Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə7/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Birinchi davr – 1910–1930-yillar. Bu davrda madrasalarda o‘qigan bolalarga savod chiqarganlaridan keyin, qofiya (grammatika) va qofiyaning bo‘limlari: sarf (morfologiya) va nahv (sintaksis) o‘rgatilgan. Bolalarning xat-savod chiqarishi, qiroatxonligiga katta e’tibor berilgan.
XX asrning boshlari shu bilan e’tiborliki, garchand hali maktablarda «Ona tili»ni fan sifatida o‘qitish muayyan izga tushmagan bo‘lsa-da, ammo o‘quvchilarga til qoidalarini o‘rgatish, ularning savodxonligini chiqarish va uni takomillashtirishga qaratilgan harakatlar kuchaydi. 1913-yilda mashhur o‘zbek ziyolisi M.Faxriddinovning «Turkcha qoida», 1916-yilda A.Zahiriyning «Imlo» o‘quv qo‘llanmalarining nashr etilishi o‘sha davr uchun katta tarixiy voqea edi. Bir qator jadid maktablarida 1913–1914-yillardan boshlab turkcha qoidalarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi; 2- , 3- , 4-o‘quv yillarida o‘quvchilarning savodxonligi ustida ishlash bo‘yicha maxsus dars mashg‘ulotlari o‘tkazila boshlandi. 1916–1917-yillarga kelib shu jadid maktablarida A.Zahiriyning «Imlo» kitobini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
Ikkinchi davr–1930–960-yillar. Bu davrda maktablarda ona tilini fan sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi; til ta’limidan maxsus o‘quv dasturlari va darsliklari chiqarila boshlandi. «O‘zbek tili» maktabda o‘qitiladigan yetakchi o‘quv predmeti sifatida o‘quv rejalaridan mustahkam o‘rin oldi va bu fanning o‘qitilishiga katta miqdorda soat ajratildi.
Ona tilining o‘rta umumta’lim maktablarida o‘quv predmeti sifatida o‘qitila boshlanishi uning taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochib berdi.
Uchinchi davr–1960–1970-yillar. Bu davrga kelib, ona tilidan ta’lim mazmuni ancha takomillashdi va mazkur fandan yangi o‘quv dasturlari va darsliklari chiqarila boshlandi. Ayniqsa, maktablarning yuqori sinflarida ona tilining o‘qitilishiga e’tibor kuchaydi.
To‘rtinchi davr–1970–1990-yillar. Bu davrga kelib, o‘zbek tilshunosligida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni maktab darsliklariga kiritishga urinish ancha kuchaydi. Ona tilidan V sinfda (o‘quv yilining boshida) sintaksis va punktuatsiyadan dastlabki zaruriy ma’lumotlar berish ko‘zda tutildi va mazkur bo‘limni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. So‘z yasalishi tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqdi va bu bo‘lim 16 soat davomida V sinfda o‘qitiladigan bo‘ldi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə