Nazorat tashxis funksiyasi



Yüklə 33,7 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü33,7 Kb.
#167771
  1   2   3   4
NAZORAT TASHXIS


NAZORAT TASHXIS FUNKSIYASI
REJA
1.Boshqaruv funksiyalari
2. Nazorat tashxis funksiyalari
3. Xulosa

1. BOSHQARUV FUNKSIYALARI


Boshqarish funksiyalari. Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu obyektni boshqarishga oid aniq vazifalami hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Boshqarish nazariyasi asoschilaridan Anri Fayol XX asming boshlarida boshqaruvning besh funksiyasini ajratib ko‘rsatgan: rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish, nazorat. A.T.To‘xtaboev mazkur funksiyalami faqat ma’muriy ekanligini ta’kidlab, ma’muriy boshqaruv funksiyalarining uch guruhini ajratib ko‘rsatadi: umumiy funksiyaiar; ijtimoiy-psixoiogik funksiyalar; texnologik funksiyalar.
Turli, olimlaming fikrlarini umumlashtirgan holda, boshqaruvning quyidagi funksiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Axborot-tahlil funksiyasi. Mazkur funksiya Yu.Konarjevskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, boshqaruvda alohida o‘rin tutadi; bunda axborotlami olish va tahlil qilishda jarayon boshlanadi va tugallanadi.
Maqsadli-motivlashtirish funksiyasi. Motivlashtirish belgilangan maqsadga erishish bo‘yicha barcha boshqaruv subyektlarida qiziqishlar uyg‘otishga yo‘naltirilgan tadbirlami tashkil etishni nazarda tutadi.
Oldindan ko‘rish-rejalashtirish funksiyasi. Boshqaruv faoliyatini oidindan ko‘rish (anglash) va rejalashtirish funksiyasi uchun maqsadli-motivlashtirish boshlang‘ich asos bo‘lib xizmat qiladi, oidindan ko‘rish-rejalashtirish funksiyasi tashkiliy shakllar, usullar, ta’sir etuvchi vositalami aniqlaydi, nazoratning me’yori va natijalarmi baholashga xizmat qiladi, shimingdek, pedagogik tizimni va uning ishtirokchilarining harakati va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tartibga solish imkonini beradi.
Tashkiliy-ijrochilik funksiyasi. Bu funksiya boshqaruv faoliyatining barcha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Bu kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ijrochilaming o‘zaro ta’sir etish tizimini shakllantirish, axborotlar to‘plash va ularga ishlov berish faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Buning natijasida u yoki bu pedagogik tizimga xos tarkibiy tuzilish vujudga keladi
Nazorat-tashxis funksiyasi. Nazorat - bu boshqaruv jarayonining faol bosqichlaridan bin bo‘lib, s boshqaruvning barcha funksiyalari bilan bog‘liq boMadi. Umumiy holda nazorat rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalarni o‘zaro solishtirish jarayoni bo‘lib, u faoliyatning muvaffaqiyatini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Tartibga solish - muvofiqlashtirish funksiyasi pedagogik tizimning holatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik jarayonda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklami tuzatish hamda pedagogik jarayon ishtirokchilarining xatti-harakatlarini tartibga solish uchun xizmat qiladi.
Mazkur fimksiyalami amalga oshirishda boshqaruv metodlari muhim ahamiyat kasb etib, ular boshqaruv jarayonida xodimlar faoliyatini tashkil etish va ulami muvofiqlashtirishda qoTlaniladigan ta’sir etish yo‘llari va usullarining yig‘indisi hisoblanadi.
Boshqaruv metodlari. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlarda ta’lim muassasalarini boshqarishga ko‘p darajada mos keladigan metodlaming to‘rt asosiy guruhi: iqtisodiy, tashkiliy- ma’muriy, ijtimoiy-psixologik va axborotlar to‘plasb metodlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiy metodlar o‘zaro bog'liq bo‘lgan iqtisodiy ko'rsatkichlarning yig‘indisini tavsiflab, bar bir ishchi va butun muassasa uchun aniq me’yorlar belgilash bilan birgalikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. Ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, innovatsion jarayonlami kuchaytirish, ya’ni xodimlarning innovatsion faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faolliklarini rivojlantirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi.
Rahbarlar tomonidan boshqaruv jarayonida, xodimlarning faoliyati batafsil o‘rganilgandan keyin, faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun bajariladigan vazifalar rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o‘z xodimlarining faoliyatlari natijalariga ko‘ra rag‘batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yoki moddiy yordam ko‘rsatishlarida boshqarishning mazkur metodidan foydalanishlari zarur boiadi. Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlami kuchaytirishga yo‘naltiriladi.
Tashkiliy-ma’muriy metodlar ham iqtisodiy metodlar bajaradigan vazifalami amalga oshiradi, faqat ulaming ta’sir ko'rsatish usullari va shakllari o‘zaro farq qiladi. Iqtisodiy metodlarda belgilangan masalalami hal qilish uchun rahbarlar ta’sir ko‘rsatishning turli xil usul va shakilarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tashkiliy-ma’muriy metodlar qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar tayyorlash, ulami o‘z vaqtida tegishli shaxslarga yetkazish va bajarilishini nazorat qilish orqali ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Mazkur metod rahbarlar va xodimlar, o'qituvchilar va o‘quvchilar, iimuman olganda, barcha jamoa a’zolari o'rtasidagi mavjud munosabatlami inobatga olgan holda ulaming qiziqishi, manfaatlari, ko‘nikma va malakalari, bilimi hamda qobiliyatlarini o‘rganib, jamoadagi mavjud sharoitlami yaxshilash va boshqa zaruriy chora-tadbirlami amalga oshirish orqali jamoa a’zolarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Tashkiliy-ma’muriy metoddan fodalanishdan ko‘zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo‘lishi zarur boTgan o‘zaro munosabatlar, alcqalar, tashkiliy barqarorlik, intizom, o‘zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik hamda uzluksiz rivojlamshni huquqiy va me’yoriy hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy-psixologik metodlar jamoa a’zolari o‘rtasida shunday munosabatlami vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar xodim laming bemalol, erkin harakat qilishi, o‘zini-o‘zi namoyon qilishi, turli jarayonlarda erkin isbtirok etishi, fikr bildirishi uchun shart-sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur.
Boshqaruv uslublari. Boshqaruv uslubi - bu ish uslublarining to'plami boTib, u o‘zining faoliyatida ushbu boshqaruv apparatini qoTlaydi. Menejment uslubi - bu rahbami shaxsiy sifatlarining to‘plami, rahbami qo‘l ostidagilar bilan munosabati, rahbarning o‘z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yoTlari, rahbarning xodimlami amalda bilishidir. Boshqaruv uslubi boshqaruv usulidan kelib chiqadi. Boshqaruv usuli - bu boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi usul va yo‘llaming to‘plamidir. Boshqanmiing uchta uslubi keng tarqalgan:
Avtoritar (direktiv) uslubda rahbar o‘z irodasini qo‘l ostidagilarga ma’muriy kuch vositasida o'tkazishga intiladi. ya’ni majburlash, qo'rqitish, rag‘batlantirish va boshqa chora-tadbirlardan foydalanadi.
Liberal (erkin ish yuritish) uslub rahbaming o1 2 3 4 5 6 7 8z qarorlarini tavsiyalar ko‘rinishida berishi, xodimlarning ishiga kamroq aralashishi bilan tavsiflanadi. Bmida rahbar vositachi sifatida faoliyat ko'rsatadi, xodimlariga keng doirada mustaqillik, to‘la erkinlik berish bilan bir qatorda, ulaming harakatlariga kam e’tibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi.
Demokratik (kollegial) uslubda rahbar o‘z faoliyatini o'zining jamoasi a’zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik xodimlar o‘rtasida taqsimlanadi. Xodimlarning o‘zaro munosabatlarini rag‘batlantirish bilan birgalikda ulaming bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga olib rag‘batlantirib boradi

Yüklə 33,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə