Nigmatov X


PC  (Program Counter) - buyruqlar sanagichi registridir, ushbu registr  IP



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

PC 
(Program Counter) -
buyruqlar sanagichi
registridir, ushbu registr 
IP 
(Instruction Pointer) -
buyruqlarni 
ko‘rsatuvchi 
registri ham deb ataladi

Bu registr tartib bo‘yicha bajarilishi kerak 
bo‘lgan buyruqlarning xotiradagi adresini ko‘rsatib turadi.
Muhim registrlardan yana biri, bu 
buyruqlar registri
(Instruction Register 

IR)
hisoblanadi. Unda tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq yozilgan 
bo‘ladi. Ko‘pgina kompyuterlarning protsessorlari, tarkibida turli xil vazifalarni 
bajarish uchun mo‘ljallangan turli xil registrlar to‘plamlariga ega bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni va umuman kompyuterlar arxitekturasiga 
oid bo‘lgan boshqa muhim tushunchalarni, Intel protsessorlari oilasiga mansub
dastlabki protsessorlardan biri bo‘lgan Intel 8080 protsessorining analogi 
hisoblangan - 
K580VM80 
protsessori misolida batafsil kurib chiqamiz [10]. Ushbu 
protsessor asosida qurilgan kompyuter ham, hozirgi kompyuterlar singari 
uchta 
shinaga
ega bo‘lgan:
1.Ma’lumotlar shinasi (MSh); 
2.Adres shinasi (ASh); 
3.Boshqarish shinasi (BSh). 
K580BM80 protsessorining so‘z uzunligi 8 razryadga, murojaat qila olishi 
mumkin bo‘lgan tezkor xotira qurilmasining h÷ajmi 64 Kbaytga va taktli 
chastotasining qiymati esa 2 MGs-ga tengdir. Ushbu protsessorning chizmalarda 
ifodalanishi 3.3-rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega bo‘lib, uning chiqish 
oyoqchalarining soni 40-taga tengdir. Protsessorning 3÷10 raqamli chiqish 
oyoqchalari - ma’lumotlar shinasiga, 1; 25÷40 raqamli oyoqchalari - adres shinasiga 
va 12÷19; 21÷24 raqamli oyoqchalari esa - boshqarish shinasiga tegishlidir. 


100 
3.3-rasm. K580VM80 protsessorining chizmalardagi ko‘rinishi. 
K580VM80 
protsessorining 
ichki 
tuzilishi 
3.4-rasmda 
keltirilgan. 
Protsessorni tashkil etuvchi qismlarini tartib bilan batafsil ko‘rib chiqamiz. 
Tushuntirishlarni Intel protsessorlari oilasiga mansub, so‘z uzunliklari mos holda 16 
va 32 razryadga teng bo‘lgan Intel 8088 va Pentium 4 protsessorlarining 
tuzilishlarini hisobga olgan holda, hamda ularning barchasini o‘zaro taqqoslashlar 
asosida amalga oshiramiz. 
K580VM80 protsessori ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan 8-
razryadli ichki ma’lumotlar shinasiga ega. Protsessorda, tashqi shina bilan ma’lumot 
almashinish, oraliq registrlar (
Buffer Register

BR
) yordamida amalga oshiriladi. 
Ma’lumotlarni va adreslarni vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan, hamda ularni 
ikki tomonga uzatib bera oladigan oraliq registrlarining chiqishlari uchta holatdan 
birida bo‘lishi mumkin. Bular kuchlanishning yuqori (1) va pastki (0) sathlari, 
hamda kirish qarshiligi yuqori bo‘lgan holat. Uchinchi holatda protsessorni tashqi 
shinadan uzib quyish mumkin bo‘ladi.


101 
Bunda tashqi qurilmalarni tezkor xotira bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish 
(
Direct Memory Access

DMA
) amalga oshiriladi. Protsessorning 16-razryadli adres 
shinasi yordamida 64 Kbayt hajmga ega bo‘lgan tezkor xotirani bevosita adreslash 
amalga oshiriladi. Quyida keltirilgan UMPK-80 stendining vositalarini ko‘rsatuvchi 
3.5-rasmda ham, yuqorida aytib o‘tilgan shinalarni ko‘rish mumkin. 
3.4-rasm. K580VM80 protsessorining ichki tuzilish chizmasi. 
Protsessorning ichki xotirasi sakkizta 8-razryadli - W2, W3, B, C, D, E, H, L 
va uchta 16-razryadli – 
buyruqlar sanagichi

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə