Nigmatov X



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

CD va DVD disklar: 
CD-ROM (Compact Disc-Read Only Memory, rus 
tilida - postoyannaya pamyatь na kompakt-diske) – kompakt diskda joylashgan 
doimiy xotira. 
CD-R (CD-Recordable, rus tilida - zapisыvaemыy kompakt-disk) – yozish 
mumkin bo‘lgan kompakt disk. 2.20-rasmda kompakt diska yozish sxemasi 
keltirilgan. 
CD-RW (CD-ReWritable, rus tilida - perezapisыvaemыy kompakt-disk) – 
ma’lumotlarni o‘chirib qayta yozish mumkin bo‘lgan disk. 
DVD (Digital Video Disk, rus tilida -ssifrovoy videodisk) – raqamli video 
disk, yoki Digital Versatile Disk (rus tilida -ssifrovoy mnogotselevoy disk) – raqamli 
ko‘p maqsadli disk. Ushbu disklarga yozishda qizil rangli lazer qo‘llaniladi va 
ularning quyidagi xillari mavjud: 
2.20-rasm. Kompakt diskka yozish sxemasi. 
1.Bir tomonli bir qavatli disklar – 4,7 Gbayt.
2.Bir tomonli ikki qavatli disklar – 8,5 Gbayt.
3.Ikki tomonli bir qavatli disklar – 9,4 Gbayt.
4.Ikki tomonli ikki qavatli disklar – 17 Gbayt.


78 
Blu-Ray – ma’lumotlarni yozish uchun ko‘k rangli lazer qo‘llaniladigan 
DVD-disk. Bu xildagi disklarning bitta tomoniga 25 Gbaytgacha xajmdagi 
ma’lumotlarni yozish mumkin, ikki tomonli diskning xajmi esa 50 Gbayt bo‘ladi. 
Ma’lumotlarni uzatish tezligi 4,5 Mbit/sek. 
XIII. MA’LUMOTLARNI KOMPYUTERGA KIRITISH-CHIKARISHNI 
TASHKIL KILISH 
Zamonaviy kompyuter yoki kompyuter tizimi uchta asosiy tashkil 
etuvchilardan iborat: - protsessor; xotira (asosiy va yordamchi xotira); 
ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari (klaviatura, monitor, printer, 
modemlar). 
Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi
deganda – ma’lumotlarni 
kiritish-chiqarish qurilmalarini 
(MKCHQ)
, kompyuterning boshqa qurilmalari bilan 
qanday 
bog‘langanligi 
va ular o‘zaro qanday ma’lumotlar 
almashinishi
tushuniladi. 
Kompyuterning asosiy platasida (rus tilida – materinskaya plata) – protsessorning 
mikrosxemasi, asosiy xotira modullari bo‘lgan DIMMlar uchun mo‘ljallangan 
ulanish nuqtalari (rus tilida – raz’yomы) va turli xil yordamchi mikrosxemalar bilan 
birga – 
shinalar
ham joylashgan bo‘ladi (5.1-rasm). 
Kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish jarayonlarini tushunib olish 
uchun quyidagi chizmalar bilan tanishib chiqamiz. 5.2-rasmda shaxsiy 
kompyuterning mantiqiy strukturasi keltirilgan.
Har bir ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmasi ikki qismdan tashkil topgan 
bo‘ladi: 
kontroller (nazorat qiluvchi) va MKCHQning
o‘zi. Har bir kontroller o‘ziga 
tegishli bo‘lgan MKCHQni boshqarishni va uning shinaga murojaat qilish jarayonini 
nazorat qilib turadi. Masalan, biron-bir dastur magnitli diskdan (vinchesterdan) 
ma’lumotlarni o‘qib olishi kerak bo‘lsa, u disk kontrollerini bu haqida ogoxlantiradi 
va diskka kerakli ma’lumotni qidirib topish buyrug‘ini yuboradi. Diskning 
ma’lumotlar yozilgan yo‘lkasi va sektori topilgandan so‘ng, disk kontrollerga 
ma’lumotlarni bitlar oqimi ko‘rinishida uzata boshlaydi. Kontrollerning vazifasi - 


79 
kelayotgan bitlar oqimini ma’lum bir uzunlikdagi (8, 16, 32 yoki 64 bitli) so‘zlarga 
aylantirib, xotiraga yozish hisoblanadi [1,2].
5.1-rasm.Shaxsiy kompyuterning asosiy platasi. 
5.2-rasm. Shaxsiy kompyuterning mantiqiy strukturasi. 


80 
Shinalar, na faqat MKCHQ kontrollerlari tomonidan, balki protsessor 
tomonidan, buyruqlar va ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladi. Kompyuter shinasi 
orqali – 
ma’lumotlar, adreslar va boshqarish signallari uzatiladi
, ya’ni shina uch 
qismdan iborat bo‘ladi: 
1.Ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qismi (8, 16, 32, 64 va 128 bitli). 
2.Asosiy xotira adresini uzatish uchun mo‘ljallangan qismi, 16 razryadli – 64 
Kbayt, 20 razryadli – 1 Mbayt va 32 razryadli – 4 Gbayt hajmga ega xotirani 
adreslash uchun. 
3.Ma’lumot almashinish jarayonini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallar 
to‘plami qismi.
Shinalarning yuqorida sanab o‘tilgan qismlarini 5.3-rasmda keltirilgan 
chizmada ham ko‘rishimiz mumkin. 
5.3-rasm. 8051 protsessorining mikrosxemasi va undagi ulanish nuqtalarining 
belgilanishi (ulanish nuqtalarining soni 40-ta). 


81 
Uchinchi bobdagi 3.16-rasmda keltirilgan, Pentium 4 protsessorining 
mikrosxemasi va undagi ulanish nuqtalarining belgilanishi chizmasida ham 
shinalarni ko‘rsatib utish mumkin. 
Hozirgacha shinalarning quyidagi xillari ishlab chiqarilgan: 
ISA
 (Industry Standard Architecture
, rus tilida - standartnaya promыshlennaya 
arxitekarxitektura) – ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan standart arxitektura. 
EISA
(Extended ISA
, rus tilida - rasshirennaya standartnaya promыshlennaya 
arxitektura) – ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kengaytirilgan imkoniyatlarga ega 
standart arxitektura. 
PCI 
(Peripheral Component Interconnect
, rus tilida - vzaimodeystvie 
periferiynыx kompokomponentov) – tashqi tashkil etuvchi qurilmalarni o‘zaro 
birgalikda ishlashini ta’minlovchi shina. PCI shinasining ko‘pgina turli xil 
konfiguratsiyalari mavjud. PCI shinasining keng tarqalgan va ko‘p qo‘llanilgan xili 
5.4-rasmda keltirilgan. 
Ushbu konfiguratsiyada markaziy protsessor, asosiy xotiraning kontrolleri 
bilan, alohida ajratilgan yuqori tezlikka ega shina orqali bog‘langan, ya’ni bu holatda 
protsessor va xotira o‘rtasida ma’lumot almashinish PCI-shina orqali emas, balki 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
(rus tilida – neposredstvenno) amalga oshirilgan. Yuqori tezlikka 
ega bo‘lgan tashqi qurilmalar, masalan SCSI-disklar PCI-shinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ulangan. PCI-shina nisbatan sekin ishlaydigan va avval ishlab chiqarilgan 
qurilmalarni ulashda qo‘llaniladigan ISA-shinasi bilan parallel ulangan. Bunday 
kompyuterlar platalarining PCI va ISA-shinalarida 3-ta yoki 4-tagacha bo‘sh 
qoldirilgan ulanish joylari ham bo‘lgan. PCI-shinalarining ma’lumotlarni uzatish 
tezligi, xozirda - 528 Mbayt/sek ga etkazilgan.
5.5-rasmda Pentium protsessorlari asosida qurilgan dastlabki kompyuterning 
arxitekturasi keltirilgan. Chizmada tezligi nisbatan kattaroq bo‘lgan shinalar, 
qalinroq qilib tasvirlangan.
Monitor ekrani sig‘dira oladigan nuqtalar – piksellar hajmining oshib borishi 
sababli (1600x1200 nuqta), shinalarning ma’lumotlar almashinish tezliklarini 
oshirish yo‘llari izlana boshlandi. Natijada aynan monitor bilan ishlash uchun 


82 
mo‘ljallangan - 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə