Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlash belgilari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə10/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlash belgilari. O‘quvchining o‘quv materialini o‘zlashtirish jarayoni murakkab jarayon bo‘lib, til hodisalarini kuzata olish, izlanish, alohidaliklarni sharhlash, qiyoslash, umumiylikni aniqlash, farqlarni topish, tasnif etish, hukm chiqarish, alohidaliklarni aniqlash, qo‘llash singarilar bilan bog‘liq. Bular ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning muhim belgilari bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega:


  1. Кuzatish–darslik (o‘qituvchi) topshirig‘i asosida ona tili hodisalaridan berilgan (ko‘rsatilgan) namunalarni kuzata olish;


  1. Izlanish–o‘ylash, xotirada tiklash so‘rash, lug‘at, qomus, ma’lumot manbalaridan foydalanish asosida hodisalar sirasini boyita olish;


  1. Alohidaliklarni sharhlash–berilgan va o‘zi davom ettirgan siradagi har bir hodisani alohida-alohida sharhlay olish;


  2. Qiyoslash–siradagi hodisalarni o‘zaro qiyoslay olish;


  3. Umumiylikni aniqlash–siradagi hodisalarning o‘xshash, umumiy tomonlarini aniqlay olish;


  1. Farqlarni topish–siradagi hodisalarning bir-biridan farqli tomonlarini aniqlay olish;


  1. Tasnif etish–siradagi hodisalarni o‘xshashlik va farqlari asosida guruh hamda guruhchalarga ajrata olish;


  1. Hukm chiqarish–hodisalar sirasi haqida umumlashma (hukm,xulosa,qoida) chiqara olish;


  2. Alohidaliklarni aniqlash–o‘rganilgan hodisalariing yondoshlari (ma’nodoshlari, shakldoshlari, vazifadoshlari, qiymatdoshlari, zidlari va h.k.) bilan munosabatlarini (yaqinlik,o‘xshashlik va farqlarini ) aniqlay olish;


10. Qo‘llash–hodisalarni mustaqil ravishda yozma va og‘zaki shakllarda sharhlab, ijodiy matn tuza olish.
Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning oliy ko‘rinishi matn yaratishdir. Shu sababli, ona tili darslarida matn ustida ishlash yetakchi yo‘nalish kashf etishi lozim. Maktab «Ona tili» dasturi va darsliklarida (VII sinfning oxiri va VIII sinfning boshida) «Ijodiy matn» bo‘limining kiritilishi ham xuddi shu maqsadni ko‘zlaydi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə