Nazorat savollari


Ichki migratsiya jarayonlari va mehnat bozorining shakllanishi



Yüklə 61,92 Kb.
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü61,92 Kb.
#155292
1   2   3   4   5   6
«Mehnat bozori iqtisodiyoti» fanidan 4-mavzu topshirig‘i uchun b

Ichki migratsiya jarayonlari va mehnat bozorining shakllanishi

Migratsiya ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro’y berishi mumkin. Bir mamlakat ichida ro’y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
1)tugal migratsiya - aholining doimiy yashash joyini o’zgartirishi bilan
bog’liq migratsiya;
2) tebranuvchi migratsiya - ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga
muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog’liq migratsiya;
3) mavsumiy migratsiya - mavsumiy ish faoliyati bilan bog’liq migratsiya;
4) tasodifiy migratsiya - ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga
borib kelishi bilan bog’liq migratsiya.

5. Xalqaro migratsiyaning hozirgi tendentsiyalari
Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat migratsiyasining asosiy besh yo‘nalishi ajratib ko‘rsatiladi:
1) AQSh, Kanada, Avstraliya, Yaponiya;
2) G‘arbiy Yevropa, ayniqsa, Germaniya va Fransiya;
3) Yaqin Sharq (neftga boy Yaman, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Quvayt va boshqalar);
4) Lotin Amerikasi (Braziliya, Argentina, Chili va boshqalar. Bu mamlakatlarga mehnat muhojirlari, asosan, Osiyo va Afrika davlatlaridan kelishadi);
5) Yangi industrial davlatlar (Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, Malayziya, Indoneziya, Filippin).
Hozirgi davrda xalqaro mehnat migratsiyasini rag‘batlantiruvchi asosiy omil
- iqtisodiy omil boiib qoldi. Shu bilan xalqaro mehnat migratsiyasida sifat jihatidan o'zgarishlar ham sodir boimoqda. Mehnat migrantlari tarkibida malakali mutaxassislarning salmogi orta boshladi. Bu quyidagilarda namoyon boimoqda:
- awal keng ommalashgan «aqlning sirqib chiqib ketishi»da («brain drain») o‘zgarish kuzatilmoqda
- mehnat resurslari xalqaro mobilligi yo‘nalishining diversifikatsiyasi sodir boimoqda. AQSh hali ham eng yuqori malakali mutaxassislami jalb etayotgan markazligicha qolayotganligiga qaramasdan, sanoati rivojlangan davlatlaming mutaxassislari ham rivojlanayotgan mamlakatlarga vaqtincha boisa-da ishlash uchun y o i olmoqda;
- yuqori malakali mutaxassislarning mobilligi faqat kapital tomon yo‘nalishida boimasdan, ular bir y o ia kapital bilan yoki uning ketidan y o i olayotgani mutlaqo yangi holat boimoqda
- oliy ta’limning integratsiyalashishi kuchaymoqda. Shuningdek, rivojlangan davlatlarda oliy ta’lim olganlaming o‘z vatanlariga qaytmaslik holatlari ko‘paymoqda;
- hozirgi davrda davlatning xalqaro mehnat migratsiyasi jarayoniga ta’siri kuchayib bormoqda. Davlat mehnat resurslarining jahon bozorini tartibga solishga harakat qilish bilan (viza cheklovlari, mehnat faoliyatining patentlanishi, xorijiy mehnat resurslariga kvotalar va boshqalar) bir qatorda yuqori malakali mutaxassislarni yollashni ham o‘z zimmasiga olmoqda. Intellektual mehnat resurslarining xalqaro mobilligi jarayonlarining kuchayishi quyidagilar bilan izohlanadi:
- rivojlangan davlatlarda tug‘ilishning kamayib ketishi va milliy iqtisodiyot zamonaviy sektorining yuqori malakali mutaxassislarga talabi kuchayayotganligi;
- retsipient davlatlar tomonidan tegishli mutaxassislarni import qilish hisobiga ularni o‘zlari tayyorlashlari uchun mablagiari va vaqtlarini tejashga intilishlari;
- milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarishlarda texnologik o‘zgartirishlaming amalga oshirilishi sababli yuqori malakali milliy mutaxassislaming yetishmasligi;
- transmilliy kompaniyalar faoliyatining kengayishi;
- mehnat resurslari mobilligini ta’minlash tarmoqlarining kengayishi;
- intellektual sheriklikning (ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlari tibbiyot markazlari va hokazolar o‘rtasida) kuchayishi;
- ta’lim va malaka standartlarining unifikatsiyalashtirilishi va diplomlaming o‘zaro tan olinishi;
- bilim va tajriba uzatilishining virtuallashishi (axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida mehnat resurslari mobilligini turar joyni o‘zgartirmasdan amalga oshirish imkoniyatining pay do bo‘lishi)


Yüklə 61,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə