirish  mumkin.  G-t,  t-g,  k-l  kabi 

almashtirishlarni  esa  grafik  belgilariga  ko'ra  o'xshash  bo'lganliklari  bilan 

tushuntirish  mumkin.  D-l,  h-k  larning  almashtirilishi  sabab  bo'lib,  bir  necha 

belgilarning o'xshashligi hisoblanadi. D va L harflari nafaqat grafik jihatdan, 

balki,  artikulatsiyasiga  ko'ra  ham  o'xshash  tovushlardir.  Grafik  jihatdan 

o'xshash  bo'lgan  X  va  К  tovushlari  o'zining  ohangi  va  grafik  artikulatsiyasi 

bilan o'xshashdir. 



 

43 


Yordamchi  maktablarning  1-sinflarida  o'qishdagi  buzilishlar  bilan 

51%, 2-sinfda esa 6,6% o'quvchi aniqlanadi. 

Harflab o'qishning turli variantlari aniqlanadi. Ba'zi bir hollarda bolalar 

bo'g'inlab o'qiy olmaydi  va  harflarni  birma-bir aytadi.  Bolalarning  bir qismi 

harflab o'qilgan matn va gaplarning mazmunini tushunib yetadi, boshqalarida 

esa harflab o'qilganni tushunmasligi aniqlanadi. 

1-sinf  o'quvchilari  orasida  o'qishdagi  buzilishlarga  ega  bo'lgan 

o'quvchilarning  49%  ida  harflab  o'qish  kuzatiladi,  2-sinfda  esa  26% 

bolalarda  harflab  o'qish  aniqlanadi.  Shuningdek,  xarakteriga  ko'ra  turli 

bo'lgan tovush-bo'g'in strukturasidagi ko'plab buzilishlar aniqlanadi. 

1-sinfda  so'zlarni  buzib  o'qish  38%  o'quvchida,  2-sinfda  10% 

o'quvchida aniqlandi. 

Yordamchi  maktablarning  quyi  sinflarida  matnlarni  tez  va  ravon 

(so'zlarni  -butunligicha  yoki  bo'g'inlarga  bo'lib)  o'qiydigan  o'quvchilar  bor, 

lekin ular o'qilganni yaxshi tushunmaydilar, so'zlarni to'g'ri o'qigach, shunga 

taalluqli  rasmlar  bilan  solishtira  olmaydilar.  Matnni  o'qigach  esa  berilgan 

savollarga javob berishda qiynaladilar. 

Matndagi  gaplarni,  so'zlarni  tushunishdagi  qiyinchiliklar  o'qishdagi 

buzilishga  ega  bo'lgan  birinchi  sinf  bolalarining  17%ida  aniqlanadi. 

Disleksiyasi  bo'lgan  2-sinfdagi  60%  bolalar  o'qilganning  mazmunini 

tushunishga  qiynaladilar.  2-sinfda  o'qilayotgan  matnni  tushunishdagi 

buzilishlar  miqdori  keskin  ortadi,  chunki  ko'pchilik  bolalar,  o'qishning  2-

yilida  matnni  o'qishga  go'yo  "texnik  jihatdan"  tayyorlangan  bo'ladi.  Bolalar 

umumiy  sonining  ortishi  bilan  birga,  o'qilayotgan  matnni  tushunishdagi 

buzilishlar bilan qiynalayotgan bolalar soni ham ortadi. 

O'qishning 

sintetik 

usullari 

bosqichida, 

ayniqsa, 

yordamchi 

maktablarning  3-sinfidan  boshlab,  aqli  zaif  o'quvchilarda  agramatizmlar 

kuzatila  boshlaydi.  Ular  so'zlar  morfologik  strukturasining  buzilishida, 

qo'shimchalarda  va  shu  qo'shimchalarni  o'qish  jarayonidagi  tushunib 

yetishda namoyon bo'ladi. 



 

44 


Aqli  zaif  o'quvchilarda  diskleksiyaning  turli  ko'rinishlari  -  optik, 

fonematik, semantik, agramatik ko'rinishlari Ifuzatiladi. 

Aqli zaif o'quvchilarda disleksiya asosan birinchi-ikkinchi sinflar bilan 

murakkab  ko'rinishlar  namoyon  bo'ladiki,  bular  ko'plab  funksional 

sistemalarning 

global 


rivojlanmaganligi, 

idrok 


qilish 

faoliyatining 

rivojlanmaganligi bilan bog'liq. 


Yüklə 406 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə