Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə9/13
tarix27.12.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#97930
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Usmonov Abduxamir HUQUQIY ONGLILIK VA HU

2.2. Fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish

Shubhasiz aytish mumkinki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz milliy huquq tizimida ko‘lami va mohiyati nuqtai-nazaridan islohotlarning yangi davri boshlandi. Yangi davrning muhim talabi sifatida inson huquq va erkinliklarini, uning qonuniy manfaatlarini amalda ta’minlashga nisbatan munosabatni tubdan o‘zgartirish – tizimdagi islohotlarning bosh g‘oyasiga aylandi.


Har tomonlama rivojlangan, erkin va farovon, qonun ustuvor bo‘lgan, zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish – O‘zbekistonning strategik maqsadi etib belgilandi. Bugungi kunda ushbu ulug‘vor maqsadga erishish uchun mamlakatimizning barcha sohalarida – keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning samarali amalga oshirilishi, o‘z navbatida, mamlakatimizning rivojlangan demokratik huquqiy davlatlar safidan o‘rin olishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Albatta, davlat va jamiyatning rivojlanganligini belgilaydigan bir qator muhim omillar bor. Biz qisqa qilib, buning uchta jihatini sanab o‘tamiz:
birinchidan,jamiyat a’zolarining huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonlik darajasi baland bo‘lishi lozim;
ikkinchidan,rivojlangan jamiyat a’zolarining, davlat fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy faolligi yuksak bo‘lishi kerak;
uchinchidan,davlat fuqarolarining jamiyatdagi islohotlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usi mavjud bo‘lishi shart.
To‘g‘risini aytish kerak, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik haqida gap ketganda ko‘pchiligimizda faqat qonunlarni bilish yoki ulardan xabardorlik darajasi tushuniladi. Aslida bu juda keng tushuncha bo‘lib, yuqorida sanab o‘tilgan davlat va jamiyatning rivojlanganligini belgilaydigan uchala omilni ham o‘z ichiga oladi.
Chunki, huquqiy madaniyati yuksak insonlar qonunlarga itoatkor bo‘ladi, hamisha unga bo‘ysinadi va qonunlarga nisbatan hurmat bilan qaraydi. Bunday insonlar qonunlarda belgilangan qoidalarga zid hatti-harakat qilmaydi, aksincha, boshqalarni ham qonunlarda belgilangan qoidalarga zid xatti-harakat qilmaslikka da’vat etadi.
Ijtimoiy-siyosiy faol fuqaro jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga ongli munosabatda bo‘lib, islohotlarga daxldorligini sezib, davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik mas’uliyatini his qilib yashaydi. Eng muhimi, u mamlakat taraqqiyotiga amaliy hissa qo‘shishga harakat qiladi, intiladi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, so‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.
Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta’minlanmagan.
Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish ishiga kompleks tarzda yondashilmagan va hokazo.
Mazkur tizimli muammolarni izchil hal etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida 2019 yil 9 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga ilova sifatida ikkita juda muhim hujjatlar tasdiqlandi. Bular, birinchisi: “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. O‘z navbatida, Konsepsiya to‘rt qismdan iborat bo‘lib,birinchi qism “Umumiy qoidalarni” o‘z ichiga olgan; ikkinchi qism “Konsepsiyaning asosiy maqsadi va vazifalari”ga bag‘ishlangan; uchinchi qism “Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlari” deb nomlangan bo‘lib, besh bobni o‘z ichiga olgan va nihoyat to‘rtinchi qism “Konsepsiyaning qabul qilinishidan kutilayotgan natijalar” bashoratiga bag‘ishlangan.
Yuqorida qayd etilganidek, “Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlari” deb nomlangan 3-qism besh bobdan iborat bo‘lib, birinchi bob “Shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish”ga; ikkinchi bob “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish”ga; uchinchi bob “Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish”ga; to‘rtinchi bob “Yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish”ga va nihoyat, beshinchi bob “Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish”ga bag‘ishlangan.
Ta’kidlash lozim, Konsepsiyaning har bir qismi, har bir bobi ilmiy-amaliy tadqiqot va tahlilllar, milliy va xorijiy tajribaga asoslangan bo‘lib o‘ta puxta ishlangan. Jumladan, “Shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish” deb nomlangan birinchi bob mazmun va mohiyatiga ko‘ra demokratik jamiyat va huquqiy davlat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi, o‘ta muhim beshta kichik yo‘nalishlarni qamrab olgan:
birinchi yo‘nalish,“Oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish”;
ikkinchi yo‘nalish, “Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolinikuchaytirish”;
uchinchi yo‘nalish,“Ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish”;
to‘rtinchi yo‘nalish,“Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish”;
beshinchi yo‘nalish,“Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish” uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarni belgilab bergan.
Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan ikkinchi muhim hujjat, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019 yilda samarali amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” bo‘lib, unga ko‘ra Konsepsiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash uchun xayotiy zarur bo‘lgan, o‘ta muhim 88 ta banddan iborat chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga itoatgo‘ylik va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi.
Bugungi kunda jamiyatning umumiy madaniyatini, jumladan huquqiy madaniyatini yuksaltirish – huquqiy davlatni barpo etish, shuning barobarida adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omili sifatida maydonga chiqmoqda. Shu sababli, mamlakatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda uning beqiyos o‘rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan keng tadqiq etish huquqshunoslik fanimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.
Fuqarolik jamiyati o‘zining yuksak ma’naviy rivojlanganligi va ilg‘or qadriyatlari, shu jumladan, huquqiy qadriyatlari tizimi bilan tavsiflanadi. Fuqarolik jamiyatining mazmunini turfa ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy, iqtisodiy va huquqiy qadriyatlar tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyatida huquq va boshqa huquqiy hodisalarning nufuzi, tartibga soluvchi qadr-qimmati, ayniqsa, ortib boradi. Fuqarolik jamiyati huquq vositasida o‘zi uchun o‘ta zarur va qadrli bo‘lgan ne’matlarni, ya’ni erkinlik, tenglik, adolat, demokratiya, tinchlik, tartib-intizom, qonuniylik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaydi.
Huquqsiz – demokratik qadriyat va tamoyillarni, tenglik, shaxs erkinligini va hokazolarni qaror toptirib bo‘lmaydi. Huquq va qonuniylikning qadr-qimmati aynan mana shundadir. Huquqning, huquqiy normalarning qadri shundaki, ular jamiyat a’zolari rioya etishi lozim bo‘lgan foydali xulq-atvorni shakllantiradi.
“Huquqiy qadriyatlar – ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solishga, jamiyatda qonun ustuvorligi va adolat tantana qilishiga, inson huquqlari va erkinliklari sobitqadamlik bilan ta’minlanishiga, yuksak huquqiy ong va madaniyat shakllanishiga xizmat qiladigan huquqiy hodisalardir”.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy qadriyatlar alohida o‘rin tutadi. Huquqiy qadriyatlar – bu fuqarolik jamiyati, davlat va insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan, jamiyat a’zolari tomonidan e’zozlanadigan huquqiy normalar, g‘oyalar, qarashlar, institutlar, tamoyillar va hodisalar majmuidir.
Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish o‘z navbatida har bir kishi o‘zini to‘la erkin his etishini taqozo etadi.
Erkinlik qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim omilidir. Bobomiz Amir Temurning “Qayerda qonun hukmronlik qilsa, o‘sha yerda erkinlik bo‘ladi”, degan o‘gitlari hozirgi kunda ham o‘ziga xos ma’no kasb etmoqda.
Jamiyat a’zolari huquqiy xulq-atvorga ega bo‘lishi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, ular huquqiy madaniyatini oshirishga ham yordam beradi. Yangi jamiyat kishilarining odob-axloqi, eng avvalo, jamiyatda kishining xulqi, yurish-turishi va hayot faoliyatining mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamiyat a’zosi o‘zining huquqiy madaniyatini shakl¬lantirishdan bevosita manfaatdor bo‘lishi va har doim ularning ijtimoiy xavfli harakati yoki harakatsizligi, xulq-atvori jamoatchilik nazoratida bo‘lishini ta’minlash, o‘z navbatida, qonunlarning ijrosini amalga oshirishning muhim garovi hisoblanadi.
Agar jamiyat a’zosi xatti-harakatiga, xulq-atvoriga, odob-axloqiga ijtimoiy baho berilmasa, huquqni qo‘llovchi idoralar tomonidan qonuniy munosabat bildirilmasa, bu holat jamiyat uchun yot illatlarning ildiz otishiga yoki tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shaxs xulq-atvoriga jamoatchilik ta’siri katta bo‘lib, ularning kamolotga erishuvida hamda ularda insoniy fazilatlar shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Shu sababli yangi jamiyat fuqarosini tarbiyalashda jamoatchilik nazorati institutidan ham samarali foydalanish fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Jamoatchilik nazoratining odob-axloqqa ta’siri negizida qonuniylik, adolat, haqiqat, erkinlik kabi tushunchalar mohiyati namoyon bo‘ladi. Shu sababli yangi jamiyat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilishi hamda uning normalariga rioya etishi ular xulq-atvorining yuksakligidan dalolat beradi. Shuningdek, ularning ijtimoiy faolligi, jamiyat va davlat tomonidan ijobiy baholanadigan xulq-atvorga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi.
Shu munosabat bilan, bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilash zarur.
Huquqiy madaniyat yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, degan yuksak tushunchalarga hamohang qadriyatdir. Huquqiy madaniyat dialektik juftlik bo‘lgan davlat va jamiyatning ajralmas elementidir.
Yuksak huquqiy madaniyat — erkinlik va qonunga bo‘ysunib yashash, demakdir. Hayotimizni huquqsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki huquqni amalga oshirish va uni himoya qilish uchun shaxs huquqiy madaniyatga ega bo‘lishi shart. Shu bois huquqiy madaniyat demokratik taraqqiyotga erishishning davlat-huquqiy vositasidir.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish — O‘zbekistonning strategik maqsadi qilib qo‘yilgan har tomonlama rivojlangan, erkin va farovon, qonun ustuvor bo‘lgan, zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu muhim masalani ongli ravishda anglab yetgan holda, tinimsiz mehnat, tashabbuskorlik va intilishlar evaziga qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarga mahliyo bo‘lib qolmaslik, sohta obro‘ olish uchun rahbarlar mehnatini quruq maqtash va olqishlash bilan chegaralanib qolmaslik, aksincha, astoydil harakat qilish, tashabbuskor-tadbirkor, elparvar rahbarga ko‘makdosh bo‘lish, o‘z zimmasiga yuklangan mas’uliyatni his etish, vazifani sidqidildan bajarish, yon atrofdagilarga shaxsiy o‘rnak bo‘lish har bir mas’ul inson, jumladan, mansabdor shaxslar faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi shart.
Har bir fuqaro inson huquqlarini hurmat qilishi, davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiq bo‘lishi lozim. Ijtimoiy hayotda hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi o‘zining fuqarolik va insoniy mas’¬uliyatini anglashi zarur. O‘zbek davlatchiligi rivojlanishining tarixiy tajribasi asosida milliy huquqiy qadriyatlarni e’zozlashi va uni har tomonlama targ‘ib etishi kerak. Demokratik qadriyatlarni hurmat qilishi va ijtimoiy adolatga sadoqatli bo‘lishi, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi, yurt tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash mas’uliyatini chuqur his etishi lozim.
Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Toki jamiyatning har qaysi a’zosi o‘z huquqi, o‘z burchi va mas’uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning islohot, yangilanish haqidagi barcha so‘zlarimiz, sa’y-harakatlarimiz besamar ketaveradi. Bugun odamlarning dunyoqarashi, ongi, tafakkurini o‘zgartirish mana shu masala bilan chambarchas bog‘liq”.


XULOSA
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyatining muhim tarmog’i bo’lgan sud-huquq tizimini demokratlashtirish, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasidagi islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Bu sa’y-harakatlardan ko’zlangan asosiy maqsad inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlari ustuvor bo’lgan adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishdir. Ana shunday ulug’vor vazifalarni ro’yobga chiqarish ko’p jihatdan xalqimizning huquqiy ongi va bilimiga bog’liq.
XXI asrda yoshlarning tez rivojlanib borishi, ular duch keladigan qaramaqarshiliklar, shaxs bo’lib shakllanishi, ularning yangi qadriyatlarni izlashga bo’lgan ehtiyoji ko’pgina sotsiologlarning diqqatini jalb etadi. Yoshlarning o’zo’zini yaxshi bilib olishi, fuqarolik pozitsiyasining kuchayi shi, mas’uliyati va ziyolilik darajasining o’sib borishi – tarbiyaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Yoshlar masalasi hamma jamiyatlarda dolzarb mazmun kasb etib kelgan. SHuning uchun bo’lsa kerak, barcha tarixiy davrlarda zamonaviy yoshlarni o’rganish va rivojlantirib borishmazkur jamiyatning oldidagi dolzarb masalalardan sanalgan. Xulosa o’rnida, bugungi globallashuv jarayonida O’zbekiston yoshlari o’z fikri,o’z dunyoqarashi, o’z bilim salohiyati, eng asosiysi, xalqaro miqyosida o’z so’zi va o’z o’rniga ega shaxslar bo’lib voyaga yetmoqda. Darhaqiqat, bugun bizning asosiy vazifamiz yaratilib berilayotgan ulkankoniyatlardan unumli foydalanish hamda vatan taraqqiyoti yo’lida xizmat qilish asosiy vazifalaridan biriga aylanishi kerak.
Bu oliy maqsadga erishishda xalqning huquqiy jihatdan bilimli bo’lishi, jamiyatning siyosiy faolligi, demokratik tamoyillarning kishilar ongiga teran singib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning qonunlarimiz odamlar ongida ana shu tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilishi darkor. Bu esa huquq-tartibot idoralari, shu soha o’quv yurtlari, huquqshunos olimlar oldida turgan dolzarb vazifadir.
SHubhasiz, o’tgan yillar davomida aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyatning siyosiy faolligini oshirish, huquq­shunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Eng asosiysi — aholining hu­quqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri etib belgilandi.­
Ayniqsa, Huquqiy tar­g’ibot va ma’rifat bo’yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo’yicha idoralararo kengash tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etdi. U davlat organlari, shuningdek, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi bosh­qarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining huquqiy targ’ibot va ma’rifat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi kollegial organ hisoblanadi.
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining qonuniylikni mustahkamlashga yo’naltirilgan huqu­qiy targ’ibot va ma’rifat sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, shuningdek, o’quvchi va talabalarning huquqiy bilim darajasini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish masalalari kengashning asosiy vazifalari etib belgilangan.Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda har yili maktab, o’rta maxsus hamda oliy o’quv yurtlarining o’quvchi, talaba-yoshlari o’rtasida fan olimpiadasi, «Siz qonunni bilasizmi?», «Yosh huquqshunoslar», «Huquq bilimdonlari», «Balli huquqshunoslar» va «Eng yaxshi huquq targ’ibotchisi» kabi ko’rik-tanlovlar o’tkazib kelinmoqda.
Bu kabi chora-tadbirlar, shubhasiz, o’z samarasini bermoqda. Aholining, ayniqsa, yoshlarimizning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlarda sezilarli ijobiy siljishlarga erishildi, mamlakatimizda yuridik ta’lim maktabini yaratish va shakllantirish sari dadil qadam tashlandi. SHu bilan birga, mavjud yuridik ta’lim muassasalarining faoliyati tubdan qayta ko’rib chiqildi va huquqning yangi sohalarini o’qitish yo’lga qo’yildi.Aytish lozimki, biz ulug’ bobolarimizning munosib davomchilari bo’ladigan yetuk insonlarni tarbiyalash masalasiga, afsuski, yetarlicha ahamiyat bermadik. Holbuki, intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo’q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan yetgani – bu ham haqiqat. 
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Huquqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Huquqiy tarbiya o’quvchilar o’rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o’ziga xos o’rin tutadi. Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi mavzusi asosida Respbulikamiz Prezidenti A.Karimovninng asarlarida huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalariga berilgan ta’riflar hamda bu borada davlatimiztomonidan olib borilayotgan islohatlar yoritib berildi. Bundan tashqari yoshlarda huquqiy madaniyat va ongni shakllantirishning tarixiy asoslari ajdodlarimiz merosida tutgan o’rni o’rganilib, misollar bilan bayon etildi. Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish fuqarolik tarbiyasini berishning ahamiyati bo’yicha, fuqarolik tarbiyasi va uning asoslari hamda huquqiy ta’lim o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiyhuquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayonini, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozimli haqida fikrlar bayon etilgan.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə