Navoiy davlat pedagogika instituti


NavDPI Boshlang’ich ta’lim kafedrasi : PhD. Sh.Sh.Alimova



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə41/42
tarix20.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#128764
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
DISSERTATSIYA M Do\'smatova

NavDPI Boshlang’ich ta’lim kafedrasi : PhD. Sh.Sh.Alimova
katta o’qituvchisi
Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 70101201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistranti Do’smatova Musavvar Shuhrat qizining
Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogik jarayonni loyihalashtirishga tayyorlash” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha keng miqyosidagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamalakatimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilmiy va pedagogik tarkib tubdan o’zgardi,zamonaviy o’quv-dasturiy asosga,moddiy-texnik bazaga ega bo’lgan ta’lim maskanlari sifatida samarali faoliyat ko’rsatmoqda.Pedagogik xodimlarning kasbiy malaka va ko’nikmalari oshirilib,raqobatbardosh kadrlar oliy ta’lim muassasasidanoq shakllantirilib borilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish ya’ni loyihalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko‘ra pedagogik ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari va shu kabilarni tashkil etishga yordam beradi.
70110201- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistranti Do’smatova Musavvar Shuhrat qizining “Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogik jarayonni loyihalashtirishga tayyorlash” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ana shunday muhim masalaga qaratilgan.
Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan tashkil topgan. Dissertatsiyaning asosiy matni 91 sahifani tashkil etadi. Kirish qismida tadqiqot ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili) bayon qilingan, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ob’yekti, predmeti tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari aniqlangan, pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim jarayonini samarali rejalashtirishning muhimligi, ilmiy yangiliklari, bajarilishi kutilayotgan ishlar vazifalari, uning tuzilishi haqidagi ma’lumotlar kiritilgan.
Birinchi bobda pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim jarayonini samarali rejalashtirishga tayyorlash,tarbiyachining faoliyat turlarini loyihalashtirishdagi komponentligi kabilar yoritilgan bo‘lsa, ikkinchi bobda bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarini pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim jarayonini samarali rejalashtirishga o‘rgatishni loyihalashtirishga oid ishlar bayoni,innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash usullari va bolalarni har tomonlama rivojlantirishda loyihalashtirishning ahamiyati bayon qilingan. Uchinchi bobda esa tajribalar, natijalar va xulosalar ifodalangan.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari dissertatsiya mavzusiga aynan mos keladi.
Tadqiqotning predmeti Pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim jarayonini samarali rejalashtirish jarayonlariga tayyorlash texnologiyasini yaratish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Olingan natijalar, xulosa va tavsiyalarni asoslash uchun muammoga doir adabiyotlar o‘rganilgan, qiyosiy tahlil qilingan. Nazariy qoidalarni tasdiqlash uchun ekspremental tajriba va tadqiqotlar tashkil etilgan va o‘tkazilgan, tadqiqotdan maqsad bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarini pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim jarayonini samarali rejalashtirishga o‘rgatishni loyihalashtirishga oid fikr-mulohazalar hamda taklif va tavsiyalar berish ko‘zda tutilgan. Tajriba – sinov ishlari yakunlanganligi natijalar xulosalanganligi, xulosalarning o‘zaro muvofiqligi bilan asoslanadi

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə