Navoiy davlat pedagogika


Bolalarni tarbiyalashning shakli metod va vositalari



Yüklə 54,66 Kb.
səhifə6/10
tarix26.05.2023
ölçüsü54,66 Kb.
#113231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALARNI IJTIMOIY TARBIYALASHNING MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI anig`i

1.2. Bolalarni tarbiyalashning shakli metod va vositalari
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avalodga o’rgatish - ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun – qoidalarini mutassil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo’lgan. Chunki, insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedgogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Ma’lumki, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta’lim – tarbiya sohasidagi sifat o’zgarishlari qilib yuqori samaradorlikka erishishga, ularning jahon ta’limi talablari bilan mosligi va amaliy hayotdagi o’rnini qay darajada topayotganligiga bog’liq.
Ta’lim - tarbiyadagi sifat o’zgarishlar va yuqori samaradorlik ko’proq milliy pedagogikamizning tarixiy ildizlari va zamonaviy yutuqlarini talabalar ongiga singdirishni qay darajada olib borilganligiga bog’liq bo’lib, u barkamol avlod tarbiyasida mustahkam asos bo’ladi. Shunday asoslarda ta’lim–tarbiya berish bo’lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi innovasion jarayon bo’lib, oldingi egallagan bilimlar asosida ijobiy pedagogik samaralarni beruvchi yangicha yondoshuv texnologiyalarini yaratish va joriy etishdan iboratdir. Bu talablarni bajarish ta’lim - tarbiya jarayonini ilm - fan va texnika – texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlari asosida, zamon talablarini hisobga olgan holda tashkil etish muammosi mavjudligini ta’kidlaydi.
Ta’lim-tarbiya sohasida Respublikamizda qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Ta’lim to’g’risida» gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va jahon ta’limi andozlari talablarlariga mos keluvchi «Davlat ta’lim standartlari» da davr bilan hamnafas, ya’ni «Intellektual asr»ning faol ishtirokchilarini tayyorlash ko’zda tutilgan. XXI asrning faol ishtirokchisi esa keng ma’noda ta’lim – tarbiya va ularning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar bilan bog’langan holda barkamol shaxsni voyaga yetkazishdek innovasion jarayoni o’zida mujassamlashtiradi.
Barkamol shaxs tarbiyasi tasodifan paydo bo’lgan emas. Bu inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g’oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar asosida shakllana boshladi va hozirgacha jamiyat taraqqiyotiga mos holda takomillashib kelmoqda. Ular, asosan, qissalar, pandnomalar, qadriyatnomalar yozma yodgorliklarda, xalq og’zaki ijodida va boshqa shu kabi manbalarda asoslab berilib avloddan – avlodga o’tkazildi va keyinchalik mustaqil fan sifatida shakllanib o’z mavqyeini mustahkamlab oldi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish va ulardan amaliyotda keng foydalanishga erishish, «Ta’lim – fan – amaliyot» integrasiyasining ta’lim tizimidagi samarasiga alohida e’tibor qaratilgan. Qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning milliy modelidagi bosh muddao ham barkamol avlod tarbiyasi, mustaqil va erkin fikrlovchi, dunyoqarashi keng ijodkor shaxsni tarbiyalash masalasidir. Bu vazifani esa pedagogika fani asoslaridan xabarsiz kishi me’yoriga yetkaza olmasligi hyech kimga sir emas.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, oila bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo’lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, tasavvur, dunyoqarash shakllanadi.
Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko’radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida anglaydi.
Shaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi, unda ma’naviy bilimlarga nisbatan ehtiyoj va qiziqishnig paydo bo’lishi oila tarbiyasi asosida amalga oshadi.
Sharqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho berib kelishgan. Totalitar tuzum davrida esa oilaning shaxs tarbiyasida tutgan o’rni inkor etilib, uni borliq vositasida tarbiyalashga harakat qilingan edi.
Milliy istiqlolga erishgandan so’ng o’zlikni anglash tuyg’usining qaror topganligini, o’tmish qardiyatlarini o’rganishga bo’lgan qiziqishning ortganligi, oilaning shaxs kamolotida tutgan o’rni va ahamiyatini xolisona baholash imkonini beradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etadi: «Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O’zbekiston xalqining aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi to’g’risida emas, balki, oilaning, qarindosh urug’lar va yaqin odamlarning omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa uning oliy darajdagi ma’naviy qadriyati, inson qalbining gavharidir».
Oila tarbiyasida obyektiv va subyektiv omillarning roli katta. Obyektiv omillar sirasiga: oilaning moddiy ta’minoti va farovonligi, shu bilan birga maishiy turmush darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog’lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar kirsa; oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining fizilogik-psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma’lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o’rtasidagi mutanosiblik, birlik tamoyillariga tayanish va shu kabilar subyektiv omillar sirasiga kiradi.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to’g’ri uyushtirish – ularni vaqtdan to’g’ri va unumli foydalanishning asosiy garovidir. Bolaning oiladagi vaqtini o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlariga to’g’ri taqsimlash nihoyatda muhimdir.
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy barkamol, mehnatga hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berish lozim. Oila tarbiyasi mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo’nalishlari: jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy hamda jinsiy tarbiya berish, ularda faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Oila muhitida tashkil etiladigan jinsiy tarbiya bolalarni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodlikka o’rgatish, o’z sog’lig’i uchun g’amxo’rlik qilish va mas’uliyatli bo’lishlarini ta’minlashga qaratilgan harakatlar mazmunini ifoda etadi. Oila tarbiyasida bolalarning aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o’rin tutadi. Bu boradagi dastlabki vazifa ota-ona tomonida bolaning qiziqish va ehtiyojlarini ko’ra bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi mashg’ulotlarga jalb etishdan iboratdir. Bu borada ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari dunyoqarashi, ehtiyoj va qiziqishlari doirasi hamda ular tomonidan ko’rsatilayotgan namuna tarbiyaviy omil bo’lib xizmat qiladi.
Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o’zagini tashkil etadi. Oilada uyushtirilajak axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa a’zolariga, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muravvat, kamtarlik, to’g’ri so’zlik, mehnatsevarlik, saxovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g’urur, intizom, ijtimoiy burchini anglash va hakozolarni shakllantirishdan iboratdir.
Oilada tashkil etilayotgan estetik tarbiya bolalarda go’zallikni his qilish, undan zavqlanish, tabiat go’zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyg’u, idrok, tasavvur hamda qarashlarni yuzaga keltirish va ularni hayotni sevishga o’rgatishdek vazifalarning ijobiy hal etilishini nazarda tutadi.
Mehnat tarbiyasi ham oila tarbiyasining asosiy yo’nalishlaridan bir sanaladi. Shaxsning mustahkam tavsif va qat’iy iroda egasi bo’lib voyaga yetishida mehnatning ahamiyati kattadir. Bolalarni oilada to’g’ri tarbiyalashda oila xo’jaligining yuritish ishiga jalb qilib turish ahamiyat kasb etadi. Bolalar tomonidan bajariladigan oilaviy yumushlar ularning jismoniy va aqliy kamoloti darajasidan ortiq bo’lmasligi, ularni tezda toliqishlari yoki mayib bo’lishlariga sabab bo’lmasligi lozim. Bolalar zimmasiga ularning yoshi, rivojlanish darajasi, jismoniy quvvatiga muvofiq yumushlarni taqsimlab berilishi, berilgan topshiriqlarning bajarilishini, ularning sifatini kattalar tomonidan nazorat qilib turish, bajarilgan topshiriqlarning haqqoniy bahosiga ega bo’lishi bolaning mehnatga bo’lgan havasini oshiradi, unda o’z kuchiga ishonchini yuzaga keltiradi.
Mehnatni tashkil etishda ota-onalarning shaxsiy namunasi aka-opalar ibrati, shuningdek, ota-onaning bola bilan birga ishlashlari katta tarbiyaviy kuchga egadir.
Oila sharoitda uyushtirilayotgn suhbatlar orasida huquqiy mavzudagi suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzudagi ko’rsatuv maqolalar, eshittirishlar, shuningdek, ommabop huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilayotgan g’oyalar yuzasidan o’tkaziladigan suhbatlar, bolalar huquqiy tasavvur, idrok, tafakkur, savodxonlik, faollik, mas’ullik, e’tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi.
Oila va ta’lim muassasalari o’rtasida tashkil etilgan hamkorlikning bosh g’oyasi ota-onalar uchun pedagogik yordam ko’rsatishdan iboratdir.

  1. Ota-onalar bilan olib borilgan ishlar

A) Ota-onalar bilan o’tkazilgan suhbatlar.
Suhbatlar yakka hamda umumiy tarzda olib boriladi. Ilk suhbat chog’ida o’quvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ularda ma’naviy madaniyatni qaror toptirish muvaffaqiyatini ta’minlash kafoloti bo’lgan ota-onalar va farzandlarining ijtimoiy anketa so’rovlar o’tkazish mumkin. So’rovnomalar ikki xilda bo’lib, ulardan birinchisi, har bir o’quvchinig umumiy portretini tasvirlovchi, diagnostik tavsifga ega, ikkinchi turdagi so’rovnoma esa ota-onalarning ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish, farzandlar ma’naviy madaniyatni shakllantirishga ularning shaxsiy munosabatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi so’rovnomalardir. Quyida birinchi turdagi so’rovnomaning umumiy mazmunini keltiramiz:
Majlislarda o’quv yurti ichki tartib-qoidalariga umumjamoa ijtimoiy me’yorlariga rioya etish holati, yuzaga kelgan ziddiyatlar tahlil qilinadi, navbatdagi davr uchun qilinadigan ishlarni ijobiy hal etish chora-tadbirlari belgilanadi. Maktabda tarbiya va ta’lim olayotgan jamoa hayotida, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlar jarayonini faollik ko’rsatagan, o’qishda, mehnatda alohida o’rnak bo’layotgan tarbiyalovchilarning ota-onalariga minnatdorchilik izhor etiladi.
Ayrim ota-onalarining o’quv yurtida tashkil etilayotgan tadbirlarda faol qatnashmasliklari aytib o’tiladi va buning sabablari aniqlanadi, bunday holatlarini barham berish borasidagi asosiy talablar o’rtaga tashlanib fikrlanib olinadi.
B) Umummaktab ota-onalar umumiy yig’ilishida o’quv yili davomida o’quvchilar, ota-onalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning borishi va yakun muhokama qilinadi. Ota-onalar maktab hayoti va o’quvchilarning ijtimoiy xulq-atvori, ijtimoiy me’yorlariga amal qilishlari, o’quvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash borasida erishilayotgan natijalar bilan tanishtiriladi. O’quv yili yakunida bo’lib o’tgan umummaktab ota-onalar majlisida maktab ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, huquqiy mazmundagi tadbirlarni uyushtirishda aholida ibrat ko’rsatgan, shuningdek, muyyan fanlar olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashgan bir guruh o’quvchilar va ularning ota-onalari rahmatnoma bilan taqdirlanadilar,.


Yüklə 54,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə