Nigmatov X


(PC),  stekni ko‘rsatuvchi (SP)



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

(PC), 
stekni ko‘rsatuvchi
(SP) 
va 
boshqariluvchi adres registrlaridan
 
tashkil topgan
.
B, C, D, E, H, L registrlari 
umumiy tayinlanadigan registrlar to‘plami deyiladi. Ulardan, bajarilayotgan 
buyruqning xiliga qarab mustaqil 8-razryadli registrlar yoki 16-razryadli juft 
registrlar BC, DE, HL sifatida foydalaniladi. W2, W3 registrlari esa oraliq registrlar 
hisoblanadi. Ularga dastur orqali murojaat qilish mumkin emas. W2, W3 


102 
registrlardan protsessor ichida bajarilayotgan buyruklar bilan ishlash davomida 
foydalaniladi. 
3.5-rasm. UMPK-80 elektron stendi vositalari. 
Buyruqlar sanagichi - PC registrida bajarilish navbati kelgan buyruqning 
xotiradagi adresi
yozilgan bo‘ladi. Bu registrning qiymati buyruqlarning har bir sikli 
bajarilganda avtomatik ravishda o‘zgartiriladi. K580VM80 protsessorining 
buyruqlari - 
bir, ikki yoki uch bayt
uzunlikka
ega bo‘lishi mumkin. 
Kompyuterda dasturning ishlashi davomida qanday buyr uq bajarilishiga 
qarab, uning uzunligiga mos holda PC-ning qiymati, 1-ga, 2-ga yoki 3-ga 
orttiriladi. 3.6-rasmda UMPK-80 elektron stendiga o‘rnatilgan K580BM80 
protsessorining ichki registrlari keltirilgan. 
Ctekni ko‘rsatuvchi 
(Stack Pointer
 - SP
)
registr asosiy xotiraning stek 
sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan qismining boshlang‘ich adresini 
ko‘rsatib turadi (3.6-rasm). Kompyuterda ishlayotgan dasturda 
uzilish
sodir 
bo‘lsa, protsessor ichki registrlarining holatlarini vaqtincha saqlab turish 
uchun stekdan foydalaniladi. Uzilish deganda - kompyuterda bajarilayotgan 
bir dasturni, boshqa bir dasturni bajarilishini ta’minlash maqsadida, vaqtincha 


103 
to‘xtatib turish tushuniladi. Bunda avval bajarilayotgan dasturga tegishli 
bo‘lgan, protsessorning ichki registrlarida yozilgan ma’lumotlarni vaqtincha 
stekka yozib turish amalga oshiriladi. 
3.6-rasm. UMPK-80 elektron stendiga o‘rnatilgan K580VM80 protsessorining 
ichki registrlari. 
Protsessor tarkibiga kiruvchi - boshqariluvchi adres registriga ham, W2, 
W3 registrlariga o‘xshab dastur yordamida murojaat qilish mumkin emas. Ushbu 
registrdan ham protsessor ichida, buyruqlarni bajarish paytida foydalaniladi. 
K580BM80 protsessorida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarilishi 
uchun kerak bo‘ladigan sonlar - 
operandalar

akkumulyatorda va W1 
registrida
 
saqlab turiladi. Ko‘shish, ayrish, mantiqiy qo‘shish, mantiqiy ko‘paytirish 
va shularga o‘xshash boshqa bir amal bajarilganda, natija qaytib akkumulyatorga 
yoki protsessorning boshqa bir ichki registriga yozib qo‘yiladi.
 
So‘ngra esa, kerak 
bo‘lsa natijani asosiy xotiraga ko‘chirib yozish mumkin bo‘ladi. Akkumulyatordagi 


104 
sonni ikkilik ko‘rinishdan, ikkilik-o‘nlik ko‘rinishga o‘tkazish kerak bo‘lsa, o‘nlik 
korreksiyalash sxemasidan foydalaniladi. 
Har bir amalning bajarilishi natijasida, dastur buyruqlarini bajarilish ketma-
ketligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan turli xil belgilar shakllanadi. Bunday belgilar 
qatoriga - natijaning ishorasi, natijani nolga teng bo‘lib qolishi, xosil bo‘lgan 
natijadagi 1-lar sonini juft yoki toqligi va shularga o‘xshash boshqa belgilarni 
kiritish mumkin. K580BM80 protsessorida bu belgilar - 
belgilar registriga
yozib qo‘yiladi. Belgilar registri (rus tilida – registr priznakov) 3.6-rasmning 
yukori qismida tasvirlangan. Keyinchalik ishlab chiqilgan Intel protsessorlarida, 
jumladan Intel 8088 va Pentium 4 protsessorlarida ushbu registr - 
bayroqlar registri
deb atalgan. 
Buyruqlar registri 
(Instruction Register
 - IR
)
va buyruq deshifratori, buyruqni 
qabul qilish va deshifratsiyalash uchun ishlatiladi. Buyruq xotiradan o‘qilganida, 
uning buyruq kodidan iborat bo‘lgan birinchi bayti buyruqlar registriga kelib 
tushadi. Keyin esa bu kod deshifratorga uzatiladi. Deshifrator - boshqarish sxemasi 
va φ
1
, φ
2
sinxrosignallari bilan birgalikda, protsessorning ichki qismlariga tegishli 
boshqarish signallarini, hamda protsessordan tashqariga chiquvchi boshqarish 
signallarini shakllantiradi. Har qanday kompyuterda dastur buyruqlarini bajarilishini 
fizik jihatdan ta’minlash
, uning shinalari orqali uzatiladigan 
boshqarish signallari
yordamida amalga oshiriladi. 
Boshqarish sxemasida protsessorga kiruvchi 6-ta va undan chiquvchi 6-ta 
boshqarish signallari mavjud. 
Protsessorga kiruvchi boshqarish signallari: 
-

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə