Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Kurs ishining metodologik asoslari



Yüklə 149,62 Kb.
səhifə3/14
tarix30.12.2022
ölçüsü149,62 Kb.
#98066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix f

Kurs ishining metodologik asoslari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora tadbirlari to’g’risida”gi [ ] 422-son qarori, Tarbiya fani Konsepsiyasi, Sharq va G’arb mutafakkirlarining tarbiya borasidagi qarashlari aks etgan asarlar, ilmiy-pedagogik adabiyotlar.
Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Tarbiya masalasi o’ta dolzarb bo’lganligidan barcha zamonlar donishmandlari yoshlar tarbiyasi haqida bosh qotirib kelishgan. Masalan, buyuk yunon olimi Aristotelning fikricha, yoshlar tarbiyasi Vatan taqdirini hal qiladi. Zardushtiylik uch asosiy axloqiy qoidaga tayanadi: “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal”[ ] Shu uchchalasiga rioya qilgan odam kamolotga yetgan hisoblangan. Imom Buxoriy bu xususda yanada yorqinroq so’z aytgan: “Bolaning tabiati rivojlanishga moyil bo’ladi, uni qanday g’oyalar bilan to’ldirish ota-ona va ustozga bog’liq”[ ] Forobiyning ta’lim-tarbiya yo’llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U “Insonda go’zal fazilatlar ikki yo’l- ta’lim va tarbiya yo’li bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo’lishi o’rganishdir”[ ] deya ta’kidlaydi. Alisher Navoiyning quyidagi fikrlari tub negizida tarbiya yotganligini anglab olish qiyin emas:”Kishilarning so’z bilan naf yetkazish qo’lidan kelmasa, loaqal ko’nglidagi andishasi yaxshi bo’lishi kerak. Ko’ngli odamlarning xursandligidan xursand bo’lishi lozim. Kimning xalq g’amidan g’ami bo’lmasa, haqiqiy odam bo’lsang, uni odam dema”[ ] Ta’lim-tarbiya haqida gap ketganda Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”[ ] degan chuqur ma’noli fikri yodimizga tushaveradi. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim bo’lgan bo’lsa, hozirgi vaqtda ham shunchalik dolzarb ahamiyatga ega.

Yüklə 149,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə