Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 50,65 Kb.
səhifə3/15
tarix15.06.2022
ölçüsü50,65 Kb.
#89566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Emotsiya va hissiyotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, emotsiya nazariyalarini ilmiy adabiyotlarda tahlil qilish, shaxsdagi emotsiya va hissiyotni o‘rganish, jahon psixologiyasida emotsional holatlarni nazariy tadbiq etish, maktab o‘quvchilarida emotsiya va hissiyotga doir metodikalarini qo‘llash va psixologik tahlil qilish.
Kurs ishining tuzilishi: Reja, kirish, ikki bob, to‘rt fasl, umumiy xulosa, adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

I bob. Emotsiya va hissiyotning adabiyotlardagi tahlili

    1. Emotsiya haqida umumiy tushuncha

Emotsiya-odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo’ladigan his-tuyg’ularni, ichki kechinmalarni ifodalanishidan iborat psixik jarayonni yuzaga kelishining aniq shaklidir, deb ta'riflanadi. [1]
Emotsiya - shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. [7].
Emotsiya (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar shakllarda namoyon boʻladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida emotsiya salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori boʻlganida emotsiyga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki taʼsir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. Emotsiya oʻrganish, hosil boʻlgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. Emotsiya bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegarasini kengaytiradi; xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qoʻshimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi. Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo boʻluvchi differension va turgun Emotsiyalar, odatda, hissiyot deb ataladi. Hissiyotlar o'zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,qiziqishlari va intilishlari bilan bog'liq bo'ladi. Odamlar hissiyotli. Har bir inson hayotdagi muayyan hodisalarga ma'lum bir tarzda munosabatda bo'ladi. Bu aqliy jarayon doimiy ravishda sodir bo'ladi va inson faoliyati bilan uzviy bog'liqdir: oddiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish, o'qish, mehnat, ijod bilan. Inson hech qanday his-tuyg'ularsiz ovqatlanishini tasavvur qilishning iloji yo'q, aksincha, u nafaqat ochligini qondirishga yordam beradigan, balki ma'lum ijobiy his-tuyg'ularni keltirib chiqaradigan taomni tanlaydi. Sevimli va sevilmagan odamlar bilan muloqot qilishda inson ko'p his-tuyg'ularni boshdan kechiradi. Ba'zi psixologlarning fikriga ko'ra, bu jarayon har bir shaxsning tug'ilgan paytdan boshlab faoliyatini belgilaydigan muhim rag'batlantiruvchi kuchdir. Boshqacha qilib aytganda, his-tuyg'ular inson xatti-harakatlarini ongli ravishda tartibga solishga kuchli ta'sir qiladi, bundan tashqari, ular nafaqat zaiflashtirishi, balki irodani kuchaytirishi mumkin. Insonning mehnat qobiliyati va umuman, uning ishlashga bo'lgan istagi ularga bog'liq. Shunday qilib, inson nima qilmasin, nima deb o'ylamasin, nima demasin - bularning barchasi hissiyotlar bilan bog'liq, chunki ular insonning ichki va tashqi olamning barcha hodisalari va holatlarini boshidan kechirganlarning in'ikosidir.
Kishi biror narsani idrok va tasaw ur qilganida, eslab qolganida va esga tushirganida, fikr qilganida va gapirganida ham da harakat qilganida biror yoqimli (xush) yoki yoqimsiz (noxush) holatni kechiradi, bu holat
huzur qilish yoki ranjishdan, maza qilish yoki qiynalishdan iborat bo'ladi.
Bu kechirmalarda odamning o ‘z tevarak-atrofidagi narsalarga (hodisalarga), odam larga va o'ziga nisbatan subyektiv munosabati ifodalanadi. Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.Insonlarning tafakkuri, fikrlashi, dunyoqarashini, idrok qilishini o‘rganish hamda bir birlaridan qaysi jihatlariga ko‘ra farqlanishi. Shaxsdagi idroklarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash.Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi.kechinma hissiyotimizning birinchi belgisi va elementidir.
Voqelikning ayrim hodisalari kishini quvontiradi, ayrim hodisalar xafa
qiladi, b a’zi hodisalarga kishi qoyil qoladi, ba’zi hodisalardan g‘azablanadi,
odam b a ’zi hodisalarni ko'rib jahli chiqadi, ba’zilaridan qo'rqadi. Xursandlik, xafalik, qoyil bo'lish, g'azablanish, qahr, qo'rquv va shu kabilarning hammasi emotsional kechinmalarning xilma-xil turlaridir, odam
ning voqelikka bo'lgan turli subyektiv munosabatidir, odam ning o'ziga
ta ’sir qilayotgan va uning o'zi ta ’sir qilayotgan narsalardan tug'iladigan
kechinmalardir. [6].
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.Insonlarning tafakkuri, fikrlashi, dunyoqarashini, idrok qilishini o‘rganish hamda bir birlaridan qaysi jihatlariga ko‘ra farqlanishi. Shaxsdagi idroklarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash.Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi.
Yoqimli kechinmalarda odamning voqelikdagi ayrim narsalarga, hodisalarga va o'ziga nisbatan ijobiy munosabati ifodalanadi, yoqimsiz kechinmalarda esa bunga odamning salbiy munosabati ifodalanadi. Shuning uchun
ham subyektiv kechinmalardan iborat bo'lgan hissiyotlar ijobiy va salbiy
hissiyotlar
deb ajratiladi. Lekin hissiyotlar yoqimli yoki yoqimsiz subyektiv kechinm alar bo'lish jihatidangina emas, shu bilan birga obyektiv, ijtimoiy ahamiyatlari jihatidan ham ijobiy va salbiy hissiyotlar deb farq qilinadi. Hissiyotlarga shaxsiy nuqtayi nazardan beriladigan baho bilan ijtimoiy nuqtayi nazardan beriladigan baho hamisha bir-biriga muvofiq
bo'lavermaydi. Sub’ektiv ravishda noxush, kishini ranjitadigan kechinmalar tariqasidagi ko'pgina hissiyotlar, ijtimoiy nuqtayi nazaridan qaraganda, ijobiy hissiyotlar hisoblanadi. Masalan, kishidagi uyalish vijdon
azobi yoqimsiz va hatto qattiq azob hissi bilan kechiriladi. Lekin ijtimoiy
nuqtayi nazardan qaraganda, bu hislar yuksak, ijobiy axloqiy hislardir.
G‘azab va qahr hissi har bir kishida salbiy, noxush kechinma holatida o'tadi. Ammo ijtimoiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu hissiyot nima sababdan tug'ilganligiga va nimaga yo'nalganligiga qarab ijobiy yoki salbiy hissiyot bo'lishi mumkin. Agar bu hissiyotlar axloq tamoyillarga to ‘g‘ri
kelmaydigan nojo‘ya ish qilib qo‘ygan kishiga nisbatan tug'ilgan bo'lsa,
bu hissiyot ijobiy axloqiy hissiyotdir. Am m o bu hissiyot biror shaxsiy
norozilik sababli, masalan, majlisda qilingan haqli tanqid sababli tug'dirgan
bo'lsa, bunday hissiyot o'zbek kishisiga nomunosib, past hissiyotdir.
Hissiyot biz idrok qilayotgan, tasavvur qilayotgan va fikr qilayotgan
hodisalar va tasawurlar, shuningdek, bizning harakatlarimiz va qiliqlarimiz ta ’siri bilan tug'iladi. Narsalar idrok, tasavvur va fikr qilinayotganligi uchungina bizda ayrim tuyg'ular tug'ilib qolmasdan, balki, asosan, bu
narsalar bizning ehtiyojlarimiz, manfaatlarimiz bilan m a’lum bir darajada
bog'langanligi uchun ham bizda turli tuyg'ular tug'diradi, biz idrok, tasavvur
va fikr qilayotgan narsalar bizning ehtiyojlarimizga va manfaatlarimizga
aloqasi bo'lmagan taqdirda bizda sezilarli hissiyotlar tug'ilmaydi. Bunday
narsalar ko'pincha e’tiborimizdan chetda qolaveradi.
Shunday qilib, hissiyotlarning manbalari, bir tomondan, bizning ongimizda aks etayotgan tevarak-atrofdagi voqelik bo'lsa, ikkinchi tom ondan, bizning ehtiyojlarirmzdir. Ko'p hollarda emotsional kechinmalarimizning mazmuniga bizning intilishlarimiz ham kiradi. Intilishlar esa hamisha ehtiyojni ifodalaydi. Lekin hissiyotlar ehtiyojlar sababli paydo bo'lishi tufayli, intilishlar bilan hissiyotlar bir-biriga «qo'shilib ketib» bitta tuyg'u, kechinma holida nam oyon bo'ladi. Bunday hollarda hissiyotlar, odatda, intilishlarni tug'diradi yoki mavjud intilishlarni kuchaytiradi, shuning uchun ehtiyojlarning o'zi ham faol kechinmalar bo'lib qoladi. Hissiyotlarning yo'nalishi, faolligi intilishlarda namoyon bo'ladi. Shunday emotsional holatlar ham bo'ladiki, bunda intilish juda sust bo'ladi yoki butunlay bo'lmaydi. Bu xil samarasiz, passiv hissiyotlarni, odatda, sentinientallik deb ataydilar. Sentimentallik — harakatsiz hissiyot bo'lib, odatda, faqat so'z bilan cheklanib, oh-vohlar qilish, ba’zan ko'z yoshi to'kishdan nariga bormaydi. Hissiyotlarning faollik darajasi kishidagi qo'zg'alish va kuchlanish holatida yoki tinchish va bo'shashish holatida, yoki kishidagi ham m a kuchlarg'ayratga kirgan holatda, yoxud bu kuchlar zaiflashgan va bo'shashgan holatda namoyon bo'ladi. Hissiyotlarning mana shu faollik darajasiga qarab, ular stenik va astenik hissiyotlarga bo'linadi.
Kishining hayotiy faoliyatini oshiradigan, g'ayratini orttiradigan hissiyotlar stenik hissiyotlar deb ataladi. Masalan, nihoyatda xursandlik, g'azablanish hislari stenik hissiyotlar qatoriga kiradi.
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.
Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi. Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi. Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida teva-rak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi. Inson munosabatlari uning miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga keltiradi. Hissiyot tushunchasi kundalik gurmushda va ilmiy manbalarda har xil maʼnolarda qoʻllanadi. Kun-dalik turmushda hissiyot tushunchasi oʻrniga sezgilar, anglan-magan mayllar, xohishlar, tilaklar, talablar, maqsadlar atamalaridan foydalaniladi. Ilmiy manbalarda esa, shaxsning ehtiyojini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi narsalarga, kishilarga nisbatan oʻz munosabatini miyasida aks ettirish maʼnosida qoʻllanadi. Hissiyot bilan emotsiya bir xil maʼnoda ishlatilish holatlari ham uchrab turadi. Kishi tana aʼzolarida ranglarning oʻzgarishi, lablarning titrashi, kulgi, yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish va boshqa emotsiya ifodasi hisoblanib, vatanparvarlik, javobgarlik, masʼuliyat. vijdon, sevgi kabi yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish gʻayritabiiy hodi-sa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar oʻzining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, taʼsirchanligi, yoʻnalganligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Shu bois ularning muhim farqi shundaki, birinchisi (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) xususiy ahamiyat kasb etadi. Shaxsning faoliyati, xulq-atvori, muo-malasi hamda jamiyat uchun ahamiyatli hisoblangan narsa va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Emotsiya faqat insonlarga emas, mavjudotlarga ham taalluqli ruhiy holatdir. Hissiyot ijtimoiy muhitdagi kishilar tomonidan oʻzlashtirilgan gʻoyalar, meʼyorlar, qonunqoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuygʻular, murakkab kechinmalarning vujudga kelishi jarayonidir. Hissiyotda yuk-sak histuygʻular ongli harakatlarni bajarishning mazmuni bilan uygʻunlashgan shaxs holatining murakkab tarkibida kechadi. Mas, mehnatdan lazzatlanish hislari, axloqiy, aqliy, nafosat tuygʻulari hissiyotning oʻzagi boʻlib hisoblanadi. Jonivorlar esa bunday imkoniyatlarga ega emas. Hissiyotning fiziologik asosi bosh miya katta yarim sharlari poʻstida va poʻstloq osti qismida yuzaga keladigan nerv jarayonlaridir.

Yüklə 50,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə