Nazorat savollari



Yüklə 61,92 Kb.
səhifə1/6
tarix23.12.2023
ölçüsü61,92 Kb.
#155292
  1   2   3   4   5   6
«Mehnat bozori iqtisodiyoti» fanidan 4-mavzu topshirig‘i uchun b


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Iqtisodiyot fakulteti
«Inson resurslarini boshqarish» yo‘nalishi
Sirtqi bo’lim MIRB-81guruh talabasi
Xamidova Munisa Malik qizining
«Mehnat bozori iqtisodiyoti » fanidan
4-mavzu topshirig‘i uchun bajargan ishi.

4-ТОPSHIRIQ
NAZORAT SAVOLLARI


  1. Aholi migratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy toifasining mohiyati va mazmuni.

Migratsiya lotincha «migratio» so‘zidan olingan boiib, aholining joyini o‘zgartirishi, boshqa joyga ko‘chib o‘tishi ma’nosini anglatadi. Ana shu atamadan kelib chiqqan holda migratsiyaning tor va keng ma’nosi farqlanadi.Aholi migratsiyasi iqtisodiy, demografik, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan chiqarish va qabul qilish omillarining yig’indisidan iborat, degan g’oya katta munozaraga sabab bo’ldi. Ushbu yondashuvga frantsiyalik olim Ye.Leening 60-yillarda yaratgan nazariyasi asos qilib olingan. Unga ko’ra iqtisodiy, demografik, ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan chiqarish va qabul qilish omillarining harakatiga asoslanadigan jarayon - migratsiya jarayonidir. Ushbu nazariyaga muvofiq inson migratsiya haqidagi qarorni turli rag’batlar, motivlar ta’siri ostida qabul qilishi asoslangan. Aholining davlatlararo joylashuvi sabablari davlatlarning qay darajada rivojlanganligini inobatga olishga ham ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatdagi yoki ayrim hududlardagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o’sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo’lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o’zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko’chib o’tishini bildiradi.



  1. Migratsiya sabablari

Migratsiya nazariyasining asoschisi Buyuk Britaniyalik geograf E. Ravenshtayn hisoblanadi. U XIX asr oxirida «migratsiya qonuni»ni yaratgan. E. Ravenshtayn AQSh va boshqa mamlakatlardagi migratsiya jarayonlarini tahlil etish asosida migratsiyaning quyidagi 11 ta qonuniyatini asoslab bergan:
1. Eng ko‘p migratsiya qisqa masofaga amalga oshiriladi.
2. Migratsiya asta-sekin bosqichma-bosqich sodir bo‘ladi.
3. Uzoq masofaga migratsiya, asosan, yirik sanoat va savdo markazlari tomon yo‘naltirilgan boiadi.
4. Har bir migratsiya oqimiga uning qarshi oqimi muvofiq bo‘ladi.
5. Shahar aholisi qishloq joydagilarga qaraganda kam mobilroq bo‘ladi.
6. Mamlakat ichkarisida migratsiyada ayollar, uzoq masofalarga - erkaklar faolroqdir.
7. Migrantlaming ko‘pchiligini katta yoshdagi aholi tashkil etadi, oilalar o‘z mamlakati tashqarisiga kam migratsiya qiladi.
8. Katta shaharlaming yiriklashishi, ular aholisining tabiiy o‘sishi ko‘proq migratsiya natijasidir.
9. Migratsiyaning ko‘lamlari sanoat va savdoning, ayniqsa, transportning rivojlanishi natijasida ortadi.
10. Hududlar, asosan, iqtisodiy xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi.
11. Migratsiyaning asosiy sababi - iqtisodiy sababdir.
Uning migratsiya qonunlarida asosiy sabab - iqtisodiy sabab ekanligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu g‘oya migratsiya jarayonlarini modellashtirish sohasida bundan keyingi tadqiqotlarga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Olimning «migratsiya qonunlari» doirasida ishchi kuchi mobilligiga yangi klassik nazariyasida turli mintaqalar (ham mamlakat ichkarisida, ham mehnat migrantlarining kelib chiqish mamlakati bilan boshqa davlatlar) o‘rtasida ish haqidagi farq yotishi markaziy o‘rinni egallaydi. Ushbu konsepsiya yangi klassik maktab vakillarining ishlab chiqarish omillari, shu jumladan, mehnat resurslarining turli mamlakatlar o‘rtasidagi tengsizlik oqibatida ko‘chib yurishiga asoslangan iqtisodiy nazariyasiga tayanadi. Mazkur tengsizlikni tartibga solish vositasi «hududiy-iqtisodiy mutanosiblik» nomini oldi. «Hududiy-iqtisodiy mutanosiblik» konsepsiyasida mehnat resurslari eksportchilari boigan mamlakatda iqtisodiy o‘sish va mehnat migratsiyasi kuchayishi natijasida ish haqi darajasi o‘rtasida awal mavjud boigan katta farq kamayib boradi. Natijada, mehnat resurslari eksportchilari mehnat resurslarini import qiluvchilarga aylanishi mumkin. Xuddi shunday vaziyat, masalan, Yevropada - Italiya, Portugaliya, Gretsiya; Osiyoda - Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya; Janubiy Amerikada - Braziliya va Chilida ro‘y bergan1. Mazkur nazariyaning qoidalari qator konseptual xulosalarga ega. Ya’ni: - mehnat resurslarining xalqaro mobilligi mamlakatlardagi ish haqi o‘rtasidagi tafovutlar bilan izohlanadi; - jahon miqyosida ish haqi o‘rtasidagi farqlarga barham berilgandan so‘ng mehnat resurslarining mobilligi to‘xtaydi; - yuqori malakali va quyi malakali mehnat resurslari mavjud boigan holatlarda inson kapitalining oqimlari ana shu jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadigan turli harakatlantiruvchi kuchlar ostida turli yo‘nalishda boiishi mumkin - mehnat bozori mehnat resurslari mobilligining asosiy mexanizmidir. U tufayligina mehnat resurslarining xalqaro oqimlari yuzaga keladi. Bozorlaming boshqa turlari mehnat resurslari mobilligiga ancha kamroq tasir ko‘rsatadi; - mamlakat hukumatlari, asosan, mehnat bozoriga ta’sir ko‘rsatish orqali mehnat resurslari oqimlarini boshqara oladilar. Mehnat resurslari mobilligi tarkibiy-tarixiy yondashuvlar bilan ham farqlanadi. Ushbu konsepsiya vakillari mehnat migratsiya sabablarini rivojlangan va rivojlanmagan mamlakatlar o‘z iqtisodiyotlarini rivojlantirish uchun turli resurslarga ega ekanliklari bilan baholaydilar.



  1. Yüklə 61,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə