Nigmatov X


XVII. O‘N OLTI RAZRYADLI KOMPYUTER PROTSESSORINING



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

XVII. O‘N OLTI RAZRYADLI KOMPYUTER PROTSESSORINING 
TUZILISHI 
O‘n olti razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi va qanday ishlashini, 
16-razryadli Intel 8088 protsessori misolida ko‘rib chiqamiz. Ushbu protsessorda 
ham Intel 8080 (K580BM80) protsessori kabi 
PC 
(Program Counter) – buyruqlar 
sanagichi 
registri yoki 
IP 
(Instruction Pointer)
– 
buyruqlar ko‘rsagichi
 
registri 
muhim registrlardan biri hisoblanadi (3.7-rasm)

Asosiy xotirada, dasturning buyruqlari yoziladigan qismi - 
kodlar yoziladigan 
segment 
deb ataladi. (rus tilida – kodovыy segment). Kodlar yoziladigan 
segmentning maksimal hajmi, 64 Kbaytga teng. Intel 8088 protsessori asosiy 
xotirasining maksimal hajmi 1 Mbaytga teng. Bu MS DOS operatsion tizimi uchun 


108 
mo‘ljallangan xotira edi. MS DOS operatsion tizimining emulyasiyasi hozirgi 
kompyuterlarda ham amalga oshirilishi mumkin. 2.5-rasmda 1 Mbaytli xotiraning 
tuzilishi keltirilgan edi. Ushbu xotiraga murojaat kilish 64 Kbaytli 
segmentlarga
 
murojaat kilish orqali amalga oshiriladi. Asosiy xotiraga, uni segmentlarga bo‘lgan 
holda murojaat qilish 16-razryadli 1 Mbayt va undan ko‘proq xajmli asosiy xotiraga 
ega bo‘lgan kompyuterlardan boshlangan 
Kodlar yoziladigan segmentning boshlang‘ich adresi 1 Mbaytli xotira 
chegarasida
CS

kodlar yoziladigan segment registri
yordamida ko‘rsatiladi (3.7-
rasm). Kodlar yoziladigan yangi segmentni faollashtirish uchun CS - registrining 
kiymatini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. 
3.8-rasmda Intel 8088 protsessori uchun assembler tilida yozilgan dasturning 
dastlabki matni va dasturni bajarilishi haqidagi axborotni ko‘rsatuvchi trasserning 
darchalari keltirilgan. Bu rasmda CS registri va uning qiymati 
v
) rasmning 
yuqoridagi chap darchasida keltirilgan. 
3.7-rasm. Intel 8088 protsessorining ichki registrlari. 


109 
Kodlar yoziladigan segment bilan bir qatorda, dasturni ishlashi davomida 
unga kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni o‘zida saqlash uchun mo‘ljallangan - 
ma’lumotlar segmenti
ham ishlatilishi mumkin (yoki ishlatilmasligi ham mumkin). 
Ma’lumotlar segmentining maksimal xajmi ham 64 Kbaytga teng bo‘lib, ushbu 
segmentning boshlang‘ich adresi 
DS -
ma’lumotlar segmenti
registri yordamida 
ko‘rsatiladi, ya’ni unga yozilgan bo‘ladi. DS - registriga yozilgan qiymatni o‘zgarish 
bilan xotiraning boshqa qismida joylashgan segmentga murojaat qilish mumkin 
bo‘ladi. 16-razryadli CS va DS registrlar yordamida 1 Mbaytli asosiy xotira 
chegarasida ma’lumotlarni yozish (yoki o‘qish) amalga oshiriladi. Intel 8088 
protsessorining registrlari ham 16 razryadga ega. 
3.8-rasm. 8088 trasserining darchalari. 
Protsessorning qolgan registrlarida ma’lumotlar yoki asosiy xotirada yozilgan 
ma’lumotlar o‘rnini ko‘rsatuvchi axborotlar saqlanadi. Assembler dasturlari 
yordamida ushbu registrlarga to‘g‘ridan–to‘g‘ri murojaat qilish mumkin. 
Protsessorlar tarkibida registrlar bilan birga, kompyuterni ishlashi uchun kerak 


110 
bo‘ladigan boshqa apparat vositalar - yordamchi sxemalar, arifmetik-mantiqiy 
qurilmalar va boshqa shu kabi qurilmalar mavjud. Dasturchi ushbu apparat 
vositalarga buyruqlar yordamida murojaat qila olishi mumkin. 
Intel 8088 protsessorining ishlashi, boshqa hisoblash vositalari kabi 
buyruqlarni ma’lum bir ketma-ketlikda bajarish
bilan amalga oshiriladi. Alohida 
olingan buyruqning bajarilishi esa 
bir-nechta bosqichlardan
 
iborat bo‘ladi. Bu 
bosqichlarning to‘liq ketma-ketligi 
protsessor sikli
deb ataladi. Protsessor sikli 
quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
1.Buyruqlar sanagichi registri – PC yordamida asosiy xotiraning kodlar 
yozilgan segmentidan bajarilishi kerak buyruq tanlab olinadi. 
2.PC ning qiymati – 1-ga, 2-ga yoki 3-ga orttiriladi. 
3.Tanlab olingan buyruq dekodlanadi, ya’ni qanday buyruq ekanligi 
aniqlanadi. 
4.Buyruqni bajarish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar xotiradan va (yoki) 
registrlardan tanlab olinadi. 
5.Buyruq bajariladi. 
6.Buyruqni bajarilishi natijalari xotiraga va (yoki) registrlarga yozib qo‘yiladi 
(saqlanadi). 
7.Keyingi buyruqni bajarish jarayoni boshlanadi, ya’ni keyingi siklga o‘tiladi 
– 1-inchi qadamga qaytish bilan.
Assembler tilida dasturlar yozuvchi dasturchi nuqtai nazaridan Intel 8088 
protsessorida 14-ta ichki registrlar ko‘zda tutilgan hisoblanadi (3.7-rasmga qaralsin). 
Ushbu registrlar ko‘p sonli buyruqlar tomonidan ishlatiladigan, o‘ta katta tezlikka 
ega xotira vazifasini bajaradi. Ularga yoziladigan (saqlanadigan) natijalarning 
qiymatlari juda katta tezlikda o‘zgarib turadi. 3.7-rasmda keltirilgan registrlar bilan 
3.8-rasmda keltirilgan trasser darchalarida o‘xshashlikni yaqqol ko‘rish mumkin. 
Protsessorning registrlari bir-nechta guruhlarga bo‘linadi (3.9-rasm): 
1. Umumiy tayinlanadigan registrlar guruhi. 
2. Ko‘rsatgich registrlar guruhi. 
3. Segmentlarni ko‘rsatuvchi registrlar. 


111 
4. Bayroqlar registri. 
5. Buyruq adresini ko‘rsatuvchi registr.
3.9-rasm. Intel 8088 protsessori ichki registrlarining guruhlari 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə