Nazorat tashxis funksiyasi


Dunyoda tan olingan amerikacha, fransuzcha va yaponcha menejment maktablari mavjud



Yüklə 33,7 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü33,7 Kb.
#167771
1   2   3   4
NAZORAT TASHXIS

Dunyoda tan olingan amerikacha, fransuzcha va yaponcha menejment maktablari mavjud.
Amerikacha boshqaruvda — tashabbuskorlik, yuqori kasbiy tayyorgarlik, tashkilotchilik, ishchanlik;
Yaponcha boshqaruvda — har bir xodimga g‘amxo‘rlik, ishlab chiqarishning ijtimoiy xavfsizligi, shakllanish istagi, ichki go‘zallik;
Fransuzcha boshqaruvda—boshqaruv tizimini shakllantirish uchun insoniy madaniyat, yuqori darajadagi aloqadorlik madaniyati, milliy, tarixiy, madaniy an’ana elementlaridan foydalanish.
10.2. Ta’lim muassasasi Ustavi – rahbarlik va boshqaruv tizimini aniqlovchi hujjat.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra: Ta’lim muassasasining Nizomi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir. Ta’lim muassasasining Nizomida muassasaning joylashgan o‘rni, turi, ta’lim tili, guruh rahbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar, ota- onalarning huquq va burchlari, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi, xo‘jalik faoliyati, boshqarish tartibi kabi ma’lumotlar yoritiladi.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko‘rsatiladi:
davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zaxirasini egallash yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;
ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash, masalalarni yecha olishga o‘rgatish).
Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo‘yiladigan talablar, o‘qituvchi, o‘quvchilar, ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham alohida ajratilib ko‘rsatiladi.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:
Ta’lim muassasasi haqidagi qisqacha ma’lumotlar.
Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.
Ta’lim muassasasini boshqarish:
ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;

Yüklə 33,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə