Navoiy davlat pedagogika



Yüklə 54,66 Kb.
səhifə4/10
tarix26.05.2023
ölçüsü54,66 Kb.
#113231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALARNI IJTIMOIY TARBIYALASHNING MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI anig`i

Kurs ishining maqsadi: oilada bo`ladigan turli xildagi muammolarni o`rganish va ularni yechimini topish.
Kurs ishining vazifalari: ijtimoiy pedagogikaning asoslarini, metodikasi, kategoriyalarini puxta o’zlashtirish jarayonida pedagogika institutlarining boshlang'ich ta'lim, defektologiya fakultetlari uchun nashr etilgan mavjud darslik, qo’llanmalar materiallariga ijodiy yondashish talab etiladi.
Kurs ishining obyekti: o'quvchilaming bilim o'zlashtirishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlar jarayoni, pedagogikaning o'zlashtirish sohalari.
Kurs ishining predmeti: O`quvchilarni bilim,ko`nikma va malakalarini baholashning didaktik tizimning umumiy tushunchasi
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Pedagogikada ta`lim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini o`rganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va bo`limlar mavjud. O‘qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shug‘ullanadigan sohasi didak-tikadir. Shaxsning axloqiy sifatlaritarkib toptirish, unda e'tiqod, dunyoqarash, axloq singari ma`naviy jihatlarni shakllantirish masalalarini P.ning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmog`I o`z ichiga oladi.Ta`lim tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy pedagogic ishlar qonuniyati Pedagogikaning mak-tabshunoslik sohasi tomonidan chiqiladi. Pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, ma'lum hayotiy va aqliy tajribaga ega bo‘Igan kishilar bilan ish ko‘radi. Shuning uchun ham Pning qonuniyatlarini belgilashda ta'limtarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Shu sababli pedagogika oilapedagogikasi, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash ta’limi pedagogikasi kabi qismlarga bo‘linadi va umumlashtirilgan holda yosh pedagogikasi deb ataladi.

I.BOB BOLALARNI IJTIMOIYLASHTIRISH IJTIMOIY PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Milliy istiqlol tufayli xalqimizning o’z milliy, madaniy, tarixiy merosini o’rganish imkoniyatlari qayta tiklandi. Milliylik, ўzlikni anglash yo’lidan borib, milliy istiqlol mafkurasi xalq ommasi ongiga singdirilmoqda. Ota-bobolarimiz e‘tiqod qilgan islom dinining tarbiyaviy ahamiyati yanada kuchaydi.


Qadimgi Turon mulkida yaratilgan adabiyot, san‘at, moddiy va ma‘naviy boyliklar barcha turkiy xalqlar boyligiga aylandi. Ularda xalqimizning milliy qadriyatlari o’z ifodasini topgan. Ijtimoiy taraqiyotning hozirgi bosqichida komil insonni tarbiyalashda ular muhim ahamiyat kasb etadi.
Xatto, komil inson haqidagi mukammal ta‘limot kўxna Sharq falsafasida yaratilgan. Bu haqdagi fikrlar etnopedagogika manbalarida o’z aksini topgan. Ularni qayta tiklash, o’rganish, ijobiy jihatlarini pedagogik amaliyotga joriy etish milliy istiqlol davridagina mumkin bo’lib qoldi. Modomiki: “Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muқarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch-ma‘rifat...” ekan, xalq pedagogikasi xuddi shu ma‘rifatni targ’ib etuvchi tarbiya vositasidir. Shuning uchun Respublikamizda milliy istiqlol davrida komil insonni tarbiyalash kelajagi buyuk davlatni barpo etishning asosiy sharti sifatida talqin qilinmoqda. Bu vazifani amalga oshirishda etnopedagogika yutuqlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Goh g’amgin, goh quvonchli kechgan o’tmishni, ajdodlarimiz buyukligi sababini bilmasdan milliy g’urur va iftixorni tarbiyalab bo’lmaydi.
Vujudimiz va qadriyatlarimizda neki bo’lsa, barchasi o’tmishdoshlarimiz va buyuk ajdodlarimiz rihiyatida jamlanganligini har bir o’qituvchi va o’quvchi chuqur bilmog’i va ҳis etmog’i darkor. Bu kabi mas‘uliyatli vazifani amalga oshirishda bizga “Xalq pedagogikasi” fani yaqindan yordam bera oladi. Shuning uchun mazkur fanni o’rganish, uning manbalari haqida kengroq ma‘lumotga ega bo’lish bulajak pedagog-kadrlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy pedagog-kadrlarni tayyorlashni ushbu omillarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Xalq pedagogikasi fani o’z faoliyati jarayonida ma‘lum qoida va qonuniyatlarga tayanib ish kuradi. Mazkur qoida va qonuniyatlar, g’oyalar fanning harakat va faoliyat traektoriyasi (chizig’i) ni belgilab beruvchi metodologik asoslari hisoblanadi. Ular yerdamida u jamiyat talablariga ko’ra o’z oldiga quyilgan maqsad va vazifalarni ҳal qilishga erishadi.
Etnopedagogika fanining metodologik asosini Prezidentimiz asarlarida olg’a surilgan milliy, madaniy merosni asrab-avaylash, ularni o’rganish, yanada boyitib kelajak avlodlarga meros qoldirish haqidagi fikrlar; falsafaning jamiyat, shaxs, ong va ularni tarbiya vositasida o’zgartirish mumkinligi haqidagi qonuniyatlari; buyuk ajdodlarimizning pedagogik qarashlari; komil insoni tarbiyalash, shakllantirish va rivojlantirishga dior diniy ta‘limotlar tashkil etadi.
Etnopedagogika manbalari tizimi (afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, qo’shiqlar, aytishuvlar, tortishuvlar, allalar, yallalar, topishmoqlar, maqollar, matallar, ўlanlar, madҳiyalar, marsiyalar, marosim, aytimlari, xalq o’yinlari va b...)ni ko’zdan kechirganimizda yuqoridagi fikrlarning to’g’riligi ayon bo’ladi. Chunonchi, barcha manbalarda, agar ular musulmon dini tarqalgan ҳududlarda yaratilgan bo’lsa, etnopedagogik asarlar qaҳramonlari diniy tushunchalarga ishonadi, shariat qonunlaridan chetga chiqmaydi, milliy tarbiya sifatlariga ega bo’ladi.
Etnopedagogikaning barcha manbalarida tasvirlangan pedagogik fikrlarda, qaҳramonlar dunyoqarashlarida inson barcha hayotiy muammolarni, orzu-umidlarini faqat ilm-ma‘rifatni eagallash, ezgu amallar, mehnat va yaratuvchilik, do’stlik va hamkorlik, go’zal ma‘naviy-axloqiy sifatlarni egallash yordamida amalga oshirish mumkinligi haqidagi g’oya olg’a suriladi. Shuning uchun bugungi milliy istiqlol davrida xalq pedagogikasi durdonalarini o’rganish g’oyat muhimdir. Chunki: “Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma‘naviy yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim,”- deganida Prezidentimiz haq edi. (Karimov I.A. Ilm-fan imkoniyatlaridan to’laroq foydalanaylik. “O’qituvchilar gazetasi”. 1989 yil, 2 dekabr).
Buyuk mutafakkirlarimizning pedagogik qarashlari mazmuniga xalq pedagogikasi g’oyalari singib ketgan. Forobiyning “Fozil odamlar shaҳri”, Beruniyning “Qadim xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Ibn Sinoning “Tadbiri manozil”, “Donishnoma”, Yusuf Xos Ҳojibning “Qutadg’u bilig”, va boshqa asarlarida xalq pedagogikasi elementlaridan unumli foydalanilgan.
Xalq pedagogikasi boshqa fanlar bilan ham yaqin aloqada faoliyat ko’rsatadi. Chunonchi, tarix, etnografiya, adabiyot, sotsiologiya, san‘at, madaniyatshunoslik fanlarini shu toifaga kiritish mumkin. Pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi barcha fanlar, psixologiya, fiziologiya, gigiena fanlari bilan hamkorlikda rivojlanib boradi.
Xalq pedagogikasida dunyoning moddiyligi, ijtimoiy hodisalarning o’zaro bog’liqligi, sabab va oqibatlari, shakl va mazmun birligi, qarama-qarshi kuchlar kurashiga doir falsafiy qonuniyatlarga amal qilinganligi yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Masalan, “Har bir qiyinchilikning rohati ham bor”, “Oldinga ketgan ҳalinchak orqaga ham qaytadi”, “Quvonch kelmasdan qayg’u ketmas”... kabi ifodalar shular jumlasidandir.
Xalq bola fe‘li va ruhiyatini gўdakligidan kuzatish oqibatida uning axloqiy sifatlarini bilib olgan. Shuning uchun tarbiyani ona qornidayoq boshlash lozimligini tavsiya etgan. Chunonchi, “Bola boshidan, meva kўchatidan bilinadi”, “Bolani beshikdan tarbiyalash kerak”, “Uch yoshlining amali sakson yoshda ham saqlanadi” kabi maqollar va hikmatli so’zlar fikrimizning dalilidir.


Yüklə 54,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə