Nizomiy nomidagi tdpu



Yüklə 438,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix01.03.2022
ölçüsü438,1 Kb.
#84204
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Nizomiy nomidagi tdpu

Tushuntirish

  o‘quv  materiali  mazmunini  isbot,  tahlil,  umumlashma,  taqqoslash  asosida  bayon 

qilishdir.  Bu  metod  hikoyaga  nisbatan  birmuncha  keng  qo‘llaniladi.  Undan  odatda,  nazariy  materiallar 

hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir 

qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish 

samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi. 



Ma’ruza

  -  yirik  hajmdagi  o‘quv  materialini  og‘zaki  bayon  qilish  metodi  sanalib,  uning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, 

bilimlar  bayonining  tizimliligi.  Maktab  ma’ruzasi  mazmunini  murakab  tizimlar,  hodisalar,  obyektlar, 

jarayonlar,  ularning  sababli-oqibatli  bog‘lanishlari,  qonun  va  qoidalar  tashkil  etadi.  Shu  bois  ma’ruza 

maktab  sharoitida  yuqori  sinflardagina  qo‘llaniladi.  Chunki  u  butun  dars  jarayonini  qamrab  olishi 

mumkin.  Ma’ruza  metodi  tushuntirish  va  suhbatning  asta-sekin  kengayib  borishidan  vujudga  keladi  va 

bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi. 

Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. 

Tasvir

 (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida 

o‘rganiladi.  Illyustratsiya  narsa,  hodisalar  va  jarayonlarni  ularning  ramziy  ko‘rinishlari  -  chizma,  port, 

rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi. 




Yüklə 438,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə