Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transporti tizimlari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə12/16
tarix11.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#144320
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
kurs ishi

5—rasm. Diametri 50 mm dan 150 mm gacha bo‘lgan gaz quvurlari uchun gidrozatvor UG—30 (a) va diametri 150 mm dan 200 mm gacha bo‘lgan gaz quvurlari uchun gidrozatvor UG —33 (b).
Gidrozatvorlar yerning muzlash qatlamidan pastda joylashishi kerak, chunki yig‘ilgan kondensat muzlab, gazning yo‘lini berkitib qo‘yadi.
Gidrozatvorning yaxshi tomonlari: oddiy, gazni yaxshi berkitadi, ular gazdagi kondensatni to‘plab, kondensat yig‘gich vazifasini ham bajaradi.
Kranlar va yopqichlar (zulfinlar).
Kichik diametrdagi gaz quvurlaridagi iste’molchilarni va gaz asbobini berkitish uchun kranlar ishlatiladi. Kranlar (14.6 —rasm) germetizatsiya — zichlashtirish usuli bo‘yicha ular tortiluvchan hamda salnikli kranlar bo‘ladi.
Tortiluvchan kranlar past bosimda, salnikli kranlar esa asosan kommunal va sanoat korxona past va o‘rta bosim quvurlarida ishlatiladi.
Materiali bo‘yicha kranlar cho‘yandan va bronza yoki latundan bo‘lishi mumkin. Cho‘yan kranlar (Pch.Zbk) kam ochib yopiladigan yasoylarda ishlatiladi. Kranlar diametri 15 mm-80 mm bo‘lishi mumkin. Kranlarning gaz quvuriga ulanishi bo‘yicha rezbali (muftali), sapkali va flanesli (14.6, 14.7 —rasm) bo‘ladi.

14.6—rasm. Muftalik kranlar:
a-prujinalik tikinsimon bronza kran. 1—korpus; 2—tutkich; 3—tikin; 4 —kopkok; 5 — prujina. b - tortiluvchan tikinsimon cho‘yan kran.
1-tikin; 2—shayba; 3—tortuvchi gayka; 4—korpus. v —salnikli tikinsimon cho‘yan kran.
1—tikin; 2—korpus; 3-salnik;t4—grundbuksa; 5—tortiluvchi boltlar; 6—mufta.

14.7—rasm. Flanesli tikinsimon salnikli cho‘yan kran: 1-korpus; 2—tikin; 3— salnik; 4—grundbuksa; 5—flanes.
Gaz asboblarni gaz quvuriga ulash yoki ularni ajratib olish uchun krandan so‘ng sgon o‘rnatiladi.
Gazni yopish uskunalari quyidagi joylarda o‘rnatiladi:

  1. Mikrorayon yoki gaz quvurlarining ayrim bo‘limlarini berkitish uchun;

  2. Taqsimlash gaz quvurlaridan ajralgan tarmoqlarda;

  3. GRPlarga kirish va chiqishda qo‘yiladi; bunda zulfinlar GRPdan kamida 5mdan narida bo‘lishi va 100m dan uzoq bo‘lmasligi kerak.

  4. Sanoat korxonasiga kirish joyida devordan 2 m uzoqlikda bo‘lishi kerak.

Zulfinlar (9.8 —rasm) yer osti gaz quvurlarida quduqlariga o‘rnatiladi va ularning eng kichik diametri 50 mm bo‘ladi. Zulfinlar gazni berkitish щamda uning sarfini o‘zgartirishga xizmat qiladi.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə