Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Maktabda ona tili o‘qitishning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə9/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Maktabda ona tili o‘qitishning maqsad va vazifalari. Maktabda ona tili o‘qitishning bosh maqsadi tilning jamiyatda tutgan o‘rni, bajaradigan vazifasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, til jamiyat a’zolari o‘rtasida aloqa-aralashuv vositasi, insonning fikrlash va fikr mahsulini og‘zaki hamda yozma ravishda bayon qila olish, o‘z ichki kechinmalarini ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida: «Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi»,–deyilgan. O‘quvchining bilim saviyasiga qo‘yiladigan talab esa, ta’lim jarayoni oldiga qo‘yiladigan ijtimoiy talab bilan belgilanadi. Shunday ekan, Davlat ta’lim standartlari, shu jumladan, ona tili Davlat ta’lim standarti ham ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan ijtimoiy talablardan kelib chiqqan holda belgilab berilgan. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini flkrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil flkrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan, savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi.
Ona tilini o‘qitishdan maqsad tilning jamiyat a’zolari o‘rtasida bajaradigan ana shu vazifasidan kelib chiqadi. Chunki kishilar o‘z faoliyatlarining barcha sohalarida bir-birlari bilan faol munosabatda bo‘ladilar. Ular doimo o‘zlarini o‘rab olgan moddiy borliqdagi narsa-buyumlar, voqea-hodisalar to‘g‘risida fikr yuritadilar va o‘z fikrlarini bir-birlariga ma’lum qiladilar.
Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar o‘rtasida fikr almashish bo‘lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to‘xtaydi. Fikr esa faqat til yordamida ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun ham har bir kishi undan foydalanishni bilishi va avvalo uni egallab olishi zarur. Tilni o‘rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni o‘zlashtirib olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani bolaga tilni o‘rgatish bilan birga, uning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me’yorlarini ham o‘rgatadi.
Shunday qilib, ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan–savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi.
Shu maqsaddan kelib chiqqan holda DTS talabiga ko‘ra ona tili ta’limining mazmuni :
–o‘quvchining fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o‘stirish;
–o‘z-o‘zini, moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda o‘z fikri va his-tuyg‘ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishga o‘rgatish.
Shunday qilib, UO‘T maktablarining 5–9-sinflarida o‘qitiladigan «Ona tili» o‘quv fani o‘quvchilarda:
  • o‘zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo‘yicha nutqning og‘zaki va yozma shakllaridan keng va to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berishni;


  • o‘zbek tilidan to‘g‘ri talaffuz, imlo va punktuatsiyaning asosiy qoidalarini o‘zlashtirib olishni;


  • ona tilining xazinasi bo‘lmish turli lug‘atlardan foydalana olishni;


  • o‘z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda, turli shakllarda ifodalay olish ko‘nikmalarini hosil qilishni;


  • muayyan bir xabarni yoki ma’lumotni turli shakllarda bera olish yo‘llarini;


  • kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan ish qog‘ozlarini yuritish ko‘nikmalarini;


  • yosh va malaka darajasiga mos bo‘lgan badiiy, ilmiy, siyosiy asarlarni o‘rganib, ular haqidagi fikr-mulohazasini, shaxsiy munosabatini og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri bayon eta olish ko‘nikmasini;


  • moddiy borliqni o‘rganish va uni tafakkur birliklarida ifodalashda, jamiyat a’zolari orasida muloqot o‘rnatishda ona tili va boshqa tillarning beqiyos ahamiyatini his etish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumot va amaliy ko‘nikmalar berishni asosiy vazifa qilib oladi.





Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə