Nigmatov X



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

PCI Express shinasi
. PCI Express texnologiyasining mohiyati, 
parallel 
shinalar 
o‘rniga, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishni amalga oshiruvchi ko‘p 
sonli turli xil qurilmalarni, yuqori tezlikka ega ma’lumotlarni 
ketma-ket tarzda 
uzatib beruvchi bog‘lanishlar
bilan almashtirshdan iboratdir. Bu ISA/EISA/PCI 
shinalarida 
amalga 
oshirilgan 
shinali 
topologiyadan

lokal 
kompyuter 
tarmoqlarining 
topologiyasiga, 
ya’ni 
kommutatsiyalanadigan 
Ethernet 
texnologiyasi topologiyasiga 
o‘tishni anglatadi. PCI Express, kompyuter tarkibiga 
kirgan qurilmalar – protsessor, asosiy xotira va ma’lumotlarni kiritish chiqarish 
qurilmalarini bog‘lovchi, 
universal kommutator 
rolini bajaradi. PCI Express ning 
kofiguratsiyasi 5.10-rasmda keltirilgan. 5.11-rasmda esa PCI Express ning 
protokollar steki va paketining formati keltirilgan. 
USB shinasi
. PCI va PCI Express shinalari yuqori tezliklarga ega tashqi 
qurilmalarni bog‘lash uchun ishlab chiqarilgan. Ma’lumotlarni uzatish tezliklanri 
nisbatan past bo‘lgan qurilmalar – sichkoncha, klaviatura va printer kabi qurilmalar 
uchun, PCI va PCI Express shinalaridan foydalanish unchalik to‘g‘ri bo‘lmay qoldi. 
1993 yili ettita kompaniyaning vakillari (Compaq, DEC, IBM, Intel, Micro-
Microsoft, NEC i Nothern Telecom), past tezliklarga ega qurilmalar uchun, to‘g‘ri 
keladigan optimal shinani ishlab chiqish maqsadida birga to‘plandilar. Keyinchalik 
ularga boshqa yana ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar ham qo‘shildilar. Natijada, 
shaxsiy kompyuterlarda hozir juda keng qo‘llanilayotgan 
USB 
(Universal Serial 
Bus
, rus tilida - universalьnaya posledovatelьnaya shina) – ma’lumotlarni ketma-ket 
uzatuvchi universal shina ishlab chiqildi.


90 
5.10-rasm. PCI Express tizimining standart joylashishi. 
5.11-rasm. PCI Express ning protokollar steki (
a
) va paketining formati (
b
). 
USB shinasi, asosiy shinaga ulanadigan 
ildiz konsentratordan
(rus tilida - 
kornevoy konsentrator ili kornevoy xab, root hub) iboratdir (5.6-rasmga qaralsin). 
Ushbu konsentrator ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari yoki boshqa 
qo‘shimcha konsentratorlarning kabellarini ulash uchun mo‘ljallangan ulanish 
nuqtalari (raz’yomlariga) ega. Foydalanuvchi yanglishib, kabelni noto‘g‘ri ulab 
qo‘ymasligi uchun, kabelning konsentratorga ulanadigan konnektori, uning 
qurilmalarga ulanadigan konnektoridan farq qiladi. 
USB shinasining kabeli – 
to‘rtta
o‘tkazgichdan iborat, ulardan ikkitasi 
ma’lumotlarni uzatish uchun, bittasi ulanadigan qurilmalarni kuchlanish bilan 
ta’minlash uchun (+5V), qolgan bittasi - esa erga ulanish uchun mo‘ljallangan. 


91 
Ushbu tizimda - 0 raqami, kuchlanishning o‘zgarishi bilan, 1 raqami esa 
kuchlanishdagi o‘zgarishning yo‘qligi bilan uzatiladi. Ketma-ket uzatilayotgan 
nollar – bir xil vaqt oraliklarida takrorlanayotgan impulslar oqimini hosil qiladi.
USB shinasida ma’lumotlarni uzatish – kompyuter tarmoqlaridagi kabi, 
kadrlarni almashinish
asosida amalga oshiriladi. 5.12-rasmda USB shinasining 
asosiy konsentratori har bir millisekund oralig‘ida, unga ulangan qurilmalarga uzatib 
turadigan kadrlari keltirilgan. 
5.12-rasm. USB shinasining asosiy konsentratori har bir millisekund oralig‘ida, 
unga ulangan qurilmalarga uzatib turadigan kadrlari. 
USB shinasining konsentratori har bir millisekund oralig‘ida (+ 0,05 ms), 
yangi kadrni uzatib, unga ulangan barcha qurilmalarni vaqt bo‘yicha 
sinxronlashni 
amalga oshirib turadi. Bu bilan USB shina, kurilmalarni qachon ulanishiga qarab, 
ularni ma’lumotlarni uzatish uchun tayyorlab ham qo‘yadi. USB shinasining USB 
1.0 versiyasi 1,5 Mbayt/sek, USB 1.1 versiyasi 12 Mbayt/sek va USB versiyasi esa 
480 Mbayt/sek tezlikka ega. 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə