Nazorat savollari


Migratsiyaning oqibatlari



Yüklə 61,92 Kb.
səhifə2/6
tarix23.12.2023
ölçüsü61,92 Kb.
#155292
1   2   3   4   5   6
«Mehnat bozori iqtisodiyoti» fanidan 4-mavzu topshirig‘i uchun b

Migratsiyaning oqibatlari

M. Piorening «qo'sh turli mehnat bozori» nazariyasi - mehnat resurslari mobilligining o‘ziga xos modeli hisoblanadi. 1979-yilda ishlab chiqilgan ushbu konsepsiyaga ko‘ra, mehnat resurslari mobilligini jalb etish rivojlangan davlatlaming iqtisodiy tarkibi uchun xosdir. Zero, ularda mehnatga talab doimo yuqori. Mehnat resurslari mobilligini turtib chiqaradigan mamlakatlarda ish haqi past, ishsizlik darajasi esa yuqori bo‘ladi. M. Piore muhojir mehnat resurslariga talabni hozirgi davr industrial jamiyatining tub xususiyatlari: tarkibiy inflyatsiya, motivatsiya muammolari va mehnat resurslarining demografiya bilan bog‘liq ekanligini asoslagan. Ushbu nazariyada ish haqi faqat mehnatga talab va taklif shartlarinigina aks ettiribgina qolmasdan, mehnat resurslarining maqomi va ijtimoiy xususiyatlarini ham ifoda etishi ko‘rsatiladi. Odamlarning ish haqi xodimning ijtimoiy maqomin aks ettirishi kerak, deb hisoblaydilar. Agar ish beruvchi malakasiz mehnat resurslarini jalb etishga intilayotgan boisa, u ish haqini shunchaki oshira olmaydi. Chunki, bu xodimning ijtimoiy maqomi bilan uning mehnati baholanishi o‘rtasidagi muayyan aloqadorlikni buzadi. Agar malakasiz xodimlar ish xaqi ortadigan boisa, bu boshqa darajalardagi xodimlar ish haqini oshirishga ham bosim o‘tkazadi. Ya’ni xodimlaming ijtimoiy holatlariga muvofiq, ish haqi barcha darajalarda oshirilishi kerak. Bu muammo tarkibiy inflyatsiya sifatida maiumdir. Mehnat resurslari taqchil boigan paytda maxalliy xodimlami ish haqini oshirish orqali ularni jalb etish ish beruvchiga qimmatga tushadi va manfaatli emas. Bu uni past ish haqi hisobiga ishlashga tayyor boigan boshqa hududlardagi mehnat resurslarini jalb etishga majbur qiladi. Mehnat bozorining qo‘sh turliligi mehnat bilan kapital o‘rtasidagi qo‘sh turlilikka xos boigan sanoati rivojlangan davlatlar xususiyatini ifoda etadi. Maiumki, kapital ishlab chiqarishning miqdori aniq boigan omilidir. Mehnat esa ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan omilidir. Mehnatga talab pasayganda, xodimlar ishdan bo‘shatiladi. Bu xodimlar o‘rtasida farqlashga olib boradigan dualizmni hosil etadi. Malakali xodimlar kapital sigim i yuqori boigan sektorda eng yaxshi asbobuskunalami ishlatgan holda mehnat qiladilar. Ish beruvchi ularga taiim berish va malakasini oshirish uchun investitsiya kiritishga majbur. Bunday xodimlaming ishi murakkab va katta bilim hamda tajribani talab etadi. Ana shu xodimlarga xarajatlar yuqori boiganligi uchun ish beruvchi ulami saqlab qolishga harakat qiladi.



  1. Yüklə 61,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə