Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 50,65 Kb.
səhifə2/15
tarix15.06.2022
ölçüsü50,65 Kb.
#89566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mavzuning o‘rganganlik darajasi. Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak». [8]
Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki tor ma’noda emotsiyalar, hissiy kechinma-larning o’ziga xos xususiyatli shakllaridan bittasidir.[8]
Kurs ishining ob'ekti: shaxsning emotsiya va hissiy holatlari
Kurs ishining predmeti: shaxsni emotsiya va hissiyotning o‘rni
Kurs ishining maqsadi: emotsiya va hissiy jarayonlarni o‘rganish
Kurs ishining vazifasi:
-Emotsiya va hissiyot haqida umumiy tasavvurlarni nazariy tahlil qilish;
- Emotsiya haqida umumiy tushuncha;
-Emotsiya va hissiyot o‘rtasidagi tafovutlarni o‘rganish;
-Hissiyot va emotsional holatlarning fiziologik asoslarini empirik tatdiq etish;
-Hissiyotning nerv fiziologik asoslariga ta’sir qiluvchi psixologik omillar;
-Hissiyotning o‘ziga xos shaxsiyatlarini aniqlash;

Yüklə 50,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə