Navoiy davlat pedagogika


Bola shaxsi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 54,66 Kb.
səhifə5/10
tarix26.05.2023
ölçüsü54,66 Kb.
#113231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALARNI IJTIMOIY TARBIYALASHNING MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI anig`i

1.1. Bola shaxsi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo’lib, u barcha tug’ma va egallangan miqdor va sifat o’zgarishlarini o’z ichiga oladi.
Jismoniy rivojlanish buyicha o’sishi, vazinning kuchini ortishi, sezgi a’zolarini mukammallashuvi, xarakatlarni to’g’ri boshqara bilish bilan bog’liqdir.
Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o’zgarishlar ro’y beradi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak- atrofga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi.
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarkibiy tajribani o’zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo’lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattlar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonda amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.
Keyingi yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o’zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo’lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo’ladigan faoliyat, o’yin, oddiy mehnat va o’quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o’zlashtirib olmaydigan, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.
Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanida asos bo’lib xizmat qiladi. M: kattalarning bolalar bilan bo’ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki xarakat va tasavvurlar, tasurotlar shakllana boshlaydi.
Xarakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog’liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo’ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan xarakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar.
Mana shu yo’l bilan bola buyumlar bilan bo’ladigan faoliyatning o’ziga xos tomonlarini egallab boradi.
2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo’ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko’rsatkichlarga erishadilar va ularning o’yin hamda tasviriy faoliyatga o’tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o’z-o’zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.
Mashg’ulotlardagi o’quv faoliyati orqali bolalar tevarak atrofidagi tabiat to’g’risidagi, ijtimoiy hayot, kishilar to’g’risidagi bilimlarni o’zlashtirib oladilar. Shuningdek ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi.
Agar ta’lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar tug’risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta’lim berishda asosiy e’tibor muhim bog’liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o’qish asosiy faoliyat bo’lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlaydilar. Bola o’zini maktab o’quvchisi deb tushuna boshlaydi.
Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat yetakchi rol’ o’ynaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug’ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singdirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi.
Odam shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga, tabiatga, mehnatga, boshqa odamlarga va uziga munosabat sistemasini izchil o’zgartirish va murakkablashtirishdir. Bu uning butun hayoti davomida ro’y beradi. Bunda bolalik va o’smirlik yoshi ayniqsa muhimdir.
Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma’naviy kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi. Dunyoqarash, e’tiqod, ma’naviy sifatlar, his-tuyg’ular (burch, vijdon, mas’uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta’sir, etadi.
Psixologiya va pedagogika odan shaxsi faoliyati va muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi, deb ta’kidlaydi. Agar odam ijtimoiy faoliyatning turli xillarida: o’quv, ishlab chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni rivojlantiradi, lekin faoliyat odamni u yoki bu ijtimoiy munosabatlardan chegaralab qo’ysa, u yo shaxsning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, yoki uning rivojlanishini buzadi. Shaxsning yetakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta’sir natijasida rivojlanadi. Shaxsning ma’naviy mazmuni — bu shaxsning o’z ichki ishining yakuni bo’lib, bu jarayonda tashqi ta’sirlar qayta ishlanadi va o’zlashtiriladi.
Odamning rivojlanishi — bu miqdor va sifat o’zgarishi, eskining yuk bo’lishi va yangining vujudga kelishi jarayoni bo’lib, uning manbai va harakatlantiruvchi kuchlari shaxsning ham tabiiy, ham ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o’zaro aloqasida yashiringandir.
Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivojlanadi va o’zgaradi. Bu rivojlanish va o’zgarishlar yosh xususiyatiga ega bo’ladi. Shaxsning ijtimoiy rivojlanish manbai shaxs bilan jamiyatning ziddiyatli o’zaro aloqasida yashiringandir.
Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o’zaro aloqani ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari urtasndagi ziddiyat faoliyat sifatida uyinning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda bolalardagi o’yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi.
Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro’y beradi, inson tarbiyasi «uning xalq baxt-saodati yo’lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial iqtisodiy va madaniy quriish vazifalarini hal etishda amaliy ishtirokidan ajralmasdir».
Shaxsni shakllantirishga uchta omil:

  • tarbiya,

  • ijtimoiy muhit

  • irsiyat nishonalari ta’sir ko’rsatadi.

Maktabgacha pedagogika tarbiyani yetakchi omil deb qaraydi, chunki bu to’plangan ijtimoiy tajribani yetkazish uchun yosh avlodga ta’sir ko’rsatishning maxsus uyushtirilgan sistemasidir. U oilada, bolalar bog’chasida, maktabda, mehnat jamoalarida amalga oshirilib, turmushni, faoliyatni, muomalani tashkil etishga qaratilgandir.
Shaxsni shakllantirishga muhit — ijtimoiy va tabiiy muhit katta ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy muxit shaxsni rivojlantirishda ustun ahamiyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi xususiyatini belgilab beradi.
Tabiiy muhit (iqlim sharoitlari, o’simliklar, hayvonot dunyosining ahvoli) ham shaxsning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob’ektiv omillariga kiradi. Odamlar organizmdagi anatomik tuzilishni, fiziologik harakatni, modda almashinuvi tipini, asab sistemasi tipi va qayishqoqligini (bular uning atrof-muhit ta’siriga beriluvchan qilib qo’yadi), asab reaktsiyalari jushqinligi va tezligini meros qilib oladilar. Asosiy shartsiz reflekslar ham, xilma-xil faoliyatturlariga qobiliyatning alohida anatomik-fiziologik asoslari — qobiliyat nishonalari han meros bo’ladi. Irsiyat tug’risidagi fan — genetika odamlarda yuzlab turli qobiliyat nishonalari — mutloq eshitish, favqulodda ko’rish xotirasi, g’oyat tez ta’sirlanishdan tortib nodir matematik va badiiy iste’dodgacha mavjud bo’lishini nazarda tutadi. Inson hayot ekan, butun umri davomida o`sib, rivojlanib, o`zgarib boradi. Bolalik, o`smirlik va o`spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko`zga tashlanadi.
Ma'lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uniig shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog`liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsiy ma'lum ijtimoiy tuzumniig mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Ma'lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga buysunadi.
Shaxsning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog`ligi biologik omilga bolg`liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo`lgan irsiyatning, ya'ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e'tibor bermoqda. Har bir bola insonlarga xos tug`ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tug`ilgandan so`ng unda shaxs bo`lib shakllanishi, yetuk inson bo`lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo`ladi. Bola o`zining avlod-ajdodlaridan ko`pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim kasalliklar ham nasldan naslga o`tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga kam ta'sir ko`rsagadi. Shunday ekan, sog`lom ota-onadan sog`lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Tarbiya shaxsni rivojlanishini ta'minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o`zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantirunchi omil bo`lmog`i uchun tarbiyalanunchi jamiyatning tarbiya oldiga qo`ygan talablarini, shaxsning o`ziga xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning yetakchilikni e'tirof etish bilan birga ularniig o`zaro bir-biriga ta'sirini tan oladi.
Bolalarni o`qitish va tarbiyalashning muvaffaqiyati pedagoglarning har xil yoshdagi bolalar o`rtasidagi tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog`liqdir. Shunday ekan, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh davrlari bilan xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim. Shuning uchun xarakteri, xulq-atvori, umuman jismoniy va manaviy taraqqiiyotini o`rganish, shuni ko`rsatadiki, bu jarayon murakkab va ziddiyatlidir. Shu sababli rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, balki bunda sakrashlar, notekisliklar ham sodir bo`ladi.
Shunday ekan tarbiyachilar bolaning yoshi oshgan sari uning etiyojlarida, intilish va qiziqishlarida qanday sifat o`zgarishlari sodir bo`layotganini muntazam kuzatib bori lozim.
Rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta'kidlaganidek, pedagogika fanining eng muhim vazifasi shaxs rivojlanishini har jihatdan o`rganishdir va o`qituvchining ishda muvaffaqiyat qozonish sharti o`z o`quvilarining xislat va xususiyatlarini bilishidir.
Kishi tug`ilgan kunidan boshlab sotsial mavjudot bo`lib qoladi. Uning xarakteri, xulq-atvori, shaxsi barcha ijtimoiy omillar yig`indisi ya'ni tevarak–atrofdagi odamlarniig unga munosabati, namuna ko`rsatishlari, mafkuralari, o`z faoliyatida hosil qilgan tajribasi ta'sirida shakllanadi. Albatga, ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishi samarali ta'sir ko`rsatadi. Pedagog bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko`rsatishini bilishi lozim.
Xullas, irsiyat deganda bolagan ota‑ona, yaqin qarindoshlari, ya'ni nasldan-naslga o`tadigan biologik xususiyat va o`xshashliklar tushuniladi. Odob, axloq xulqiy sifatlar esa-barcha ruhiy ta'siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishiga ta'sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo`la olmaydi.
Jamiyatning bola ongiga ta'siri asosan ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bola dastlab oilada, atrofidagi kishilar bilan muloqotda, maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktabda ta'lim‑tarbiya oladi. Bundan tashqari ijtimoiy faoliyatda shaxsning o`zi ham faol ishtirok etadi. Ya'ni ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya-shaxsning o`zi faol ishtirok etsagina uning tug`ma layoqatini uyg`otadi, iste'dod, qobiliyatlarini o`stira oladi. Agar kishi o`z ishini sevsa, intilsa, uning shu sohadagi iste'dodi tezroq va kuchliroq ro`yobga chiqa boshlaydi. Qobiliyat va iste'dodning ro`yobga chiqishida faqat qiziqish emas, shaxsning o`z ustida ishlashi ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, mashhur grek notig`i Demosfyen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. U doimo bir yelkasini uchirib turardi. Lekin u o`z ustida tinmay mashq qiladi, ishlaydi. U kamchiliklarini yo`qotish uchun iroda va qat'iyat bilan ishga kirishadi og`ziga mayda toshlar solib, so`zlarni talaffuz qiladi, dengiz bo`yida nutq so`zladi, qoyalarga chiqib, baland ovoz bilan she'r o`qidi, oyna oldida turib, yuz xarakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo`yib, yelkasini har uchirganda, qilich sanchilardi. Demosfyen haftalab uydan chiqmay notiqlikni o`rgandi. Uydan chiqmaslik uchun sochining yarmini qirdirib tashllagan edi.Bu harakatlari keyinchalik uni buyuk notiq bo’lib tarixda qolishiga sabab bo’ldi.
Bolalarning o`sishi, rivojlanishi, ruhiy jihatdan taraqqiyot etishi turli yosh davrlarida turlicha bo`ladi. Tibbiyot, bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, psixologiyasi, pedagogika fanlari yutuqlari va tavsiyasiga ko`ra maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh davrlarini quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:

  1. Go`daklik davri–chaqaloq davri (tug`ilgan 1 yoshgacha bo`lgan davr).

  2. Yasli davri (1-3 yosh).

  3. Maktabgacha tarbiya yoshi (3-7 yoshgacha).

Ma'lum bir yosh davriga xos bo`lgan anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlar yosh xusustlari deb ataladi.
1. Go`daklik davri.
Yangi tug`ilgan bola jismoniy jihatdan tez o`sadi, asab tizimi tez takomillashadi. Bola tug`ilganda faqat ta'mni sezadi, issiq-sovuqni sezadi. 3 oylik bo`lganda buyumlarni fahmlaydi, yaqin qishilarni ko`rsa xursand bo`ladi, ayrim tovushlar chiqaradi.
6-8 oylik bo`lganda buyumlarning rangi va shaklini farqlaydi. Sog`lom bola 11-12 oyligida kishilarni taniyda, ayrim so`zlarni talaffuz qiladi, nutqi o`sadi.
2. Yasli davri. (1-3 yosh)
Bu davr jismoniy o`sish, yo`lga kirish-yurish davri deb ham ataladi. O`ynay boshlaydi. 2 yoshdan ancha murakkab o`yinlarni qiziqib kuzatadi. Bolalar o`yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog`laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni kuchayadi, nutqi o`sadi. Gap tuzadi, talaffuz qiladi. Kattalarning yuri-turishi va odobi bolalar ruhiyatiga ta'sir qiladi.
3. Maktabgacha tarbiya yoshi (3-7 yoshgacha)
Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o`sishi, dunyoni bilish, atrof-muhittga o`z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgan davr. Shuning uchun ham ota-ona, tarbiyachilar bolalarning to`g`ri o`sishlari, aqliy, ahloqiy, estetik jihatdan tarbiyalashga jiddiy e'tibor berishlari lozim:
a) sog`ligi haqida, tartib va gigiyena talablariga,
b) o`yin mashg`ulotlari, so`z, musiqa, ekskurtsiya, badiiy va jismoniy tarbiya;
v) o`zini tuta bilish, do`stlik, birodarlikni o`rniga qo`yish;
Bu davrda bolalarning bo`yi har yili o`rtacha 6 sm, og`irligi esa 1-2 kg o`sadi. O`yinlar rang-barang va maqsadga muvofiq bo`lishi kerak.
4. Maktab yoshidagi kichik o`quvchilar.
Agar bolaning sog`ligi, qobiliyati, aqliy rivojlanish darajasi talabga javob bersa, 6-7 yoshdan maktabga bergan ma'qul. Endi o`yin faoliyatining o`rnini tizimli majburiy o`qish faoliyati egallaydi. Bu yoshda bolalar nisbatan tekis o`sadilar. O`g`il va qiz bolalar tashqi ko`rinishdan bir-birlaridan farq qilmaydilar. Bo`yicha o`rtacha 120 sm, og`irgili 25 kg atrofida bo`ladi. Suyaklari qotmagan, suyak va muskullari tez o`sadi. Bosh miya og`irligi kattalarnikiga teng bo`lsa ham, tuzilishi farq qiladi. Yurak urishi minutiga 90-92 martaga to`g`ri keladi. Ularda ixtiyorsiz diqqat, mexanik xotira bo`ladi. Umuman olgan, o`qituvchi-tarbiyachilar bolalarning barcha yosh davrlari, jismoniy va ruhiy taraqqiyotidagi o`zgarishlar, ularning o`ziga xos xususiyatlari to`g`risida yetarli ma'lumotga ega bo`lishlari kerak. Bu ularga bolalarga pedagogik ta'sir ko`rsatishda asqotadi. Biz yosh avlodni to`g`ri, Vatan uchun fidoyi, yaroqli inson qilib tarbiyalashmiz kerak.


Yüklə 54,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə