Nigmatov X



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

ADD
, ayrish – 
SUB
, ko‘chirib yozish –
MOV
, bir qiymatga orttirish – 
INC
va boshqa mashina 
buyruqlari kabi. Assembler tilida ham – konstantalarni, o‘zgaruvchilarni, xotira 
adreslarini ifodalovchi metkalarni tavsiflash uchun, simvollardan iborat nomlar 
qo‘llaniladi. Assembler tilida yozilgan dasturni assemblerlash yoki translyasiya 
(kompilyasiya) qilish natijasida, real apparat muhitda - Pentium 4, Motorola, 
UltraSPARC yoki 8051 protsessorlaridan biri o‘rnatilgan kompyuterda bajarilishga 
tayyor 
ikkilik sonlarda ifodalangan
 
dastur hosil bo‘ladi. Ushbu xolatni UMPK-80M 
o‘quv mikroprotsessorli komplekti uchun yozilgan, 4.1-rasmda keltirilgan dastur 
yordamida tushuntirish mumkin. Bu dastur tezkor xotira qurilmasining 
0B00 
adresi 
bo‘yicha yozilgan sonni o‘qiydi, uning inkorini aniqlaydi, hamda natijani 
0B01
adresi bo‘yicha tezkor xotira qurilmasiga qaytib yozib qo‘yadi.
Dasturlarni yozishda barcha sonlar o‘n oltilik sanoq sistemasida ifodalanadi. 
Dasturdagi buyruqlar - 
bir, ikki yoki uch baytli
bo‘lib, mos holda hotiraning bitta, 
ikkita yoki uchta yacheykasini egallashlari mumkin. Buni 4.1-rasmdagi dasturni 
assemblerlagandan keyingi holatini ko‘rsatuvchi 4.2 va 4.3- rasmlar asosida 
tushunib olish mumkin. 
Buyruqlarning formatlari qanday ekanligini tushinib olish uchun, dasturni 
4.4-rasmdagi bitta qatorda, bitta buyruq keltirilgan ko‘rinishda yozib olamiz. Bunda 
har bir buyruqning boshlang‘ich adresi ko‘rsatiladi va buyruqning uzunligiga qarab 
(
1, 2
yoki 
3
 
baytli buyruq), u xotiraning ketma-ket joylashgan 
1, 2
 
yoki
 
3
-
ta 
yacheykasini egallaydi. 


61 
4.1-rasm. Xotirada yozilgan sonni inkorlash dasturi. 
4.2-rasm. Assemblerlangan dastur. 


62 
4.3-rasm. Dasturni xotira adreslari bo‘yicha joylashishi. 
4.4-rasm. Dasturni bitta qatorda, bitta buyruq keltirilgan 
ko‘rinishda yozilgan holati. 
Assembler tilida ishlash oson emas. Biron bir dasturni assembler tilida 
yozish, o‘sha dasturni C, C+ va Java kabi dasturlash tillarida yozishga nisbatan ko‘p 


63 
vaqt talab qiladi. Assemlerda dasturni to‘g‘ri ishlaydigan holatga keltirish ham (rus 
tilida – otladka programmы) juda ko‘p vaqt talab qiladi. Shunday ekan assemblerda 
dasturlash nima uchun kerak - degan savol paydo bo‘ladi. Bunga asos qilib quyidagi 
ikki sababni ko‘rsatish mumkin: assembler tilida tuzilgan dasturlar unumdorligining 
yuqori bo‘lishi (rus tilida - vыsokaya proizvoditelьnostь programm) va ularda 
kompyuterning apparat vositalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qila olish 
imkonining borligi. Yuqori malakaga ega bo‘lgan dasturchi, assembler tilida, yuqori 
sath tilida tuzilgan dasturga nisbatan, ancha kam xotira egallaydigan va anchagina 
tez ishlaydigan dasturlarni tuzishi mumkin. Ko‘p xollarda, yozilgan dasturning 
kamroq xotirani egallashi va tez bajarila olishi mumkinligi juda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Hozirda ko‘pgina o‘rnatiladigan amaliy dasturlar, masalan – smart-
kartalardagi va uyali telefonlardagi dasturlar, har-xil qurilmalarning drayverlari va 
BIOSning muolajalari (rus tilida – protsedurы) ana shunday dasturlar sirasiga kiradi.
Assembler tilini o‘rganish bilan biz, kompyuterning qanday ishlashini va 
uning ichki tuzilishi, ya’ni 
arxitekturasi qanday ekanligini mukammal o‘rganish 
imkoniyatiga
ega bo‘lamiz.

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə