Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi


  Aqli  zaif  bolalar  leksikasining  rivojlantirilishida  logopedik



Yüklə 406 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/22
tarix05.02.2022
ölçüsü406 Kb.
#83474
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
rivojlanishida kamchiligi bolgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning oziga xos xususiyatlari

2.1.2.  Aqli  zaif  bolalar  leksikasining  rivojlantirilishida  logopedik 

ishlarning o'ziga xosligi 

Logopedik-korreksion  (to'g'rilash)  ta'sir  qilish  jarayonida  lug'at 

boyligini  oshirish,  so'z  ma'nosini  aniqlash,  semantik  maydon  va  leksik 

tizimni shakllantirish bo'yicha ish olib boriladi. Sifatlar, fe'llar va predikativ 

lug'at alohida e'tiborga molik bo'ladi. 

Yordamchi  maktablarning  quyi  sinflarda  olib  boriladigan  ishlar 

o'yinlardan foydalanilgan holda, ko'proq iste'mol qilinadigan fe'llar  hisobiga 

lug'atni  boyitish  bilan  boshlanadi  ("Kim  qanday  ovoz  beradi",  "Kim  qanday 

ovqatlanadi" va hokazo). 

Sifatlarni  egallash  rang,  shakl,  hajmni  anglatuvchi  so'zlardan 

boshlanadi.  Keyinchalik  balandlik,  qalinlik,  uzunlik,  kenglik,  og'irlik  va 

mazani anglatuvchi o'zlashtirish davom ettiriladi. 

Keyinroq  otlardan  yasalgan  sifatlarni  o'rganish  ustida  ishlar  olib 

boriladi. Shuningdek, semantik jihatdan  murakkab bo'lgan so'zlar —  sifatlar 

o'zlashtiriladi (masalan, insoniy fazilatlarni anglatuvchi sifatlar). 

Predikativ  lug'atni  rivojlantirish  bilan  bir  vaqtda  nominativ  lug'atni 

boyitish  bo'yicha  ishlar  davom  ettiriladi.  Umumlashtiruvchi  xarakterga  ega 

bo'lgan  so'zlarni  o'zlashtirish  alohida  ahamiyatga  ega.  Ular  bolalarning 

analitik-sintetik  va  umumlashtirish  operatsiyalarining  rivojlanishiga  ijobiy 

ta'sir etadi. 

Lug'atni  boyitish  olmoshlar,  son,  ravish  va  boshqa  so'z  turkumlari 

hisobiga ham amalga oshiriladi. 




 

45 


Aqli  zaif  bolalarning  lug'atini  boyitishda  sinonim  so'zlarni  aniqlab 

o'rganish ham tavsiya etiladi. 

Yordamchi  maktablarda  so'z  ma'nolarini  aniqlash  ustida  olib 

boriladigan  ish,  atrofdagi  predmet  va  hodisalar  haqidagi  tasavvurlar  bilan 

uzviy  bog'liq.  Predmetlarni  tasniflash  (turlarga  ajratish)  nutqdan  tashqari 

bo'lgan  (nutqiy  bo'lmagan)  reja  asosida  (masalan,  rasmlarni  ikki  guruhga 

bo'lib  ajratish),  shuningdek,  nutqdan  foydalanilgan  holda  olib  boriladi. 

Masalan,  ko'rsatilgan  barcha  predmetlarni  bir  nom  bilan  aytish.  Bolalarni 

turli  toifadagi  predmetlarni  o'rganishi  va  o'zlashtirishlariga  yordam 

beradigan yozma ma'lumotlar va rasmlar tavsiya etiladi. 

So'z  ma'nosi  ustida,  uning  aniq  ma'nosidan  asta-sekinlik  bilan 

grammatik ma'nosiga o'tish va uni o'zlashtirishga alohida o'rin ajratiladi. 




Yüklə 406 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə