Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


-MAVZU. ONA TILI TA’LIM MAZMUNI VA UNING TARKIBIY QISMLARI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə6/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

2-MAVZU. ONA TILI TA’LIM MAZMUNI VA UNING TARKIBIY QISMLARI.


Reja:
1.Ona tili ta’lim mazmuni.

2.Ona tili ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari.


3.Ona tilini o‘qitishning zaruriyatlari.
4.Ona tili ta’limining mazmuniy tuzilishi, shakli va eng asosiysi, metodologiyasini yangilash zarurati.


MAКTAB TIZIMIDA ONA TILI FANINING TUTGAN O‘RNI, UNI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Tayanch tushunchalar:
O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasining davlat tili, «O‘zbek maktablarida ona tili ta’limi Кonsepsiyasi», «til-me’yor-nutq» mutanosibligi, «O‘zbek tili» doimiy anjumani, ona tilini o‘qitish maqsadi, ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning muhim belgilari: kuzatish, izlanish, alohidaliklarni sharhlash, qiyoslash, umumiylikni aniqlash, farqlarni topish, tasnif etish, hukm chiqarish, alohidaliklarni aniqlash, qo‘llash; ona tilidan DTSning tarkibiy qismlari va mezonlari, o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash malakasi, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Maktabda ona tilini fan sifatida o‘qitishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy zaruriyatlari. O‘zbek tili mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat tili bo‘lib, uning umumiy o‘rta ta’lim maktablarda o‘qitilishi davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlash, tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga ko‘ra to‘g‘ri, o‘rinli va samarali foydalanish malaka va ko‘nikmalarini singdirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda maktab ona tili kursining tutgan o‘rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, mustaqil Respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi o‘ta muhim vazifa bo‘lib turgan bir sharoitda bu fanning o‘qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabda «Ona tili»ni o‘quv fani sifatida o‘qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, jamiyatimiz, xalqimiz, millatimiz ravnaqining kelajagi, uning gullab-yashnashi bugun maktab partasida o‘tirgan yoshlarning mustaqil turmushga, nutqiy faoliyatga, yuksak madaniyat bilan so‘zlasha olishga qay darajada tayyorgarligiga bog‘liq. Chunki so‘z qudrati insoniyat tarixida hamma vaqt yuksak qudratga ega bo‘lgan.
Jamiyat rivojlangan sari xalqning madaniyat darajasi ortib boradi. Madaniy hayotning rivoji avvalo jamiyat a’zolarining madaniy so‘zlashuvga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi bilan belgilanadi. Yoshlarda yuksak nutq odobini tarbiyalash maktab ona tili kursi zimmasiga tushadi.
Ijtimoiy o‘zgarishlar, shaxs tarbiyasiga munosabat, jamiyatning shaxsga nisbatan talablari bilan birgalikda jahon tilshunosligi fani va ona tilining tadriji ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi; tilni imkoniyat, nutqni esa shu imkoniyatning sharoit va maqsadga mos ravishda yuzaga chiqishi deb o‘rganuvchi sistem tilshunoslik nazariyasi rivojlandi, ilg‘or davlatlarning ko‘pida ona tilidan ta’lim mazmuni tubdan yangilandi. Ona tili mashg‘ulotlari bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlash, fikr mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri va ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishning bosh omiliga aylantirildi. O‘rta umumiy ta’lim maktablarida ona tili o‘qitishning mavjud ahvoli ta’lim mazmunini yangilashni hayotiy zaruriyat qilib qo‘ydi.
Yangi iqtisodiy munosabatlar har qanday faoliyatni uning beradigan pirovard iqtisodiy natijasi bilan baholashni talab etadi. Jumladan, ta’limga sarflanadigan moddiy xarajatlar ta’limning natijasi bilan qoplanib qolmay, balki sarf bo‘lgan xarajatlardan ko‘proq moddiy manfaat kelishi lozim. Bu – ta’limning barcha bo‘g‘inlari va sohalari, jumladan, ona tili ta’limi uchun qo‘yiladigan umumiy, zamonaviy, iqtisodiy va ma’naviy talabdir.
Maktabda ona tilini fan sifatida o‘qitish qanday moddiy manfaat berishi mumkin, qanday qilib ona tili ta’limini moddiy jihatdan manfaatli, foydali qilish mumkin?
«Ona tili fani moddiy manfaat keltirmaydi» degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki ona tili ta’limi natijasida o‘quvchi DTS talablari darajasida muayyan malaka va ko‘nikmalar hosil qiladi va bu ko‘nikma hamda malakalarning davr talablariga mosligi bevosita iqtisodiy ko‘rsatkichlar-moddiy manfaat ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi. Ona tili fanining moddiy ko‘rsatkichlari bolalarning imlo savodxonligi, so‘z boyligi va undan foydalanish mahorati, mustaqil ijodiy fikrlay olishi, fikr mahsulini maqsadga muvofiq ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qila olishi kabilarda namoyon bo‘ladi.
Maktabda ona tilini fan sifatida o‘qitmay turib, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalab bo‘lmaydi. Chunki ona tili fani o‘quvchilarni milliy til va uning tarixi, boy madaniy o‘tmishi bilan tanishtiradi, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, urf - odatlarimizni qadrlashga o‘rgatadi.
Ona tili avlodlarni avlodlarga bog‘lovchi zanjirdir. Agar yozuv, yozma nutq bo‘lmaganda edi, madaniy boyliklarimiz, fan, texnika va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlarimizni avlodlardan avlodlarga o‘tkaza olmagan bo‘lardik.
«O‘zbek tili»ning maktabda o‘quv predmeti sifatida shakllanish va rivojlanish jarayoniga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uni taxminan quyidagi davrlarga ajratish mumkin:

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə