Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transporti tizimlari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə4/16
tarix11.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#144320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
kurs ishi

3 – rasm. Suv bilan suvni qizdiruvchi seksion qizdirgich;
1– termorele o‘rnatiladigan gilza; 2– birlashtiruvchi quvur, 3-10– isituvchi suvni kirish va chiqish joyi; 4– seksiya korpusi; 5– linzali kompensator; (isitish tizimi uchun qizdirgich ishlatilganda o‘rnatiladi). 6– maxsus shtuser: 7– egik quvur; 8–9– isitilayotgan suvning kirish va chiqish joyi.

4 – rasm. Sig‘imli qizdirgich
1- kirish joyi; 2- manometr; 3- ellipeli tub, 4- termometr, 5- issiq suvning chiqishidagi quvur; 6- saqlovchi klapan; 7- korpus; 8- ko‘taruvchi moslama. 9- suvni to‘kib yuboruvchi quvur; 10- sovuq suv kirish uchun quvur; 11- ilon izi quvur; 12- isituvchi issiqlik tashuvchining kirish va chiqish joyi bukilib, yig‘iladi.
Isitilayotgan suvni quvur dastasi bo‘yicha o‘tkazish tavsiya etiladi, bu quvur ichini tozalashni va ruxsat etilgan tezlikni (2 m/s gacha) tanlashni osonlashtiradi. Issiqlik tashuvchilarni qarama – qarshi eng katta chegaraviy tezlik bilan harakatlanishi, yuqori issiqlik uzatilishi koeffitsientiga (1500 Vt/m2·°S) ega bo‘lishini ta’minlaydi, shu sababli qizdirgichlar tez qizdirgichlar deyiladi.
Qizdirgichlar, quvurlar orasi va quvur ichidagi ruxsat etilgan bosim 1 MPa gacha bosimga hisoblangan bo‘ladi va sanoat korpusida yoki linzali kompensatorlarsiz ishlab chiqaradi.
Tez bug‘-suv qizdirgichlar, qizdirilayotgan suv bo‘yicha ikki va to‘rt yo‘nalishli konstruksiya bilan bir korpusli etib bajariladi. Ikki yo‘nalishli qizdirgichlar isitilayotgan suv haroratining 25°S etib hisoblangan, bu isitish tizimlari uchun qo‘llash mumkin. Issiq suv bilan ta’minlash, tizimi uchun, suvni yanada yuqorirok haroratga ko‘tarish mumkin bo‘lgan to‘rt yo‘nalishli qizdirgichlar qo‘llaniladi. Bu qizdirgichlarni qizdirish yuzalari diametri 16/14 mm bo‘lgan latur quvurlardan tayyorlanadi.
Sig‘imli qizdirgichlar (.4 – rasm) vaqti – vaqti bilan issiq suv olinadigan issiq suv bilan ta’minlash tizimlariga mo‘ljallangan. Qizdirgichning qizdirish yuzalari diametri 33,5x3,25 va 48x2,5 mm li po‘lat quvurlardan ikki yo‘nalishli ilon izi ko‘rinishda bajariladi. Qizdirgichlarda, qizdiruvchi issiqlik tashuvchi sifatida bug‘ va suv qo‘llashni yo‘nalishi issiqlik almashuvi, qiziyotgan suv hajmidan gazlarni chiqarish va hosil bo‘layotgan kondensatni olib chiqish uchun yaxshi sharoitni yaratadi.
Qizdirgichning konstruksiyasi issiqlik tashuvchini yuqori tezlikka ega bo‘lishini ta’minlay olmaydi, shu tufayli issiqlik uzatish koeffitsienti qiymati tez qizdirgichlardan iborat 3 barabar kam. Bosimi 0,07 MPa bo‘lgan bug‘ va harorati 115°S dan yuqori haroratli suv bilan qizdirilayotgan sig‘imli qizdirgichlar, ularga xizmat ko‘rsatish xavfsiz bo‘lishi uchun saqlovchi klapanlarga ega bo‘lishlari lozim.
Aralashtiruvchi bug‘-suv qizdirgichlar – ishlash prinsipiga ko‘ra: barbotajli, oqimli, tomchisimon va pardali bo‘ladi. Barbotajli qizdirgichlarda bug‘ suv ustuni tagiga teshikli quvurlar orqali beriladi. Bu usul kam quvvatli va kam hajmli suvlarni qizdirish uchun qo‘llaniladi. Bug‘ oqimli qizdirgichlar (7-rasm) qattiq shovqin chiqaradi, shu tufayli ularni korxonani issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida ishlatishadi. Issiqlik tashuvchini jadal aralashtirish issiqlik uzatish koeffitsientini yuqori bo‘lishini (20000 Vt/m2·°S) ta’minlaydi. Tomchisimon va pardali qizdirgichlarning issiqlik uzatish koeffitsienti bir muncha kam qiymatga ega bo‘ladi.
Aralashtirgich, issiqlik tarmoqlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv, issiq suv bilan ta’minlash tizimiga olinganda, issiq suvning zarur bo‘lgan haroratni hosil qilish uchun xizmat qiladi. 12.5 – rasmda siljiydigan sozlovchi klapanni (RKS) suyuklikda ishlovchi termorele bilan bir blokdagi (TRJ) konstruksiyasi ko‘rsatilgan. Chegaralovchi tirqishlari bo‘lgan egar (sedlo) va taqsimlovchi (zolotnik) drossellash (suvning quvurlardan o‘tishini tartibga solib turish) va issiq va sovuq suvni yaxshi aralashishini ta’minlaydi.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə