Nigmatov X


IX. TEZKOR VA DOIMIY XOTIRA QURILMALARI



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

 
IX. TEZKOR VA DOIMIY XOTIRA QURILMALARI 
 
Tezkor va doimiy xotira qurilmalari. 
Ko‘rib chiqilgan xotiralarning barcha 
xillari bitta umumiy xususiyatga ega: ularda axborotni ham yozish, ham o‘qish 
ikoniyatlarini mavjud. Bunday xotira 
tezkor xotira qurilmasi (TXQ)
deb ataladi 


56 
(Random Access Memory – RAM
, rus tilida - operativnoe zapominayuщee 
ustroystvo - OZU
)
. Tezkor xotira qurilmasining ikki xili mavjud: 
1.
Statik TXQ 
(Static RAM - SRAM).
Bu xildagi xotira D-triggerlar asosida 
quriladi. Statik TXQsida axborot, unga manba ulangan vaqt davomida saqlanadi: bu 
vaqtning davomiyligi - sekundlarga, minutlarga, soatlarga va kunlarga ham teng 
bo‘lishi mumkin. Statik TXQ juda tez ishlaydi, unga murojaat qilish vaqti bir necha 
nanosekundlarga teng bo‘lishi mumkin. Shu sababli statik TXQ, ko‘pincha ikkinchi 
sath kesh-xotirasi sifatida ishlatilmoqda.


57 
2.14-rasm. 4-ta 3 razryadli so‘zni saqlay oladigan xotiraning 
mantiqiy blok-sxemasi. 


58 
2.15-rasm. Xotira mikrosxemalari. 
4 Mbit xajmli xotirani tashkil qilishning ikki xil yo‘li. 
2.
Dinamik TXQ 
(Dynamic RAM - DRAM).
Bu xildagi xotirani qurishda 
triggerlar 
ishlatilmaydi. 
Dinamik 
TXQ 
tranzistorlar 
va 
juda 
kichik 
kondensatorlardan qurilgan, yacheykalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Kondensatorlar 
zaryadlangan va zaryadlanmagan holatlarda bo‘lishi mumkin, bu hol 1 va 0 ni 
saqlash imkonini beradi. Kondensatorda zaryad yo‘qolishi mumkin bo‘lganligi 
sababli, bu xildagi xotirada ma’lumotlar yo‘qolib ketmasligi uchun har bir bit, vaqti-
vaqti bilan qayta zaryadlanib turishi kerak bo‘ladi. Dinamik TXQda bir bit axborotni 
saqlash uchun 1-ta tranzistor va 1-ta kondensator kerak bo‘ladi. Statik TXQda esa 
bir bit axborotni saqlash uchun kamida 6-ta tranzistor kerak bo‘ladi. Shuning uchun 
asosiy xotira deyarli har doim dinamik TXQ asosida quriladi. Dinamik TXQ, statik 
TXQga nisbatan ancha sekin ishlaydi. Dinamik TXQning bir necha xillari mavjud:

FPM (Fast Page Mode)
– tezkor sahifalar rejimiga ega dinamik xotira (rus 
tilida - bыstrыy postranichnыy rejim); 


59 

EDO (Extended Data Output)
– ulanish nuqtalarining imkoniyatlari 
kengaytirilgan dinamik xotira – (rus tilida – pamyatь s rasshirennыmi 
vozmojnostyami vыvoda); 

DRAM, SDRAM (Synchronous RAM)
– sinxron dinamik TXQlari (rus tilida 
- sinxronnoe dinamicheskoe OZU); 

DDR (Double Data Rate)
– ma’lumotlarni ikki karra tez uzata oluvchi (rus 
tilida - peredacha dannыx s dvoynoy skorostьyu).

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə