Nigmatov X



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

ob’ektli dasturni
(rus tilida – ob’ektnaya programma) 
hosil qilish va 
assembler protokolini
 
bosmaga chiqarish amalga oshiriladi. 
Ko‘pgina dasturlar bittadan ortiq 
muolajalardan
(rus tilida – protsedurы) 
iborat bo‘ladi. Alohida-alohida translyasiya qilingan dasturlarni birlashtirib, bitta 
butun bajariladigan ikkilik kodga aylantirish vazifasini 
joylashtiruvchi dastur
(rus 
tilida – komponovщik) amalga oshiradi (4.8-rasm). 
4.8-rasm. Dasturni translyasiya qilish va joylashtirish. 
 
XII. KOMPYUTERNING YORDAMCHI XOTIRASI 
 
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash muammosini hal qilishning ananaviy 
yo‘li, xotirani 
ierarxik ko‘rinishda
tashkil etish bilan amalga oshiriladi (2.16-rasm). 
Protsessorning ichki registrlari ierarxiyaning eng yuqori qismida joylashgan. 
Ularga murojaat qilish tezligi, boshqa xil xotiralarga nisbatan ancha yuqoridir. 
Keyingi qatorda hozirgi paytda xajmi 32 Kbaytdan bir necha megabaytgacha 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan kesh-xotira joylashgan. Ierarxiyaning uchinchi 
pog‘onasida, hajmi bir necha o‘n gigabaytlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy 


70 
xotira joylashgan. Keyingi qatorlarda magnitli disklar va lentalar, hamda optik 
disklar asosida yordamida ishlaydigan xotira qurilmalari joylashgan.
2.16-rasm. Xotirani besh sathli ko‘rinishda tashkil etish. 
Ierarxiya bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, uchta ko‘rsatgichni o‘zgarib 
borishini ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan - xotiraga murojaat qilish vaqti 
kattalashib boradi. Registrlarda bu vaqt – bir necha nanasekundni, kesh-xotirada 
bundan salgina ko‘proqni, asosiy xotirada esa bir necha o‘n nanosekundlarni tashkil 
qiladi. Keyingi qatorlardagi farqlar yana ham kattalashadi – disklarga murojaat 
qilish vaqti kamida 10 mks larga, optik disklar va magnit lentalarda esa bundan ham 
katta qiymatlarga ega bo‘ladi, hamda sekundlarda o‘lchanadi. Ikkinchidan xotira 
xajmi o‘sib boradi, bu haqida yuqorida aytib o‘tildi. Uchinchidan ma’lum qiymatga 
(masalan - 1 dollarga) to‘g‘ri keladigan xotira hajmi ham, oshib boradi. Ushbu 
paragrafda biz asosan magnitli va optik disklarga taalluqli ma’lumotlar bilan 
tanishib chiqamiz. 
Magnitli disklar – vinchesterlar. Magnitli disk - alyuminiydan (yoki 
shishadan) tayyorlangan, magnit qavat bilan qoplangan bir yoki bir nechta 
doirasimon yuzalardan iborat bo‘ladi. Ushbu magnit disklarning diametrlari 
avvallari 50 sm bo‘lgan, hozirda ularning diametrlari 3 sm dan 12 sm gacha qilib 
ishlab chiqarilmoqda. Noutbuk va netbuklardagi disklarning diametrlari esa 3 sm 


71 
dan ham kamayib bormoqda. 2.17-rasmda magnitli disk 
yo‘lkasining 
konfiguratsiyasi keltirilgan. 
2.17-rasm. Disk yo‘lkasining bo‘lagi (rasmda ikkita sektor keltirilgan). 
Yo‘lka
(rus tilida – dorojka) deganda, disk to‘liq bir marotaba aylanishi 
natijasida, unga yozilgan bitlar ketma-ketligi tushuniladi. Har bir yo‘lka ma’lum bir 
uzunlikdagi 
sektorlarga 
bo‘lingan. Odatda har bir sektor 512 bayt (4096 bit) 
hajmdagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Yo‘lkada ma’lumotlardan avval, yozish-
o‘qish qurilmasini sinxronlash uchun mo‘ljallangan 
preambula
(preamble) 
joylashgan bo‘ladi. Ma’lumotlardan keyin esa, xatolarni to‘g‘irlash kodi ECC 
(Error-Correcting Code, rus tilida - kod ispravleniya oshibok) yozib qo‘yiladi. 
Bunday kodlar sifatida Xemming yoki Rid-Solomon kodlaridan foydalaniladi. 
Qo‘shni sektorlar orasida 
sektorlararo intervallar
joylashgan bo‘ladi. Ishlab 
chiqaruvilar disklarning hajmi sifatida formatlanmagan diskning o‘lchamini 
keltiradilar. Odatda formatlangan diskning o‘lchami, formatlanmagan diskning 
o‘lchamiga nisbatan 15 % ga kam bo‘ladi. Hozirgi disklarda 5000 dan 10 000 
tagacha yo‘lkalar bo‘lishi mumkin, ya’ni har bir yo‘lkaning kengligi 1 mikrondan 2 
mikrongacha bo‘lishi mumkin (1 mikron=1/1000 mm). Yo‘lkalarga yozilgan 


72 
ma’lumotlarning zichliklari, yo‘lkaning markazdan qancha uzoqda joylashganiga 
qarab 50 000 dan 100 000 bit/sm gacha bo‘lishi mumkin. 
Ko‘pgina vinchesterlar ustma-ust joylashgan bir nechta plastinkalardan iborat 
bo‘ladi. Plastinkalardagi markazdan bir xil uzoqlikda joylashgan yo‘lkalar – 
silindr
deb ataladi. Zamonaviy shaxsiy kompyuter modellarida 6 tadan 12 tagacha 
plastinkalardan iborat vinchesterlar o‘rnatilgan. Disklarning aylanish tezliklari 
minutiga 5400, 7200 yoki 10 800-taga etishi mumkin. Hozirgi disklarda bir 
yo‘lkada joylashgan ma’lumotlarni o‘qish tezligi 40 Mbayt/sek dan oshib ketdi. 
Hozirgi disklarda, avvalgi disklardan farqli ravishda silindrlar 
zonalarga
bo‘lingan. Bu narsa disklarning hajmini oshirish maqsadida amalga oshirilgan. 
Odatda ularning soni 10 tadan 20 tagacha bo‘lishi mumkin. Quyidagi 2.18-rasmda 
zonalari soni 5-taga teng bo‘lgan disk keltirilgan. 
Vinchesterni boshqarish – 
kontroller

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə