Nigmatov X



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

0000 
0000
dan 
FFFF FFFF
gacha o‘zgarishi mumkin. Xotiraning umumiy xajmi 4 
Gbayt (FFFF FFFF – 32 bit, 2
32
= 4294967296 bayt). So‘z uzunligi 32-razryadli 
xotiralarda baytlar o‘ngdan chapga yoki chapdan o‘ngga qarab joylashtirilishi 
mumkin.


52 
2.2-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari teskari tartibda
joylashtirilgan 4 Gbaytli asosiy xotira. 
2.2-rasmda keltirilgan xotirada Pentium protsessorli kompyuterlardagi kabi, 
baytlar o‘ngdan chapga qarab joylashtirilgan. Bu 
baytlarni teskari tartibda 
joylashtirish
deb ataladi (rus tilida – obratnыy poryadok sledovaniya baytov). 
2.3-rasmda esa baytlar to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan xotira chizmasi 
keltirilgan. Bu xildagi xotira 
baytlar to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan
xotira deb 
ataladi (rus tilida – pryamoy poryadok sledovaniya baytov) va u SPARS oilasiga 
mansub protsessorlarga ega bo‘lgan serverlarda ishlatiladi.


53 
2.3-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari to‘g‘ri tartibda
joylashtirilgan 4 Gbaytli asosiy xotira. 
Buyruqlarni xotiradan o‘qish misolida, xotiraga murojaat qilish qanday 
amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz. 2.4-rasmda asosiy xotiraga murojaat qilish 
jarayoni ko‘rsatilgan. 
Protsessorning 
IP 
(Instruction Pointer)
yoki 
PC 
(Program Counter)
deb 
nomlanuvchi registri, tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq adresini 
ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ushbu registr buyruqlar sanagichi yoki buyruqlar 
ko‘rsatgichi deb nomlanadi. PC registrida yozilgan adres, ya’ni navbatdagi 
bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqning adresi, protsessorning adres shinasi yordamida 
asosiy xotira bilan bog‘lanuvchi porti - adres registri orqali xotiraning, xotira adresi 
registriga uzatiladi. Shundan so‘ng xotiraning ma’lumotlar registriga ushbu adres 
bo‘yicha yozilgan ma’lumot chiqariladi. Bu ma’lumot, ma’lumotlar shinasi orqali 
protsessorning registrlaridan biriga, masalan akkumulyatorga, ya’ni A registriga 
kelib tushadi.


54 
2.4-rasm. Asosiy xotiraga murojaat qilish jarayoni. 
Zamonaviy kompyuterlarda asosiy xotiraga murojaat kilishning ikki xil rejimi 
mavjud (2.5-rasm): 
1. Real rejim – 1 Mbayt gacha bo‘lgan asosiy xotira uchun, bu rejim kompyuter 
MS DOS operatsion tizimida ishlagan paytida qo‘llanilagan. Hozirda bu, MS DOS 
operatsion tizimini emulyasiya qilishda ishlatiladi. 
2.Himoyalangan rejim – xotira xajmi 1 Mbaytdan ko‘p bo‘lgan xolda, ya’ni bu 
kompyuterlar Windows operatsion tizimida ishlay boshlagandan buyon qo‘llanilgan 
rejim hisoblanadi. 


55 
2.5-rasm. Real va himoyalangan rejimlarda asosiy xotiraning tuzilishi. 
Real rejimda xotiraga murojaat qilish 
segmentlarga
murojaat qilish orqali
himoyalangan rejimda esa, 
sahifalarga
murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Bitta segmentning xajmi – 64 Kbayt, sahifaning xajmi esa – 4 Kbaytga ega bo‘ladi.

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə