Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix10.06.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#89260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Kurs ishining maqsadi 

Mеn o`z kurs ishimda chizmachilik haqida umumiy tushuncha bеrishni va 
chizmalarga o`lchamlar qo`yishning asosiy qoidalari o`rganishni o`z oldimga 
maqasad qilib qo`yaman. 
Kurs ishining vazifasi:
– Chizmachilik haqida bilimimni rivojlantirish. 
Kurs ishi tuzilishi:
kirish, ikki bob, xulosa foydalanilgan adabiyotlar 
ro`yxatidan iborat bo`lib, jami ____ sahifani tashkil etadi. 
 


10 
I-BOB. CHIZMACHILIK HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Grafik tasvirga bo`lgan ehtiyoj ibtidoiy jamoa davrida paydo bo`la 
boshlagan. Ibtidoiy odamlarning bizgacha saqlangan mehnat qurollari va 
buyumlarida qo`llanilgan bezaklar hamda qoyatoshga o`yib ishlangan ko`plab 
tasvirlar bundan guvohlik beradi. 
Markaziy Osiyo, jumladan O`zbekiston hududidagi arxeologik qazish ishlari 
bu erda yashagan ibtidoiy xalqlarning tasviriy san`ati ancha yuksak bo`lganini 
ko`rsatadi. Ular ish faoliyatlarini qoyatoshlarga o`yilgan tasvirlarda aks etganlar. 
Masalan, Jizzax yaqinidagi qoyatoshga o`yilgan (ishlangan) ov manzarasi (1–
shald), Soymalitosh (Farg`ona vodiysi)da topilgan qoyatoshdagi tasvir (2–shakl)da 
quyosh va dehqonning, shudgor qilish jarayoni aks ettirilgan. Bu tasvirlar 
miloddan 2–3 ming yil ilgari toshga o`yib ishlangan (O
`
zSE, IV, torn 523 b. XIV 
torn 581b.). 
Ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq dastlabki arxitektura–qurilish paydo bo`la 
boshlagan. Ibtidoiy arxitektura namunalari ertola, kulba, kapa (chayla)lardan iborat 
bo`lgan; suvga yaqin joylarda esa xarsangtosh, loy, suyak, yog`och, shox–
shabalardan qurilgan. Bunday ibtidoiy arxitektura namunalaridan 30ga yaqin turar 
joy qoldiqlari Markaziy Qozog`iston hududidan topilgan. 3–shaklda Markaziy 
Qozig`istondagi Bug`ili tog`idan topilgan ibtidoiy binolardan (rekonstruktsiya 
qilingan) birining tasviri ko`rsatilgan. 
Ibtidoiy jamoa davridagi binolarning qoldiqlaridan ko`rinib turibdiki, ular 
to`g`ri to`rtburchak qilib, erto`la va yarim ertola tarzida qurilgan. Respublikamiz 
hududida miloddan oldingi IV asrda har qaysi xalqlar o`zini chetki dushmanlardan 
himoya qilish uchun qalin va baland devorlar, qo`rg`onlar va istehkornlar 
qurishgan (Jonbos qal`a, Dalvarzin tepa, Tuproq qal`a, Buxoro yaqinidagi 
Varaxsha, Termiz yaqinidagi Bolalik tepa, Farg`ona vodiysidagi Quva qal
`
a va b.). 
Istehkomlarni qurishdan oldin albatta ularning tarhi (plani) chizib olingan. 
Shunday qilib, O`zbekiston hududida asta–sekin arxitektura–qurilish chizmalarini 
bajarish takomillasha borgan va shu chizmalar asosida binolar qurish shunday 
yuqori darajaga ko`tarilganki, so
`
ngi o`n asrdan ortiq vaqt davomida Buxoro, Xiva, 


11 
Samarqand kabi shaharlarda avlodlarimiz tomonidan bunyod etilgan tarixiy 
obidalar –hozirgi kunga, kelib jahon arxitektura san`atining durdonalariga 
aylangan. Shu sababli ham bu shaharlarni «ochiq osmon ostidagi muzey shahar» 
deb bekorga aytmaydilar. 
Ajdodlarlmiz qurilishda ishlatiladigan turli shakldagi g`ishtlar tayyorlashda 
o`ziga xos standartlardan, ya`ni g`isht quylsh qolip (yog`ochdan tayyorlangan 
moslama) lardan foydalanganlar. Bu esa O`zbekiston hududida ayrim standart 
turlaridan ming yillar oldin foydalanganlaridan dalolat beradi. Keyinchalik olimlar 
o`zlarining ilmiy ishlarida` yozuv bilan bir qatorda grafik tasvir lardan keng 
foydalanganlar (O`rta Osiyo mutafakkir olimlari ishlarida grafik tasvirlardan 
foydalanish tarixi ming yillardan oshadi. Ular o
`
z asarlarida o`ziga xos 
chizmalardan mohirona foydalangan. Bunga dalil sifatida Ibn Sinoning 
«Donishnoma» (Ibn Sino, Donishnoma, Tehron, 1952) asaridagi grafik 
tasvirlarning ayrimlarini olib qaraylik. Asarning geometriya oid bobida, jumladan 
chizmachilik asboblardan sirkul (pargar) harnda chizg`ich yordamida bajariladigan 
masalalarning bajarilish tartibi tushuntirib beriladi. Mexanikaga bag`ishlangan 
boblarda esa chig`iriq, blok, richag vint, pona kabi oddiy maslamalarning tuzilishi–
bayon qilinadi hamda ular grafik tasvirlarda yaqqol ko`rsatib beriladi. Shunisi 
diqqatga sazovorki, chig`iriq, vint, pona kabilarnrng yaqqol tasviri aksonometrik 
proyeksiyalarda balarilgan. 4–shaklda pona aksonometrik proyeksiyalarda 
ko`rsatilgan. 
Blok, 
ustun 
kabilar 
esa 
aksonometrik 
proyeksiya 
bilan 
omixtalashtirilgan holda perspektivada (5–shakl).
Ibn Sino bu asarida mexanizmlarning yaqqol tasviri bilan bir qatorda, 
ularning chizmasini sxemada ham tasvirlaydi. Chunonchi, g`ildirak bilan vintlarni, 
shuningdek g`ildirak, vint va bloklarni ilashtirishni tasvirlar ekan, ayni paytda 
ularni grafik tasvirlarda ko`rsatadi. Bular yig`ma chizmalar bo`lib, kinematik 
sxemalarni eslatadi. Masalan, chig`iriq bilan vintning ilashishini aks ettiruvchi 
grafik tasvirni olib qaraylik (6–shakl). Tasvirdan malum boladiki, AB va CD ikki 
vertikal ustun bo`lib, ularga quyidagilar biriktirilgan: ER, FJ, MN lar o`q bo`lib, 
ularning birinchisiga H tishli g`ildirak, ikkinchisiga P va L tishli g`ildiraklar, 


12 
uchinchisiga X va O tishli g`ildiraklar o`tkazilgan. Tishli g`ildiraklar vertikal 
joylashgan bo`lib, O g`ildirakka vertikal holda vint biriktirilgan. G`ildiraklarning 
o`qi, val va ustunlar esa to`g`ri chiziqlar bilan tasvirlangan. H va P hamda L va X 
g`ildiraklarning vazifasi tishli uzatishdan iborat. O g`ildirak bilan vintning ilashishi 
esa chervyakli uzatishga asoslangan. Alloma foydalangan bu grafik tasvir 
kinematik sxemaning shartli belgilari asosida 7–shakldagi, b ko`rinishni oladi. 
Uning ishlashi quyidagi tartibda boladi: harakat rnanbai bo`lgan vint (1) tishli 
g`ildirakka (2) biriktirilgan; 2 va 3 g`ildiraklar esa harakatni I valdan II valga 
uzatadi; 5–g`ildirak III valga o`rnatilgan S–g`ildirak bilan ilashib, harakatni unga 
uzatadi. Olimning ko`rsatishicha III valga yuk ortiladi va moslama harakatga 
keltirilganda yuk yuqoriga ko`tariladi. Bunday chizmalarni Abu Rayhon Beruniy, 
Al–Xorazmiy, Ali Qushchi kabi allomalarning ishlarida ham ko`plab uchratish 
mumkin. 
Odamlarning ishlab chiqarish faoliyatining rivojlana borishi ular oldiga 
buyumlarni tekislikka aniq tasvirlash va tasvir asosida buyum o`lchamlarini 
aniqlash bilan bog`liq bo`lgan tasvirlash vazifasini qo`ya boshladi. 
XVIII asr oxirida frantsuz olimi Caspar Monj o`zidan oldin yashab o`tgan 
olimlarning ilmiy asarlarini o`rganib chizmachilik fanini nazariy asosi hisoblangan 
«Tasviriy geometriya» («Chizma geometriya») kitobini yozdi. Bu kitob 1798 yilda 
nashrdan chiqib, tez orada butun Evropaga yoyildi va texnikada keng tadbiq qilina 
boshlandi. G.Monj o`zaro perpendikulyar bo`lgan ikki tekislikka to`g`ri burchak 
ostida (ortogonal) proyeksiyalashning asoschisi hisoblanib, bu usul hozirgacha 
«Monj usuli» deb yuritiladi. Amalda foydalaniladigan va o`lchash bilan bog`liq
bo`lgan proyeksion, mashinasozlik va arxitektura–qurilish va boshqa barcha 
chizmalar Monj usulida bajariladi. 
Respublikamizda oddly uy–rovzg`or buyumlaridan tortib to ulkan samalyotlarni 
ishlab ,. chiqarish va qurilish ishlarini bajarishda Monj usuli asosida standart 
bo`yicha tayyorlangan chizmalar dan foydalanadilar. Masalan, Toshkent aviasozlik 
zavodida ishlab chiqarilayotgan IL–76M rusumli transport samolyotni` yig`ishda, 
yuzlab malakali ishchi va injener–texnik xodimlar bir nechta mamlakatda standart 


13 
chizmalar asosida tayyorlangan ikki mingga yaqin detal va uzellardan 
foydalanadilar. Yoki Respublikamizda qad roslayotgan murakkab konstruksiyali 
ko`p qavatli muhtaShakl binolar ham arxitektura–qurilish chizmalari asosida 
qurilmoqda. 
Respublikamizda tasvirlami o`rganish «Cizmachilik» va «Cizma 
geometriya» nomlar bilan 1931 yildan boshlab maktab va oliy o
`
quv yurtlarida 
o`qitila boshlandi. Bu soha bo`yicha elikka yaqin fan doktori va fan nomzodlari 
etishib chiqdi. Bu fanlarni rivojlantirish hamda o`qitish va uni takomiilashtirishda 
o`zbek pedagog olimlardan R.Xoruno`, YU.Qirg`izboev, e.Sobito`, I.Rahmono`, 
S.Murodo`, A.Akbarov, J.Yodgorov, L.Hakirno`, A.lsmatullaev, P.Odilo` va 
metodist olimlardan A.Umronxo`jaev, E.Rovziev kabilarning hissalari katta boldi. 
Yuqorida aytilganlardan, mamlakatimiz hududida qoyatoshga o`yib 
ishlangan grafik tasvir (chizma)lar hozirgi kunga kelib mutaxassislar tomonidan 
qanchalik mukammal darajada tayyorlanayotganligi ayon bo`ladi. 
Yuqorida aytganimizdek, tasvirga bo`lgan ehtiyoj ibtidoiy jamoa tuzumi 
davridan paydo bola boshlagan. Bu davrda, dastlab, kishilar bir–birlari ; bilan faqat 
og`zaki nutq yordamida fikr almashgan. Keyinchalik yirik urug` va qabila 
jamoalarining tarkib topishi bilan og`zaki nutqni uzoqqa etkazish ehtiyoji 
tug`ilgan. Bunday ehtiyojni tasvirlar bajargan. Kishilar tasvir vositasida o`zaro fikr 
almashgan. Insonning uncha murakkab bo`lmagan grafik tasvirlarni qoya toshga 
o`yib ishlay olishi birinchi bor xat yozishni yaratishga imkoniyat boldi. Qadimgi 
xatlarda so`z va harflar bolmagan. Narsa haqidagi fikrlar o`sha narsaning tasviri 
orqali uzatilgan, Bunday «rasm» xat yordamida jang, harbiy yurishlar va 
hayvonlarni ovlash haqida hikoyalar yozilgan. 
Masalan 8–shaklda ko`rsatilgan suyakdan kesib ishlash usulida, 
«yozilgan» ov jarayoni haqidagi hikoyaning mazmuni quyidagicha: 
1 – hikoya aytuvchi bir qoli bilan o`zini ko`rsatib turibdi, bu “men”, ikkinchi 
qoli uzoqqa yo`naltirilgan – “jo`nayapman” degani; 
2 – eshkak ko`targan shakl “qayiqda ketayapman” degani;


14 
3 – boshni ushlab turgan qoli “tunayman” bir barmog`ini ko`tarib turgan 
qo`li “bir kecha” degani; 
4 –“orol o`rtasidagi o`tovda”, o
`
tov (koza, yashash joy) nuqta bilan 
tasvirlangan;
5 –“yurishni davom ettiraman”; 
6 –

odam yashaydigan joyda” (yashash joyini ko`rsatadigan..nuqta 
yo`q); 
7 –“u erda ikki kecha tunayman” (ikkita ko`tarilgan qol bosh yonida va ikki 
barrnoq ko`tarilgan qollarda);
8 –“nayza bilan ov qilaman” (uzun arqonga bog`lab dengiz hayvonlariga –
otiladigan nayza); 
9–“tyulenlar” ovlayman; 
10–“kamondan o`q uzib» o` qilaman;
11 –“qayiqda boshqa kishi bilan qaytaman” (eshkakli qayiqda ikki kishi 
orqaga qaytamiz); 
12–“yashaydigan o`tovga etib boraman” 
Ibtidoiy odamlar grafik tasvirlarni daraxt po`stlog`i, tosh, suyak, teri va 
boshqa ashyolarga chizganlar. 
Yuqoridagi grafik tasvirlar Markaziy Osiyo va Rossiyaning Oltoy o`lkasidan 
topilgan. 


15 


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə