Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transporti tizimlari


Suv qizdirgichlarning sxemasi va ishlash jarayoni



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə6/16
tarix11.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#144320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
kurs ishi

1.2.Suv qizdirgichlarning sxemasi va ishlash jarayoni.
Pastda joylashgan akkumulatorlar doim bosim ostida bo‘ladi, shu tufayli ularda saqlovchi klapanlar bo‘lishi lozim. Akkumulatorlar soni, har biri ishchi hajmniig 50% ga teng bo‘lgan 2 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Issiqlik punktlaridagi suv sarfini o‘lchovchi asboblar harorati 30°S gacha bo‘lgan ichimlik suvi quvurlarida o‘rnatiladi. Konstruksiyasi bo‘yicha kolonkali va turbinali o‘lchagichlar bo‘ladi. O‘lchagichlar oquvchi qism diametri bo‘yicha aniqlanadigan kalibrlar bo‘yicha tanlanadi. O‘lchagichlarni tanlashda o‘lchagichdagi bosim yo‘qolishi 10 m ga teng bo‘lgan xarakterli sarf (Vxap) asosida tanlanadi. Suvning minimal sarfida asboblarning ko‘rsatishi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Xarakterli sarfning 30 % (qanotchali) va 20 % (trubinali) sarfida asbob me’yorida ishlaydi.
Issiq suv bilan ta’minlash tizimlaridagi nasoslar sun’iy harorati 60°S gacha bo‘lgan quvurlarda qo‘llaniladi. Sirkulyatsiyasi quvurlardagi bosim yo‘qotilishi kichik bo‘lganligi sababli past bosimli nasoslar qo‘llaniladi. Bu shartlarga K, KV,VS, sNSh, sNINS nasoslar mos keladi. Issiqlik punktlarida kamida 2 ta nasos o‘rnatilishi lozim.
Tez bug‘-suv qizdirgichlar, qizdirilayotgan suv bo‘yicha ikki va to‘rt yo‘nalishli konstruksiya bilan bir korpusli etib bajariladi. Ikki yo‘nalishli qizdirgichlar isitilayotgan suv haroratining farqi 25°S etib hisoblangan, bu usulni isitish tizimlari uchun qo‘llash mumkin. Issiq suv bilan ta’minlash, tizimi uchun, suvni yanada yuqoriroq haroratga ko‘tarish mumkin bo‘lgan to‘rt yo‘naliishi qizdirgichlar qo‘llaniladi. Bu qizdirgichlarni qizdirish yuzalari diametri 16/14mm bo‘lgan latun quvurlardan tayyorlanadi.
Sig‘imli qizdirgichlarvaqti-vaqti bilan issiq suv olinadigan issiq suv bilan ta’minlash tizimlariga mo‘ljallangan. Qizdirgichning qizdirish yuzalari diametri 33,5x3,5 va 48x2,5 mm li po‘lat quvurlardan ikki yo‘nalishli ilon izi ko‘rinishda bajariladi. Qizdirgichlarda, qizdiruvchi issiqlik tashuvchi sifatida bug‘ va suv qo‘llaniladi, turli tomonga yo‘nalishi issiqlik almashuvi, qiziyotgan suv xajmidan gazlarni chiqarish va xosil bo‘layotgan kondensatni olib chiqish uchun yaxshi sharoitni yaratadi.
Qizdirgichning konstruksiyasi issiqlik tashuvchini yuqori tezlikka egabo‘lishini ta’minlay olmaydi, shu tufayli issiqlik uzatish koeffitsientining qiymati tez qizdirgichlardan taxminan 3 barobar kam. Bosimi 0,07 MPa bo‘lgan bug‘ va harorati 115°S dan yuqori haroratli suv bilan kizdirilayotgan sig‘imli qizdirgichlarga. xnzmat ko‘rsatash xavfiz bo‘lishi uchunsaqlovchi klapanlarga ega bo‘lishlari lozim.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə