Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transporti tizimlari


Arachashtiruvchi bug‘-suv qizdirgichlar



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə7/16
tarix11.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#144320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
kurs ishi

Arachashtiruvchi bug‘-suv qizdirgichlar - ishlash priniipiga ko‘ra: barbotajli. oqimli, tomchisimonva pardali bo‘ladi. Barbotajli qizdirgichlarda suv ustuni tagiga bug‘ teshikli quvurlar orqali beriladi. Bu usul kam quvvatli va kam xajmli suvlarni qizdirish uchun qo‘llaniladi. Bug‘ oqimli qizdirgichlar qattiq shovqin chiqaradi, shu tufayli ulardan korxonani issiq suv bilan ta’minlash tizmlarida foydalaniladi.Issiqlik tashuvchini jadal aralashtirish issiqlik uzatash koeffitsientini yuqori bo‘lishini(20000 Vt/m2°S) ta’minlaydi.Tomchisimon va pardali qizdirgichlarninig issiqlik uzatish koeffnsnentn bir muncha kam qiymatga ega bo‘ladi.
Aralashtirgich, issiqlik tarmoqlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv , issiq suv bilan ta’minlash tizimiga olinganda, issiq suvning zarur bo‘lgan haroratni xosil qilish uchun xizmat kiladi.

8- rasm. Aralashgan suv xaroreti sozlagichi- (ORGRES konstruksiyasi) 1- korpus; 2- taqsimlovchi (zolotnik); 3- tiqin; 4- impuls quvuri; 5- bosimli saplo; 6- sozlash vinti; 7- klapan; 8- to‘kuvchi saplo; 9- termobalon; 10- egar; 11-membranali servomator;
Rasmda siljiydigan sozlovchi klapanni (RKS) suyuqlikda ishlovchi termorele bilan bir blokdagi (TRJ) konstruksiyasi ko‘rsatilgan. Chegaralovchi tirqishlari bo‘lgan egar (sedlo) va taqsimlovchi (zolotnik) drossellash (suvning quvurlardan utishini tartibga solib t>rish) va issiq va sovuxq suvni yaxshi aralashishini ta’minlaydi.
Aralashgan suv uchun lozim bo‘lgan harorat transformator moyi bilan to‘ldirilgan termobalon yordamida nazorat kilinadi.Aralashgan suv harorati me’yoridan. past bo‘lganda balondagi yog xajmi sifonning uzayishiga olib keladi, uning tubiga sterjen va sozlash vinti tiralib turadi.Klapanli (7) sharnirli richagga maxkamlangan vint (6) ni tuzilishi (8) soploni yopilishiga va (5) soplonn ochilishiga olib keladi. Klapanlarning bunday almashishi natijasida membranali servomotor (11) ning pastki yo kuyi bushligi suv berayotgan quvurdagi yuqoriroq bosimiga ega suv bilan uchrashadi.
Membrana va zolotnikni yuqoriga ko‘tarilishi bilan suv berilayotgan quvurdan berilayotgan suv miqdori ortadi va aralashgan suv uchun lozim bo‘lgan harorat tiklanadi.Agar aralashgan suv harorati yuqorilashib ketsa, ushbu jarayon teskari tartibda boradi. Sozlagichning sezgirligi 2- 4°S ga teng.Dilatolitrik termorelesi bo‘lgan sozlovchi klapanlar mukammalrok va yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega. Tashqi ko‘rinishdan ular bir-biriga o‘xshash, quvurlarga flaneslar yordamida birikgiriladi.
Akkumupyatorlar silindrik va to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda bo‘ladi. Baklar yopiladigan qapqog‘i bo‘lgan kirish joylariga ega bo‘lishi lozim, balandligi 5 m dan yuqori bo‘lgan hollarda ichki narvonlarga ega bo‘ladi. Baklarning ichi korroziyadan ximoyalanuvchi qoplama bnlan qoplanadi, tashki tomoni. issiqlik yo‘qolishidan saqlovchi qoplama bilan qoplanadi.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə