Nigmatov X


XVI. SAKKIZ RAZRYADLI KOMPYUTER PROTSESSORINING



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

 
XVI. SAKKIZ RAZRYADLI KOMPYUTER PROTSESSORINING 
TUZILISHI. 
 
Kompyuter protsessorining, va umuman kompyuterning tuzilishi va qanday 
ishlashini o‘rganish jarayonida – 
protsessor, xotira va ma’lumotlarni kiritish-
chiqarish qurilmalari
degan tushunchalar muhim tushunchalar hisoblanadi. Birinchi 
bobning 1.1-rasmida keltirilgan chizmada markaziy protsessor, tezkor xotira, diskli 
xotira va printer, hamda ularni shinalar orqali qanday bog‘langanligi ko‘rsatilgan. 
Keltirilgan chizmada markaziy protsessor qanday qismlardan iborat ekanligi ham, 
alohida ko‘rsatib o‘tilgan, bular – 
boshqarish qurilmasi, arifmetik-mantiqiy qurilma 
va registrlar to‘plamlaridir
.
Kompyuter markaziy protsessorining vazifasi - asosiy, ya’ni tezkor xotirada 
yozilgan dasturlarni bajarish hisoblanadi. Markaziy protsessorning bu vazifani 
amalga oshirish jarayonini qisqacha qilib quyidagicha ifodalash mumkin: markaziy 
protsessor xotirada yozilgan buyruqlarni chaqirib oladi, buyruqlarni qanday 
buyruqlar ekanligini aniqlaydi va ularni ma’lum bir ketma-ketlikda bajarilishini 
ta’minlaydi.
Kompyuterni va uning protsessorini tashkil etuvchi qurilmalar - 
shinalar
orqali bog‘langan bo‘ladi. Shina deganda parallel o‘tkazgichlar to‘plamlaridan 
iborat bo‘lgan, adreslar, ma’lumotlar va boshqarish signallarini uzatib berilishini 
ta’minlaydigan «qurilmalar» tushuniladi. Ko‘pincha shina deganda parallel 
o‘tkazgichlar to‘plami tushuniladi, aslida esa shina turli xil ma’lumotlarni uzatish 
uchun mo‘ljallangan qurilma sifatida ishlab chiqilgandir. Uning tarkibida 


97 
ma’lumotlarni uzatish jarayonida kerak bo‘ladigan – registrlar, turli xildagi 
kombinator elementlar va mantiqiy sxemalar mavjud bo‘ladi.
3.1-rasmda kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning qanday xillari bo‘lishi 
mumkinligini ko‘rsatuvchi chizma keltirilgan. Unda protsessorning ichida 
joylashgan shinalar - 
ichki shinalar
, protsessordan tashqarida joylashgan, uni 
kompyuterning boshqa qurilmalari bilan bog‘lovchi - 
tashqi shinasi

xotira shinasi
va kompyuterga 
ma’lumotlarni kiritish-chiqarishni amalga oshiruvchi shinalar
keltirilgan.
3.1-rasm. Kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning xillari. 
Ichki shinalar protsessor tarkibiga kirgan - boshqarish qurilmasi, arifmetik-
mantiqiy qurilma va registrlar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatib berish uchun xizmat 
qiladi. Tashqi shina yordamida esa - protsessor, tezkor xotira va ma’lumotlarni 
kiritish-chiqarish qurilmalari bilan bog‘lanishni amalga oshiriladi. 
Avvalgi kompyuterlarda va hozir ham shina orqali ma’lumotlarni uzatish 
deganda, ko‘pincha ma’lumotlarni 
parallel
tarzda uzatish tushuniladi. Ammo 
keyingi ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda ma’lumotlarni 
ketma-ket
tarzda
uzatuvchi shinalardan ham foydalanilmoqda. Bunday shinalarga misol qilib 


98 
tarkibida ma’lumotlarni ham parallel, ham ketma-ket uzatib beruvchi PCI Express 
(5.10-rasmga qaralsin) va hozirda keng qo‘llanilayotgan ma’lumotlarni ketma-ket 
uzatuvchi USB shinalarini keltirish mumkin. 
3.2-rasmda protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira bilan 
kanday bog‘langanligi qo‘rsatilgan. Ushbu rasm asosida protsessor tarkibiga kirgan 
qurilmalarning bajaradigan vazifalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
3.2-rasm. Protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira bilan qanday 
bog‘langanligi. 
Boshqarish qurilmasi - buyruqlarni xotiradan chaqirish va ularni qanday 
buyruqlar ekanligini aniqlash vazifalarini bajaradi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma esa arifmetik - qo‘shish, ayrish, ko‘paytirish va 
mantiqiy - mantiqiy qo‘shish, mantiqiy ko‘paytirish, inkor kabi amallarni bajaradi.
Har qanday protsessor - Intel 8080 (K580), Intel 8088, Pentium 4, 
UltraSPARS III, 8051, …, Intel Core i7 lar ham o‘zining ichki holatini aks ettiruvchi 
muhim axborotlar to‘plamlariga ega bo‘ladi. Har bir protsessor tarkibida ushbu 
axborotlar to‘plamlarini saqlash va ishlash, hamda ma’lum bir vazifalarni bajarish 
uchun mo‘ljallangan registralar to‘plamlariga ega bo‘ladi. 
Protsessor ichida joylashgan registrlar to‘plamlari - uning 
ichki xotirasi
deb 
ataladi. Ichki xotira - dasturlarni bajarilishi davomida hosil bo‘ladigan oraliq 


99 
natijalarni va boshqarish buyruqlarini vaqtincha saqlash vazifalarini bajaradi. Bu 
xotira har biri ma’lum bir vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan, bir-nechta 
registrlar to‘plamlaridan iboratdir. Odatda ushbu registrlarning uzunliklari bir xil - 
8, 16 yoki 32 razryadga ega bo‘ladi. Registrlar protsessorning ichida joylashganligi 
sababli, ularga ma’lumotlarni yozish (o‘qish) juda tez amalga oshiriladi.
Protsessor tarkibidagi muhim registrlardan biri 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə