Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə40/42
tarix20.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#128764
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
DISSERTATSIYA M Do\'smatova

X U L O S A S I
Har qanday davr va tizimda mamlakatning rivojlanishi va taraqqiyoti, uning o’z oldiga qo’ygan strategik maqsadlarini amalga oshirishi, davlatning dunyo davlatlari orasidan munosib o’rin egallashi, tuzilgan rejalar qabul qilingan qonun va qarorlarning ro’yobga chiqishi, taraqqiyot odimlari, qo’yingki kishilar faoliyatiga bog’liq barcha hayotiy masalalarning qanday yakuniy natijalarga ega bo’lishi ilm-ma’rifatli, o’z ishi va kasbining fidoiylari va ustalari bo’lgan salohiyatli kadrlar va boshqaruvchilar qo’lidadir. Qanday tizim yoki soha bo’lishidan qat’iynazar, albatta shu sohani boshqaradigan salohiyatli boshqaruvchilarga ehtiyoj bugungi kunda tobora ortib bormoqda.
Dunyo va respublikamiz miqyosida yoshlarning qobiliyatlari,iste’dodlari,ichki imkoniyatlarini tadbiq etish tendensiyalari kuzatilmoqda.Yosh avlodning shaxs sifatida shakllanishi,tarbiyalanganlik darajasini yuksaltirish maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlanadi.Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ham har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash hozirgi kunning asosiy talabi bo’lib kelmoqda.
O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha keng miqyosidagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilmiy va pedagogik tarkib tubdan o’zgardi,zamonaviy o’quv-dasturiy asosga,moddiy- texnik bazaga ega bo’lgan ta’lim maskanlari sifatida samarali faoliyat ko’rsatmoqda.Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati-tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanish tavsifi bo’lib,zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi e’tirof etiladi.Tarbiyachi o’z mashg’ulotlarida shunday shart-sharoitlar yaratishi lozimki,natijada o’quvchi uchun dastlab neytral bo’lgan obyekt kutilmaganda subyektiv xususiyat kasb etadi.
Do’smatova Musavvar Shuhratovna tomonidan yozilgan ushbu tadqiqot ishining dolzarbligi shundaki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim – tarbiya ishlarining samarali tarzda olib borilishi,albatta,salohiyatli pedagog va tarbiyachilar faoliyatiga bog’liq. Ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo’lajak tarbiyachilarni oliy ta’lim muassasalaridan tayyorlab borish, ular o’z sohasining faoliyat jarayoni va mazmunini chuqur o’rganib, pedagogik jarayonni samarali tashkil etishi,loyihalashtirishi zarur.Aynan shu ma’noda, bo’lajak tarbiyachilarni boshqaruv faoliyatiga oliy ta’lim tizimidan boshlab tayyorlab borish masalasi tadqiqotnining dolzarbligidir.
Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi tahliliy tarzda ko‘rib chiqilganligi, maqsadi, vazifasi, predmeti va ob’ekti aniqlangan bo‘lib, ilmiy yangiligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot ishining joriy etilish holati batafsil yoritib berilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogik jarayonni loyihalashtirishga tayyorlash’’ deb nomlanib, ushbu bobda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik faoliyatlarni loyihalashtirish,loyihalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari,tarbiyachining faoliyat turlarini loyihalashtirishdagi komponentligi tadqiqotchi tomonidan tushunarli tarzda ishlab chiqilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi ‘‘Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash usullari’’deb nomlangan bo’lib, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash usullari,bolalarni har tomonlama rivojlantirishda loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati,turli yosh guruhlarining faoliyat markazlari mavzularini loyihalashtirish,mavjud loyihalarni takomillashtirish kabi fikrlar yuritilgan.
Tadqiqot ishining uchinchi bobi “Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogik jarayonni loyihalashtirishga tayyorlash bo’yicha o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari va samaradorligi’’ deb nomlangan bo‘lib, ushbu bobda tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish metodikasi hamda natijalari keltirilgan.
Dissertant tomonidan uning ilmiy ishi tomonidan umumiy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda ilovalar bilan boyitilgan.
Xulosa qilib aytganda, Do’smatova Musavvar Shuhratovna tomonidan “Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogik jarayonni loyihalashtirishga tayyorlashtexnologiyasi” mavzusidagi 70101201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistranti ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya mustaqil bajarilgan bo`lib, sodda pedagogik tilda bayon etilgan hamda yakuniga yetkazilgan.
Do’smatova Musavvar Shuhratovna “Maktabgasha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogik jarayonni loyihalashtirishga tayyorlash” mavzusidagi tayyorlagan dissertatsiyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Magistratura to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorida belgilangan talablarga to’la mos keladi va dissertatsiya yuzasidan e’lon qilingan ishlar tadqiqotda ko’tarilgan muammolarni qamrab olgan.
Do’smatova Musavvar Shuhratovnaning “Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogic jarayonni loyihalshtirishga tayyorlash” mavzusidagi dissertatsiyasini ochiq himoyaga tavsiya etaman.


Navoiy Davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim” kafedrasi dotsenti : PhD D.F.Jabborova.
Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 70101201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistranti Do’smatova Musavvar Shuhrat qizining
Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogik jarayonni loyihalashtirishga tayyorlash” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Tez o‘zgaruvchan dunyoning bugungi sharoitida maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldiga ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari hamda “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida kattalar va bolalarning integrativ o‘zaro ta’sir qilish jarayonini muayyan bir mavzu bo‘yicha bir kun ichida barcha faoliyat yo‘nalishlarini birlashtirgan holda mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqishdek dolzarb vazifani qo‘ymoqda. Bu maktabgacha ta’limga yangicha yondashuvdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish faoliyatining yaxlit rivojlanish tizimini yaratish va atrofimizdagi dunyoni tubdan idrok etish imkonini beradigan tizimli integratsiya jarayonini ta’minlash maktabgacha ta’lim tizimidagi har bir pedagogning vazifasidir. Loyihalashtirish jarayoni yangi ta’lim mahsulotining paydo bo‘lishi uchun ta’lim faoliyatini muntazam va izchil tashkil etishga imkon beradi. Do’smatova Musavvar Shuhrat qizi tomonidan tayyorlangan “Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogik jarayonni loyihalashtirishga tayyorlash” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim jarayonini samarali rejalashtirish ishlarini amalga oshirish haqidagi ish sanaladi. Tadqiqotning obyekti va predmeti Pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim jarayonini samarali loyihalashtirish jarayonlariga tayyorlash texnologiyasini yaratish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Tadqiqot ishi kirish, 3 bob, birinchi va ikkinchi boblar uchtadan paragrafdan, uchinchi bob esa asosan tadqiqot natijalari, o‘tkazilgan tajriba sinov ishlari natijalaridan iborat. Ishning oxirida umumiy xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan. Do’smatova Musavvar Shuhrat qizi tomonidan tayyorlangan “Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogik jarayonni loyihalashtirishga tayyorlash” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobida umumiy nazariya berilgan bo‘lib, ikkinchi bobida MTT pedagoglarini pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim jarayonini samarali innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashtirish usullari va metodikasi ishlab chiqildi.Turli yosh guruhlariga moslab faoliyat markazlari mavzulari jamlanmasi ishlab chiqildi. “Mening ona yurtim”, “Mehnat qurollari”, “Qurilish maydonchasidagi kasblar”, hamda “Koinot” kabi mavzularda ishlanmalar tayyorlangan. Uchinchi bob bo‘yicha tajriba-sinov ishlari va uning natijasi tahlil qilingan.Dissertatsiya mavzusiga oid taklif va tavsiyalar berib o‘tilgan. Shu o‘rinda tadqiqot ishida ko‘zga tashlanadigan ayrim ilmoviy va texnik xatolarni bartaraf qilish hamda maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim jarayonini samarali loyihalashtirishtirishni tashkil qilishda pedagogik kuzatuvga alohida urg‘u berilsa ishning mohiyati yanada mukammallashardi. Ammo ko‘rsatilgan fikrlar ishning saviyasi va sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi, dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyatini pasaytirmaydi. Xulosa qilib aytganda, Do’smatova Musavvar Shuhrat qizi tomonidan tayyorlangan “Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogik jarayonni loyihalashtirishga tayyorlash” mavzusidagi 70110201- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistri ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi yakunlangan, mustaqil bajarilgan, sodda pedagogik tilda bayon etilgan. Tadqiqotchi dissertatsiya ishini DAK talablari asosida rasmiylashtirgan, shuningdek, tadqiqotchi Do’smatova Musavvar Shuhrat qizining “Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarini pedagogik jarayonni loyihalashtirishga tayyorlash” mavzusida tayyorlangan dissertatsiyasi 70110201- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistri ilmiy darajasini olish uchun uchun loyiq deb hisoblayman va uni davlat atestatsiya komissiyasiga himoya qilish uchun tavsiya etaman.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə