Nigmatov X


XV. KOMPYUTER PROTSESSORLARINING TUZILISHILARI VA



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

 
XV. KOMPYUTER PROTSESSORLARINING TUZILISHILARI VA 
QANDAY ISHLASHLARI
Kompyuter arxitekturasini o‘rganishda, kompyuter protsessorining 
tuzilishi va uni qanday ishlashini tushunish muhim ahamiyatga ega jihatlardan 


92 
biri hisoblanadi. Shuning uchun ushbu bobni kompyuter protsessorlarining 
tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini batafsilroq ko‘rib chiqishga 
bag‘ishladik. Ko‘rib chiqish uchun esa 
Intel protsessorlari oilasiga
mansub, so‘z 
uzunliklari 8, 16 va 32-razryadga teng bo‘lgan, quyidagi protsessorlarni tanlab oldik: 
1. 
Intel 8080 (K580VM80)
– 8-razryadli protsessor; 
2. 
Intel 8088
– 16-razryadli protsessor; 
3. 
Pentium 4
– 32 razryadli protsessor. 
Zamonaviy kompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday 
ishlashlarini o‘rganish anchagina murakkab jarayon ekanligi hisobga olgan holda, 
ushbu mavzuga oid asosiy tushunchalar va jihatlarni avval, 8-razryadli protsessor va 
u asosida qurilgan kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini batafsil 
qo‘rib chiqish bilan boshlaymiz. Tushuntirishlar jarayonida, yuqorida sanab 
o‘tilgan protsessorlarni o‘zaro taqqoslashlar asosida, ularning tuzilishlariga va 
ishlash tamoillariga qanday o‘zgartirishlar kiritib borilganligi, hamda bu 
o‘zgartirishlar natijasida nimalarga erishilganligi haqida ham ma’lumotlar 
keltirib boriladi.
Hozirda kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini, ya’ni 
kompyuter arxitekturasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan bir nechta o‘quv 
elektron stendlari ishlab chiqilgan, bunday stendlarga misol qilib - 
UMPK-80, 
8088 trasseri
va 
Pep8
kabi elektron stendlari keltirish mumkin. Bu o‘quv 
stendlari yordamida mos holda – 8, 16 va 32-razryadli protsessorlarning va ular 
asosida qurilgan kompyuterlarning tuzilishlari va qanday ishlashlarini o‘rganish 
imkoniyatlari mavjud. 
Ko‘pchilik o‘ylaganidek kompyuter arxitekturasi fanini o‘rganishni, 
hozirda ishlab chiqarilayotgan eng zamonaviy kompyuterlarning tuzilishlari va 
ularning qanday ishlashlarini o‘rganish bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Negaki 
ushbu kompyuterlar ham, ularning protsessorlari ham anchagina murakkab 
tuzilishlarga egadirlar. Shuning uchun zamonaviy kompyuter arxitekturasini 
o‘rganishda avval 8 va 16-razryadli kompyuterlarning qanday tuzilganligi va 
qanday ishlashini ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. 


93 
Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasini o‘rganishda, ushbu o‘quv 
qo‘llanmada nima uchun aynan Intel 8080, Intel 8088 va Pentium 4 protsessorlari 
asosida ishlab chiqilgan kompyuterlar 
tanlab olinganligini
3.1-jadvalda Intel 
protsessorlari oilasiga mansub protsessorlar va ularning ko‘rsatgichlari asosida ham 
izohlab o‘tamiz. 
Masalan: Intel Core i7 protsessorining ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lgan, unda 
ishlatilgan tranzistorlarning soni, 1 160 000 000-ta ekanligi, ushbu protsessorning 
qanchalik murakkab tuzilishga ega ekanligini anglatadi. Uning va hatto undan avval 
ishlab chiqarilgan 32-razryadli protsessorlarning ham qanchalik murakkab 
tuzilishlarga ega ekanliklarini 3.1-jadvalda keltirilgan, ularni tavsiflovchi izohlardan 
ham tushinib olish mumkin.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan protsessorlarga tegishli bo‘lgan – 
konveyer, 
giperoqimli, qo‘shimcha SSE buyruqlar, ko‘p yadroli va integratsiyalangan grafik 
protsessor
kabi iboralarining mohiyatini tushunish uchun, avval ularning dastlabki 
modellari bo‘lgan protsessorlar qanday tuzilgan va qanday qilib takomillashtirilib 
borilganligini qisqacha tushuntirishlar asosida bo‘lsa ham, tushunib olish to‘g‘ri 
bo‘ladi deb hisoblaymiz [1,24,30,31].
O‘quv qo‘llanmada dastlab o‘rganish uchun tanlab olingan birinchi protsessor 
- Intel 8080 protsessori ko‘p maqsadlar uchun mo‘ljallangan birinchi protsessor 
hisoblanadi, uning tarkibida bor yo‘g‘i 6000-ta tranzistor ishlatilgan. 
3.1-jadval. Intel protsessorlarining oilasi. 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə