Nigmatov X


yordamida amalga oshiriladi. Kontroller  tarkibida ham alohida protsessor bo‘lib, ular  READ, WRITE



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

 
yordamida amalga oshiriladi. Kontroller 
tarkibida ham alohida protsessor bo‘lib, ular 
READ, WRITE
va 
FORMAT
kabi 
buyruqlarni bajaradi, yozish-o‘qish qurilmasini boshqaradi, xatolarni topish va 
to‘g‘irlash, asosiy xotiradan o‘qilayotgan baytlarni uzluksiz bitlarga aylantirish kabi 
vazifalarni bajaradi. 
2.18-rasm. Zonalar soni beshta bo‘lgan disk, har bir zona, bir nechta yo‘lkalardan 
iborat. 


73 
IDE-disklar
. IDE (Integrated Drive Electronics, rus tilida - ustroystvo so 
vstroennыm kontrollerom) – o‘rnatilgan kontrollerga ega qurilma, ya’ni disk 
yurituvchi (1985 yil). Ushbu vinchesterning maksimal xajmi 504 Mbayt. 
Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 4 Mbit/sek. 
EIDE (Extended IDE, rus tilida - usovershenstvovannыe ustroystva so 
vstroennыm kontrollerom) - o‘rnatilgan kontrollerga ega takomillashtirilgan IDE-
qurilma (1994 yil). Ushbu vinchesterning maksimal xajmi -128 Gbayt. 
Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 16 Mbit/sek, unda LBA (Logical Block Addressing, 
rus tilida - lineynaya adresatsiya blokov) – bloklarni chiziqli adreslash sxemasi 
qo‘llanilgan. Ushbu sxema 28-razryadli chiziqli adresga ega, bu esa 2
28 
x 2

= 128 
Gbayt hajmli xotira deganidir. 
ATA-3 (Advanced Technology Attachment, rus tilida - progressivnaya 
texnologiya soedineniya) – ulanishning ilg‘or texnologiyasi.
ATAPI-4 (ATA Packet Interface, rus tilida - paketnыy interfeys ATA) – ATA 
paketli interfeysi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 33 Mbit/sek. ATAPI-5 da 
ma’lumotlarni uzatish tezligi – 66 Mbit/sek. ATAPI-6 da ma’lumotlarni uzatish 
tezligi – 100 Mbit/sek. 
ATAPI-7 yoki SATA (Serial ATA ) - ma’lumotlarni uzatish tezligi – 150 
Mbit/sek (1,5 Gbit/sek). SATA interfeysida signallarni uzatish uchun 0,5V-li 
kuchlanish ishlatilgan. ATAPI-6 da esa bu ko‘rsatgich 5V ni tashkil qilgan. 
SCSI-disklar 
(
Small Computer System Interface
, rus tilida - interfeys malыx 
vыchislitelьnыx sistem) – kichik hisoblash tizimlarining interfeysiga ega disklar. 
Ushbu disklarning silindrlari, yo‘lkalari va sektorlarining joylashishi bilan IDE-
disklaridan farq qilmaydi, ammo ular boshqacha interfeysga ega va ularda 
ma’lumotlarni uzatish tezligi ancha yuqori. 2.1-jadvalda, SCSI-disklari 
versiyalarining ba’zi ko‘rsatgichlari keltirilgan. 


74 
2.1-jadval. SCSI-disklari versiyalarining ba’zi ko‘rsatgichlari. 
SCSI-disklari Sun, HP, SGI kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 
UNIX operatsion tizimida ishlovchi ishchi stansiyalarda, Macintosh firmasi 
kompyuterlarida va Intel firmasining tarmoq serverlarida ishlatilmoqda.
SCSI – bu nafaqat qattiq disk uchun mo‘ljallangan oddiy interfeys, balki u 
o‘ziga xos shina ham hisoblanadi. Unga SCSI-kontroller va ettitagacha qo‘shimcha 
qurilmalar ulanishi mumkin. Qo‘shimcha qurilmalar sifatida - kompakt-disklardan 
o‘qish-yozish qurilmasi, skanerlar, magnit lentali qurilmalar va boshqa shularga 
o‘xshash tashqi qurilmalar olinishi mumkin.
8-razryadli SCSI-kurilmasi kabeli 50-ta (25 juft) o‘tkazgichdan iboratdir. 
Ushbu o‘tkazgichlardan 8-tasi ma’lumotlar uchun, 1-tasi uzatilayotgan 
ma’lumotlarda juftlikni nazorat qilish uchun, 9-tasi ma’lumotlarni uzatishni 
boshqarish uchun va qolganlari esa kelajakda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə