Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transporti tizimlari


—rasm. Uch bosqichli gaz taqsimlash sxemasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə11/16
tarix11.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#144320
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
kurs ishi

14.3—rasm. Uch bosqichli gaz taqsimlash sxemasi.
1-magistral gaz quvuri; GRS; 3-yuqori bosim gaz quvuri, 4-sanoat korxonalari; 5—yuqori bosim GRPsi; 6—o‘rta bosim gaz quvuri; 7—past bosim iste’molchilariga tarmoqlar; 8—past bosim gaz quvurlari; 9—o‘rta bosimga ulangan yirik iste’molchilar; 10—o‘rta bosim GRP lari.

14.4—rasm. Ko‘p bosqichli gaz taqsimlash sxemasi.
MG—magistral gaz quvuri; PP —sanoat korxonalari; SVD— yuqori bosim gaz quvurlari; SSD—o‘rta bosim gaz quvurlari; SND— past bosim gaz quvurlari.
Uch va ko‘p bosqichli tizimlar yordamida katta shaharlar gazlashtiriladi. Chunki ikki bosqichli tizimlar qo‘llanilganda, o‘rta bosim gaz quvurlarining diametrlari juda katta bo‘lishi talab qilinadi va butun shahar hududi bo‘yicha yuqori bosim gaz quvurlari o‘tkazishga ko‘chalarning torligi sababli gaz quvurlaridan bino va inshootlargacha xavfsizlik yuzasidan talab qilinadigan masofalarni ta’minlash qiyinligi sabab bo‘ladi. Bunday tizimlarda past, o‘rta va yuqori bosim gaz quvurlari ishlatilib, GRSdan chiqqan yuqori bosim gaz quvurlari yirik gaz iste’molchilarga (GRES, TES, tuman qozonxonalari, kimyo kombinatlari va boshqalar) gaz yetkazib beradi. Bundan tashqari, bu gaz quvurlaridan GRPlar yordamida o‘rta bosim gaz quvurlari ta’minladilar. O‘rta bosim gaz quvurlari esa sanoat, kommunal—maishiy korxonalari, qozonxonalari hamda GRPlar yordamida past bosim quvurlarini gaz bilan ta’minlaydi. Past bosim gaz quvurlari esa asosan turar—joy binolarini va soatlik gaz sarfi 50 m3soat dan oshmagan kichik maishiykommunal va umumiy ovqatlanish muassasalarni gaz bilan ta’minlaidi.
2.2. Gaz suv isitkichlarining tuzilishi

Gazlashtirish tizimlarida umumiy harajatning 60%gachasini quvurlarning narxi tashkil qiladi. Gazlashtirish tizimlarida asosan po‘lat quvurlardan foydalaniladi, chunki po‘lat quvurlarning uzunligi katta bo‘ladi va po‘lat quvurlarni payvand usulida ulash oson, lekin po‘lat quvurlar korroziyaga moyildir. Shuning uchun yer osti quvurlari korroziyaga qarshi qoplama (izolyatsiya) bilan o‘raladi. Qishloq sharoitlarida gazning bosimi 0,3 MPa gacha bo‘lsa, yer osti gaz quvurlarida polietilen quvurlaridan Gost8599—73 foydalanish kerak. Bunda quvurning chuqurligi kamida 1 m bo‘lishi kerak. Po‘lat quvurlar kam uglerodli bo‘lishi va yaxshi payvandlanishi kerak. Gazlashtirish tizimlarida quyidagi po‘lat quvurlar ishlatiladi:
Choksiz po‘lat quvurlar GOST 8732-78: Bu quvurlar yer osti va yer usti gaz quvurlarida ishlatiladi. Uy ichi gazlashtirish tizimlarida suv —gaz o‘tkazuvchi quvurlari GOST 3262 -75;
Elektr payvanllangan to‘g‘ri chokli quvurlar GOST 10.705—80
Elektr payvanlangan spiral chokli quvurlar GOST 8732 — 78;
Gaz quvurlari asosan gaz payvandlash yo‘li bilan hamda elektr payvandlash yo‘li bilan ulanadi. Rezbali ulash faqat gaz asboblarini quvurga ulash joylarida ishlatiladi. Agarda xavfsizlikni inobatga olib bino ichida payvandlash ishini olib borish mumkin bo‘lmasa, unda rezba yordamida quvurlarni ulash mumkin. Bundan tashqari, yer osti gaz quvurlari devori qalinligi kamida 3 mm, yer usti gaz quvurlariniki esa kamida 2 mm bo‘lishi kerak.
Gazni berkitish uskunalari

Gazni yopish uskunalari iste’molchilarni, gaz quvurining ma’lum bo‘laklarini hamda gaz asboblarini berkitish uchun qo‘llaniladi. Bular sifatida kranlar, zulfinlar (yopqichlar) hamda gidrozatvorlar (gidravlik yopkichlar) qo‘llaniladi. Gidravlik yopqichlar (5.5-rasm) yer osti past bosim gaz quvurlarida ishlatiladi. Ular ayrim iste’molchilarni yopish uchun ishlatiladi. Buning uchun kover ochilib, gidrozatvor tikini ochiladi va gidrozatvorga suv quyiladi. Quyilgan suv gazning yo‘lini to‘sib, gaz o‘tishini to‘xtatadi. Gidrozatvorga faqat gazni berkitishga xizmat qiladi. Ular yordamida gazning sarfini o‘zgartirish mumkin emas, faqat ochish yoki yopish mumkin.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə