Nizomiy nomidagi tdpu



Yüklə 438,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix01.03.2022
ölçüsü438,1 Kb.
#84204
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Nizomiy nomidagi tdpu

Namoyish

 (demonstratsiya) metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l 

keladi  va  ayni  chog‘da  predmetning  tashqi  ko‘rinishi  va  ichki  tuzilishi  haqida  to‘laqonli  ma’lumot 

berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, 

hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi 

yoki  alohida  xususiyatlarini  o‘rganishga  o‘tiladi.  Ko‘rsatish  ko‘p  holatlarda  o‘rganilayotgan 

obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. 

Amaliy  metod

  -  o‘zlashtirilgan  bilimlarni  amaliy  masalalar  echimini  topishga  yo‘naltirilgan 

jarayonda  qo‘llashni  taqozo  etadi.  Bunda  nazariy  bilimlarni  amaliyotda  qo‘llash  ko‘nikmasi  hosil 

qilinadi.  Amaliy  ishlar  sinfda  yoki  tabiiy  sharoitlar  -  maktab  er  maydoni,  issiqxona,  geografik 

maydonlarda  amalga  oshiriladi.  Ularni  amalga  oshirishda  sodir  etiladigan  harakatlar  o‘qituvchi 



tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga 

havola etadi. 



Mashq  -

  aqliy  yoki  amaliy  (jismoniy)  harakatlarni  bajarish  ko‘nikmalarini  egallash  yo‘lidagi  ko‘p 

marta  takrorlanishlar  bo‘lib,  mashqsiz  ko‘nikma  hamda  malakalarni  shakllantirish  mumkin  emas. 

Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy 

va boshqa turlarga bo‘linadi. 

Laboratoriya

 ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan 

foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda 

qo‘llaniladi.  Bu  metod  o‘quvchilarning  asbob-uskunalar  bilan  ish  ko‘rish,  o‘lchash  ishlarini  amalga 

oshirish  va ularning natijalariga ishlov berish kabi  ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon  beradi. 

Laboratoriya  ishlarini  bajarish  maxsus  qurilma  va  jihozlar,  shuningdek,  materiallar  hamda  vaqtni 

sarflash,  ularni  ishga  tayyor  holatga  keltirishni  talab  etadi.  Biroq  bu  harakatlar  o‘quvchilarning  yuqori 

darajadagi  faolligi  asosida  mustaqil  ravishda  tajriba  va  o‘lchash  ishlarini  tashkil  etish  bilan 

takomillashtirilib boriladi. 

Didaktik o‘yin

 o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining 

bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin 

ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi. 




Yüklə 438,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə