Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


II bob. Hissiyot va emotsional holatlarning fiziologik asoslarini empirik tadqiq etish



Yüklə 50,65 Kb.
səhifə5/15
tarix15.06.2022
ölçüsü50,65 Kb.
#89566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
II bob. Hissiyot va emotsional holatlarning fiziologik asoslarini empirik tadqiq etish
2.1. Hissiyotning nerv-fiziologik rivojlanishi tadqiq etishning ahamiyati
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. Hissiyotda shaxs psixikasining o’ziga xos jabhalari, inson faoliyatining ayrim jihatlari sifatida xarakatdagi, tevarak –atrofdagi voqelikni odam bosh miyasida turli-tuman shaklda ichdan aks ettiriladi. SHuning uchun hissiyot borliqda sodir bo’layotgan narsa va hodisalar yuzasidan shaxs uchun ahamiyatli, qadr-qiymatli alomatlari tuyg’usidan darak beruvchi signallar sistemasi tarzida talqin qilinadi.Yaqqol voqelikda sezgi a’zolariga ta’sir etuvchi har xil qo’zg’ovchilaridan ba’zi birlari alohidalanadi, o’zaro mos tushganlari esa birlashadi, favqulodda namoyon bo’la boshlagan his-tuyg’ular bilan ular aralishib ketadi. Buning natijasida muayyan qo’zg’ovchilar tirik mavjudodlar uchun xotirjamlik yoki bezovtalik signaliga aylanadi, hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasini shakllantiruvchi shartli reflekslar tizimini barqarorlashtiruvchi omil tariqasida aks etadi. Hissiyotning bunday tarzda signal funksiyasini bajarishi uning ‘’impressiv’’ jihati deb nomlanishda o’ziga xos jihati shundaki, hissyot tasavvur qilinayotgan obrazlarga, fikran rejalashtirilayotgan maqsadlarga mayl, faollik, intilish uyg’otadi, shaxsning xatti-harakatlari va faoliyatining muvaqqat yoki uzluksiz motiviga aylanadi. Ushbu fiziologik jarayonlarning mohiyatini tushuntirishda I.P.Pavlov mana bunday yondashadi: tirik mavjudotlarning tabiiy muhitga moslashuvida qatiylashadigan yoki zaiflashadigan dinamik stereotiplar tufayli, hissiy va emotsional kechinmalarning ijobiy yoki salbiy ko’rinishi vujudga keladi. I.P.Pavlovning talqinicha, dinamik stereotip bu-tashqi ta’ssurotlarning ma’lum tarkibda takrorlanishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar ta’siridagi nerv bog’lanishlarining barqaror tizimidir. Tirik mavjudot hayoti va faoliyatidaa qiyinchiliklarga, qarshiliklarga uchrasa, dinamik stereotip zaiflashuvi yuzaga keladi, buning oqibatida salbiy emotsional holatlar, kechinmalar paydo bo’ladi.
His-tuyg’ular va emotsional holatlar kechishining turli shakllari, ko’rinishlari nafaqat signal funksiyasini bajaradi, balki,ular shaxsning faoliyati, xulq-atvori ustidan boshqaruvchanlik funksiyasini bajaradi.
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekrestiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «YUragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi. Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli kuydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, qo‘yidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli bo‘zib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, o‘zoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
SHunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. CHunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq. Bunda nerv aloqalari seskantiruvchining o‘ziga nisbatan javob o‘rnida emas, balki, ularning vaqtinchalik, fazoviy va shu kabi munosabatlariga nisbatan ham hosil bo‘ladi. Natijada katta yarim sharlar po‘stlog‘ida integratsiyalash yoki murakkab sintez jarayoni sodir bo‘ladi. Ko‘p tomonlama seskantiruvchi ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv aloqalarining ikkinchi turi – bu turli analizatorlar chegarasidagi aloqalar, ularning yuzaga kelishini I.M. Sechenov assotsiatsiyalar (ko‘rish, kinestetik, sezish va h.k.) mavjudligi bilan tushuntirgan edi. Odamda bu assotsiatsiyalar so‘zning eshitiladigan obrazi bilan birgalikda kuzatiladi, bunda idrok yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, agar ko‘zlaringizni bog‘lab qo‘yib, qo‘lingizga aylanasimon jism tutqazilsa, oldindan uni iste’mol qilish mumkinligi uqtirilsa, bunda siz uning o‘ziga xos hidini sezishingiz, tatib ko‘rishingiz, va hech qiynalmasdan, nima haqida gap ketayotganini tushunib olishingiz mumkin. Bundan, analizatorlar o‘rtasidagi aloqalar hisobiga jismlar yoki hodisalarning idrok qilinishi uchun maxsus moslashtirilgan analizatorlari bo‘lmagan xossalarini idrokda aks ettirishimiz mumkinligi kelib chiqadi (masalan, jismning kattaligi, sof og‘irligi va boshqalar). SHunday qilib, idrok obrazini tuzishning murakkab jarayoni asosida seskantiruvchilarni yaqqol ko‘rish sharoitlari bilan jism xossalarining o‘zaro ta’sirini murakkab yaxlitlik sifatida hisobga olgan holda ta’minlaydigan ichki analizatorli va tashqi analizatorli aloqalar yotadi. [3]

Yüklə 50,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə