Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transporti tizimlari


II.BINOLARNI GAZ BILAN TA’MINLASH TARMOQLARI



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə9/16
tarix11.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#144320
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
kurs ishi

II.BINOLARNI GAZ BILAN TA’MINLASH TARMOQLARI
Gaz tarmoqlarining tuzilishi va quvurlari
Shahar gaz quvurlari–murakkab muhandislik inshootlari bo‘lib, iste’molchilarni gaz bilan xavsiz va uzluksiz ta’minlashga xizmat qiladilar. Gazlashtirish tizimlarining ishonchli ishlashi loyihalash davrida qabul qilingan gaz taqsimlash sxemasining konstruktiv to‘g‘ri hal qilinganligiga hamda bajarilgan qurilish–montmaj ishlarining sifatiga bog‘liqdir. Shaharlarda gaz quvurlari asosan yer osti usuli bo‘yicha o‘tkaziladi. Yer usti o‘tkazish usuli kam qo‘llanilib asosan tabiiy va sun’iy to‘siqlarїni kesib o‘tishda hamda ayrim iste’molchilar hududida mahalliy sharoitga ko‘ra yer osti usulini qo‘llash mumkin bo‘lmasa, yoki iqtisod tarafdan maqsadga muvofiq bo‘lmasa, yer usti usuli qo‘llaniladi.
Shahar gazlashtirish tizimlari po‘lat quvurlardan quriladi. Chunki ularning uzunligi katta, bir–biriga ulash payvandlash bilan bajariladi va buning natijasida ulangan joylarning zichligi ta’minlanadi. Yer osti gaz quvurlarini korroziyadan saqlash maqsadida ularga korroziyaga qarshi qoplama o‘raladi.
Sovuq kunlarda gaz tarkibidagi suv bulari kondensatsiya bo‘ladi. Kondensat quvurlarning eng past joylarida yig‘ilib, gaz yo‘lini tusib qo‘yishi mumkin. Buning oldini olishmaqsadida quvurlar albatta nishab qilib o‘tkaziladi va ularning eng past joylarida kondensat yig‘gichlar (kondensatosbornik) o‘rnatiladi va ular orqali Yig‘ilgan kondensat vaqti—vaqti bilan chiqarib tashlanadi.
Gaz quvurlarining ayrim bo‘laklariga yoki iste’molchilarga gaz berishni to‘xtatish uchun gaz quvurlarida kran yoki zulfinlar yoki past bosim gaz quvurlarida gidrozatvorlar o‘rnatiladi. Yer osti quvurlaridan gaz chiqayotganini aniqlash uchun nazorat naychalari hamda yer osti quvurlari izolyatsiyasining ahvolini tekshirish, elektr toklarining yo‘nalishi va kuchlanishini aniqlash uchun nazorat punktlari o‘rnatiladi.
Gaz quvurlari, undagi bosim va gaz quvurining qo‘llanishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: qo‘llanish bo‘yicha:

  1. magistral gaz quvurlari:

  2. shahar gaz quvuri;

v) sanoat gaz quvurlari.
Magistrat gaz quvurlari o‘ta yuqori bosimda ishlab (5,5-10 MPa), gaz konidan Shaharlarga gaz yetkazib beradi. Shahar gaz quvurlari quyidagilarga bo‘linadi:

  1. tarqatish gaz quvurlari;

  2. iste’molchilarga tarmoq gaz qvurlari; 3) uy ichi gaz quvurlari.

Taqsimlash gaz quvurlari gazni turar-joy binolariga, sanoat va kommunal korxonalarga yetkazib beradi. O‘tkazilishi bo‘yicha esa xalqasimon, boshi berk shaklida bo‘ladi. Abonent tarmoqlari gazni taqsimlash gaz quvuridan iste’molchilarga yetkazadi. Uy ichi gaz quvurlari esa gazni turar–joy binosi ichida tarqatib, gaz asboblariga yetkazib beradi.
Sanoat gaz quvurlari uchga bo‘linadi:

  1. taqsimlash gaz quvurlaridai sanoat korxonasiga kiritish;

  2. sexlararo gaz quvurlari; 3) sex ichi gaz quvuri.

Gazning bosimiga qarab Shahar gaz quvurlari quyidagilarga bo‘linadi:
I) past bosim gaz quvurlari 0,002 - 0,005 MPa;

  1. agarda sun’iy gaz berilayotgan bo‘lsa 200 mm suv.ust. (0,002 MPa)

  2. tabiiy gaz uchun bosim 300 mm suv. ust, (0,003 MPa)

v) suyultirilgan gaz bo‘lsa, bosim 400 mm suv. ust. (0,004 MPa.)
II) agarda xar bir iste’molchi uyida o‘zining gaz bosimini pasaytiruvchisi bo‘lsa, tarmoqda bosim 500 mm suv.ust, bo‘lishi.
Past bosim gaz quvurlariga asosan, turar-joy binolari, maishiy xizmat qo‘rsatish korxonalari ulanadi. Bunda iste’molchining soatlik gaz sarfi 50 m3 soatdan kam bo‘lishi kerak. Chunki katta gaz sarfini past bosimda uzatish uchun katta diametrli gaz quvurlari qurish kerak. Bu esa iqtisod tarafdan manfaatsiz.
Agarda iste’molchining gaz sarfi 50-P50 m3 soat bo‘lsa va texnik iqtisodiy hisoblar bilan mo‘ljallangan ishni asoslab berilsa, bunday iste’molchini ham past bosim gaz quvuriga ulash mumkin.

  1. o‘rta bosim gaz quvurlari (0,005 0,3 MPa);

Bu gaz quvurlariga sanoat korxonalari va past bosim gaz quvuriga gaz yetkazib beruvchi GRP lar ulanadi.

  1. yuqori bosim gaz quvuri 0,3 0,6 MPa

Bu gaz quvuriga yirik iste’molchilar ulanadi. Bundan tashqari, bu gaz quvuridan GRP orqali o‘rta yoki past bosim quvurlari ham ta’minlanadi.

  1. yuk,ori bosim gaz quvurlari 0,6 1,2 MPa

Bu gaz quvurlari shahar atrofida yarim xalqasimon yoki xalqasimon shaklda o‘tkazilib, undan yirik iste’molchilar hamda shahar yuqori va o‘rta bosim gaz quvurlari GRP orqali ta’minlanadi. Har xil bosimdagi gaz quvurlari faqat GRP orqali bir —biriga ulanadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə