Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transporti tizimlari


I.MARKAZLASHGAN ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMLARI VA SXEMALARI



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə3/16
tarix11.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#144320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
kurs ishi

I.MARKAZLASHGAN ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMLARI VA SXEMALARI
Issiq suv bilan ta’minlash tizimlarini sinklangan po‘lat quvurlardan, quvur diametri 150 mm. dan katta bo‘lganda oddiy sinklanmagan elektrkovsharlangan quvurlardan yig‘iladi.Ayrim hollarda plastik quvurlardan va ichki yuza haroratga chidamli va korroziyaga qarshi moddalar bilan qoplangan po‘lat quvurlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Po‘lat quvurlar kovsharlash yoki rezba bo‘yicha ulanadi. Rezbali biriktirishlar ulovchi fitinglar (cho‘yan yoki po‘latdan tayyorlangan) yordamida bajariladi. Ulangan joylar tabiiy olifda ajratilgan qo‘rg‘oshin bilan to‘yintirilgan.
Issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida foydalanilayotgan armaturalar, quvurlar va suv oluvchi asboblar armaturalariga bo‘linadi. Quvurlar armaturalariga: zadvijkalar, ventillar, sozlovchi va saqlovchi klapanlar, yunaltiruvchi armaturalar kiradi.

.1 – rasm. Avtomatik havo chiqargich.

2 – rasm. Aralashtirgichli dush.
Issiq suv bilan ta’minlash tizimlaridagi quvurlarga o‘rnatilgan armaturalar po‘lat, cho‘yan, bronza va ishchi bosim 1 MPa gacha issiqlikka chidamliplastmassalardan tayyorlanadi. Diametri 50 mm gacha bo‘lgan quvurlar bilan armaturalar rezba yordamida, 50 mm dan katta diametrli quvurlarda yordamida ulanadi. Diametri 50 mm gacha bo‘lgan barcha quvurlarda, issiqlikka chidamli plastmassa yoki rangli metallardan tayyorlangan mufta armaturalari qo‘llaniladi. Yuqori nuqtalardagi havoni chiqarib yuborish uchun havo yig‘gichlar yoki turli havo chiqarib yuborgichlar (13.2 – rasm) qo‘llaniladi.
Suv olinuvchi armaturalar turli konstruksiyalarda bajariladi (22 – rasm). Hojatxona kranlari, turar-joy va jamoat binolaridagi kul yuvgichlar uchun aralashtirgichlar yuzasi xromlangan rangli metallardan, yuvgichlar va oshxona rakovinalari uchun aralashtirgichlar rangli metallardan (xromlangan yoki xromlanmagan) yoki cho‘yanlardan tayyorlanadi.

1.1. Issiqlik ta’minoti tizimlariga iste’molchilarni ulash

Issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida tez va sig‘imli qizdirgichlardan keng qo‘llaniladi.
Suv-suvli tez seksion qizdirgichlar. (23 – rasm) –tashqi diametri 57 – 325 mm bo‘lgan standart po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. Korpus ichiga diametri 16/14,5 va 16/13,2 bo‘lgan 7 tadan 140 gacha latun yoki po‘lat quvurlar joylashtiriladi.
Po‘lat quvurli seksiyalar ichimlik suvida tez korroziyaga uchraydi, shu tufayli ular, doimiy sifatga ega suv bilan to‘ldirilgan, bog‘liq bo‘lmagan isitish tizimlarida qo‘llaniladi. Latun quvurli seksiyalar korroziyaga nisbatan chidamli bo‘lgani sababli, issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida ishlatiladi. Qizdirgich uchun lozim bo‘lgan isitish yuzalari, bir nechta seksiyalarning yig‘ib hosil qilinadi. Seksiyalar bir – biri bilan qizdiruvchi suv yo‘nalishi bo‘yicha flanesdagi potrubkalar bilan, isiyotgan suv yo‘nalishi bo‘yicha bukilib, yiiladi.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə