Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”


Ta’limda innovatsion jarayonlarning o’ziga xosligi



Yüklə 147,04 Kb.
səhifə6/7
tarix26.10.2023
ölçüsü147,04 Kb.
#131520
1   2   3   4   5   6   7
Ergashova Shahnoza

2.2. Ta’limda innovatsion jarayonlarning o’ziga xosligi
Ta’limdagi o’zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning “hayoti va faoliyati” uchun zarur bo’lgan shart sharoitlar masalalari tahlil qilingan. YAngilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik innovatik olimlardan biri E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka bo’lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etgan. Ahborot - yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XX1 asrga kelib, Ta’lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga e’tibor yanada kuchaytirildi.
Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma‟noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. “Innоvаtsiоn tа‟lim” dеgаndа оdаtdа o’quv jаrаyonigа yangi (fоydаli) elеmеntlаr оlib kirish tushunilаdi. SHuning uchun tа‟lim tizimidа innоvаtsiya o’zgаrtirish bilаn bеvоsitа bоg’liq. Bundаy o’zgаrtirishlаr tа‟lim tizimining:
• mаqsаdigа, mаzmunigа, mеtоd, tехnоlоgiyasigа, tаshkil etish shаkli vа bоshqаruv tizimigа;
• pеdаgоgik fаоliyatdаgi o’zigа хоslik vа o’quv-bilish jаrаyonini tаshkil etishgа;
• tа‟lim dаrаjаlаrini nаzоrаt qilish vа bаhоlаsh tizimigа;
• o’quv-mеtоdik tа‟minоtigа;
• tаrbiyaviy ishlаr tizimigа;
• o’quv rеjа vа o’quv dаsturlаrigа;
• o’quvchi vа o’qituvchi fаоliyatigа bоg’liq.
Tа’lim tizimidа innоvаtsiоn fаоliyatning sub’еkti o’qituvchi, uning shахsiy imkоniyati hisоblаnаdi. Bundа o’qituvchi shахsining ijtimоiy-mаdаniy, intеllеktuаl vа ахlоqiy imkоniyatlаri yuksаk аhаmiyatgа mоlik bo’lаdi. Innоvаtsiоn pеdаgоgik jаrаyonning muhim unsurlаri shахsning o’z-o’zini bоshqаrishi vа o’zini - o’zi sаfаrbаr qilа оlishi hisоblаnаdi. Uning eng muhim yo’nаlishlаridаn biri tаlаbаlаrning bilish fаоliyatini rivоjlаntirish. Bundаy yo’nаlish tаlаbаlаrning o’quv ishlаrini fаоllаshtirish, ulаrning kаsbiy iхtisоslаshishini аniqlаb оlish fаоlligini o’z ichigа оlаdi. Tаyanch yo’nаlishlаr – tа’lim, fаn vа ishlаb chiqаrishning intеgrаtsiyalаshuvi, ulаrning o’zаrо аlоqаlаridа yangi tаmоyillаrgа o’tish. SHundаy qilib, innоvаtsiоn fаоliyat оmillаri nаzаriyasi tаhlili uning eng muhim yo’nаlishi gumаnistik аksiоlоgiya ekаn dеgаn хulоsаgа оlib kеlаdi. Innоvаtsiоn fаоliyatgа аksiоlоgik yondаshuv insоnning o’zini yangilik yarаtish jаrаyonigа bахshidа qilishi, uning tоmоnidаn yarаtilgаn pеdаgоgik qаdriyatlаr jаmini аnglаtаdi.
Аksiоlоgiya insоngа оliy qаdriyat vа ijtimоiy tаrаqqiyotning birdаn-bir mаqsаdi sifаtidа qаrаydi. Bаrchа yangiliklаrgа o’tа ehtiyotkоrlik bilаn yondаshаdigаn, o’tmish bоyliklаrgа, tаjribаlаrgа e’tiqоd ruhidа tаrbiyalаngаn, stаbillikni yoqtirаdigаn kеksа аvlоdni, shuningdеk hеch qаndаy o’zgаrishlаrni хоhlаmаydigаn pеdаgоglаrni hаm tushunish mumkin. Bundаy hоlаtdа “innоvаtsiоn jаrаyonlаr оrqаsidаn quvish” bugungi hаyotimizning аjrаlmаs qismi ekаnligini hаm tushunish zаrur. Хоhlаymizmi yoki yo’qmi bizning tа‟lim muаssаsаlаri dеvоrining оrqаsidа bоzоr vа bоzоr munоsаbаtlаri jаrаyoni kеtаyapti. Bu jаrаyon to’g’ridаn-to’g’ri bizgа tеgishlidir, chunki tа‟lim muаssаsаlаri o’rtаsidаgi rаqоbаt, tа‟lim sifаti, ijtimоiy buyurtmаlаr kаbi yangi tushunchаlаr turmushimizgа kirib kеlаyapti. To’g’rirоg’i, bu jаrаyon biz yashаyotgаn muhit, hаyot tаrzi ekаnligini hаr dоim his etib turishimiz kеrаk. Bu jаrаyongа qаrshi turish bеfоydа vа хаvflidir.
Biz tаnlаsh imkоniyatigа egа emаsmiz vа ushbu tеzkоr jаrаyon (quvish jаrаyoni) dа ishtirоk etishgа mаjburmiz. Mаzkur jаrаyongа eng muhimi аql bilаn yondаshish, o’z tаshkilоtimiz mаnfааti yo’lidа ishtirоk etishdаn ibоrаt. Ko’pchilik mutахаssislаr fikrichа, o’zgаrishlаrgа mоyillik, bugungi kundа rivоjlаnishning hаl qiluvchi shаrti, u yoki bu tа‟lim muаssаsаsining rаqоbаt qоbiliyatini tа‟minlоvchi аsоsiy оmil dеb hisоblаnаdi.
Innovatsiyalarning asosiy ko’rinishlari quyidagilar sanaladi:
- yangi g’oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo’nalishini o’zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo’lmagan tashabbuslar;
- ilg’or ish uslublari.
Ta’lim innovatsiyalari – Ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion Ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion Ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo’llanilgan.
Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular:
1. Faoliyat yo’nalishiga ko’ra: pedagogik jarayonda yoki Ta’lim tizimini boshqarishda qo’llaniladigan innovatsiyalar.
2. Kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra: radikal, modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar.
3. O’zgarishlarning ko’lamiga ko’ra: tarmoq (lokal), modul va tizim innovatsiyalari.
4. Kelib chiqish manbaiga ko’ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o’zlashtirilgan innovatsiyalar.
Ta’lim tizimida yoki o’quv faoliyatida innovatsiyalarni qo’llashda sarflangan mablag’ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko’zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o’zgaruvchan mexanizmga ega bo’lishi zarur. Barcha sohalarda bo’lgani kabi Ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to’g’risida so’z yuritiladi.
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o’zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma‟lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o’zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi.
Ta’lim innovatsionlari quyidagi o’zgarishlarga olib keladi (I.P.Podlasыy):
- pedagogik tizimning tamomila o’zgarishi; - o’quv jarayonining o’zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o’zgarishi;
- tarbiyachifaoliyatining o’zgarishi;
- o’quvchi (o’quvchi) faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning o’zgarishi;
- Ta’lim mazmunining yangilanishi;
- o’qitish shakl, metod va vositalarining o’zgarishi;
- Ta’lim tizimi boshqaruvning o’zgarishi;
- Ta’lim maqsadi va natijalarning o’zgarishi.
Pedagogning innovatsion faoliyati. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an‟anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g’oyalarning mavjud g’oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni echishga qaratilgan faoliyat. 44 Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat.
Pedagogning innovatsion faoliyati:
- yangilikni qo’llashga tayyorgarligi;
- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
- novatorlik darajasi;
- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
- ijodkorligi bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma‟lum maqsadga yo’naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to’ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi.
V.Slasteninning fikriga ko’ra innovatsion yondashuv:
- ijodiy faollik;
- faoliyatga yangilik (o’zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik jihatdan tayyorgarlik;
- yangicha fikrlash;
- yuksak muomala madaniyatiga ega bo’lishni ifodalaydi.
Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi. Ular quyidagilardir:
1. Muammoni tahlil asosida aniqlash.
2. Mo’ljallanayotgan Ta’lim tizimini loyihalash.
3. O’zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.
4. O’zgarishlarni amalga oshirish.
Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat ko’nikma, malakalariga ega bo’lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofatsion faoliyat ko’nikma, malakalarini o’zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega bo’lishlari talab etiladi. O’z mohiyatiga ko’ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko’nikma, malakalarining o’zlashtirilishi ularda innovatsion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi.
Pedagoglarda innovatsion yondashuvning qaror topishi ham murakab jarayon bo’lib, u bir necha bosqichda kechadi. Ya’ni:
1-bosqich: tayyor metodik tavsiyanoma (mavjud innovatsiya)lardan foydalaniladi.
2-bosqich: mavjud tizimga yangi g’oyalarni, metodlarni kiritadi.
3-bosqich: yangi g’oyani amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlarini tizimlashtiradi.
4-bosqich: pedagog o’qitish va tarbiyalashga oid o’z konsepsiyasi yoki metodikasini yaratadi.
Ta’limni modernizatsiyalashtirish ta’lim jarayonida bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish bilangina hal bo’lib qolmaydi. O’quvchi shaxsni mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni xis his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlar bilan bog’liq funksiyalarni ta’limni shaxsga yo’naltirilgan tizimi - vositasida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchi ta’limi tizimiga moslashtirilmay, aksincha ta’lim tizimi turli shaxsga xos barcha xususiyatlarni (erkinlikka intiluvchanlik, mustaqil fikrlash va boshqalar)ni hisobga olgan holda, o’quvchiga uning o’ziga xosligi (individalligi)ni rivojlantirish imkonini berish va buning uchun sharoit yaratish lozim.
Ta’limda o’quvchi shaxsiga faoliyatli yondoshuv bu ta’lim tizimi konsepsiyasini tashkil etib, bunda shaxs “sub‟ekti” kategoriyasi erkinlikka intilish, o’z-o’zini rivojlantirish, yaxlitlik, mustaqil o’qish, o’zligini namoyon etish va faollashtirish xususiyatlari asosidaanglaniladi, o’quv jarayoni hamda uning tarkibiy qismlari - maqsad, mazmun, metod,shakl, usul, vositalar uquvchi uchun shaxsan ahamiyatga ega bo’lgach, uning shaxsiy tajribasi mahsuli sifatada tadbiq etiladi.Agar o’quvchi o’quv faoliyatini mohiyatini anglay olmasa, o’quv maqsadini tan olmaydi, tarbiyachiqo’ygan vazifani tushunmaydi va qabul qilmaydi, u tomonidan sodir etilgan barcha hatti-harakatlar majburiyat ostida bo’lib, uning bilimlari rasmiy harakterga, pedagogning faoliyati esa rasmiyatchilik mazmuniga ega bo’ladi. Bilim ularni amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan faoliyat natijasidagina shakllanadi.
O’quvchining ruhiy hususiyatlari o’rganish, o’zlashtirilayotgan bilimlarning o’quvchiga shaxsan qiziqarli va kerakli bo’lishi zarurligi, aks holda ular shubxasiz rad etilishini ko’rsatadi. Bu holat obrazli ifodalansa, individual tafakkurda bilimlar sub‟ektivlashadi, o’ziga xos individual tasavvur va shaxsiy fikrlar ob‟eetiv ahamiyat kasb etar ekan, bilimlar turli nuqtai nazarlarning to’qnashuvi, bahs-munozara, o’zaro hamkorlikdagi faoliyat natijasida o’zlashtiriladi, bu esa o’quv jarayonininoan‟anaviy usulda tashkil etishning muhim shakllari (bahs-munozara, o’zaro hamkorlik)ni talab etadi. Tarbiyachio’z mashg’ulotida shunday shart-sharoitlar yaratish lozimki, natijada o’quvchi uchun dastlab neytral bo’lgan ob‟ekt kutilmaganda sub‟ektiv xususiyat kasb etsin. Buning natijasida o’quvchi tarbiyachibilan hamkorlikda ishlaydi, izlanadi va tarbiyachio’quv maqsadlariga erisha boradi.
Pedagogikaning yangi tushunchalaridan biri pedagogik adabiyotda (ilmiy, jurnalistik, ta'lim) ko'pincha topilgan texnologiya kontseptsiyasidir. Turli mualliflar tomonidan ushbu kontseptsiyaga kiritilgan tarkibning heterojenligi, qonuniy foydalanish uchun zarur bo'lgan shakllanish darajasiga yetmaganligini ko'rsatadi.
Shu bilan birga, pedagogika fanining kelgusida rivojlanishi bu davrning paydo bo'lishi va pedagogikada tadqiqot yo'nalishi tasodif emasligini ko'rsatadi. Xususan, 2010 yilgacha bo'lgan davrda Ta'limni modernizatsiyalash kontseptsiyasida asosiy vazifa - uning asosiy, uning individual, jamiyat va davlatning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlariga rioya qilish asosida ta'limning zamonaviy sifatini ta'minlash.
"Umumiy va kasbiy ta'limning yangi sifatiga erishish uchun ta'lim va o'qitish usullari, ochiq ta'lim texnologiyalaridan faol foydalanish zarur; integratsiya va disiplinlerarası dasturlarni chuqurlashtirish, ularni yuqori texnologiyalar bilan bog'lash"."Texnologiya" tushunchasi bizga kompyuter texnologiyasini ishlab chiqish va yangi kompyuter texnologiyalarini joriy etish bilan birga keldi. Ilmiy-pedagogik texnologiyada maxsus yo'nalish paydo bo'ldi. Ushbu yo'nalish 20-asrning 60-yillarida AQSh, Angliya va asosan dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida tarqaldi.
Hozirgi vaqtda maqsadlar, maqsadlar, tuzilmalar, tezlashtirilgan ta'lim usullari, guruh treninglari, o'quv o'yinlari, masofadan turib o'qitish va boshqalardagi farqli pedagogik texnologiyalar mavjud. Ularning aksariyati nafaqat ta'lim jarayonida, balki boshqa sohalarda ham qo'llaniladi. Har bir o'qituvchi barcha talablarga javob beradigan ideal shaxsni yaratishi mumkin bo'lgan universal ta'lim texnologiyasini ishlab chiqqunga qadar hali ham juda uzoqda. Bugun biz faqat ta'lim jarayonlarini yanada samarali qiladigan ta'limning texnologik elementlari haqida gaplashamiz. Bu muammoning tadqiqotchilari Bespalko V.P., Selevko G.K., Slastenin V.A., Mavrin S.A. va boshq.
Pedagogik texnologiyalarning boshqalardan farqlash, ular qiziqishni kuchaytirib, talabalarga uni rag'batlantirish orqali yanada samarali o'rganishga hissa qo'shadi.
Ko'pgina pedagogik noto'g'ri va noto'g'ri hisob-kitoblarning sabablari o'qituvchilarning umumiy madaniy va nazariy va amaliy pedagogik savodxonligining yo'qligida, ularning ko'pchiligida haqiqiy professionallikning yo'qligidan kelib chiqadi. Shu bois, bizning ishimizning maqsadi - umumiy va kasb-hunar ta'limi muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va pedagogik texnologiyalarni joriy etish. "Ta'lim texnologiyasi" toifasining mazmuni va mazmunini noto'g'ri tushunish muammosini hal qilish uchun quyidagi vazifalarni hal qilishimiz kerak:
1. "Ta'lim texnologiyasi" muammolari bo'yicha adabiyotlarni o'rganish;
2. "Pedagogik texnologiyalar" ni zamonaviy tushunish va qo'llashni belgilash;
3. Talabalar, boshlang'ich o'qituvchilarga "zamonaviy ta'lim texnologiyalari" masalasini mustaqil o'rganish uchun tavsiyalar berish.
Maqsadlarga erishish va maqsadga erishish uchun ilmiy va pedagogik tadqiqot usullarini qo'lladik:
1. adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish;
2. o'qituvchilar va o'quvchilarni o'rganish;
3. materiallarni to'plash, tanlash va tizimlashtirish.
Ishni talabalar va boshlang'ich o'qituvchilarga o'zlarining "zamonaviy ta'lim texnologiyalari" toifasiga kiritishlari mumkin.
Pedagogik jarayon texnologiyasi g'oyasining kelib chiqishi asosan nazariy va amaliy faoliyatning turli sohalarida ilmiy-texnikaviy yutuqlarning kiritilishi bilan bog'liq. Shuni ta'kidlash kerakki, AS pedagogika texnologiyasi manbai edi. Makarenko. Dunyoga mashhur "Pedagogik she'rida" u "bizning pedagogik ishlab chiqarishimiz hech qachon texnologik mantiqqa asoslanmagan, lekin doimo axloqiy targ'ibotning mantig'iga asoslangan" deb yozgan. U shuning uchun biz pedagogik ishlab chiqarishning barcha muhim bo'linmalaridan: texnologik jarayonlar, operatsiyalarni hisobga olish, dizayn ishlarini, dizaynerlar va qurilmalardan foydalanishni, rationing, nazorat qilish, tolerantlik va rad etishga shunchaki ishonmaymiz.
Pedagogikani o'z ichiga olgan har qanday faoliyat texnologiya bo'lishi mumkin. San'at sezgi, ilm-fanga asoslangan. Hamma narsa san'atdan boshlanadi, texnologiya tugaydi, har narsa hamma boshidan boshlanadi. Va uning doirasida biron-bir rejalashtirish, u holda uni tarqatish mumkin emas, bema'nilardan farqli o'laroq, intuitiv xatti-harakatlar, texnologiyaning boshlanishi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Ta'lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog pedagogik texnologiyalar, ta'lim-tarbiya jarayonini faollashtirish usullari va o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha sifatli bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni ta'minlovchi pedagogik usullarni qo‘llay bilishi lozim. U pedagogik texnologiyalarning mohiyati, maqsadi va vazifalarini o‘rganib chiqib, ular haqida ilmiy asoslangan ma'lumotlar, amaliy yo‘llanmalar ishlab chiqishi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirganidan so‘ng, uni ta'lim tizimiga joriy eta olishi kerak.
O‘quv-tarbiya jarayonida hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi metodlaridan foydalanish har bir ta'lim oluvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, ta'lim oluvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ta'lim olishda mas'uliyathissini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi har bir ta'lim oluvchining ta'lim olishdai muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga, o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishga zamin tayѐrlaydi. Ta'lim tashkilotilarda olib boriladigan mashg‘ulotlarda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining guruhlarda o‘qitish, zigzag yoki arra, kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodlaridan foydalanish uchun pedagog har bir metodning didaktik maqsadini anglagan holda o‘quv topshiriqlarini tuzadi va ulardan o‘z o‘rnida foydalanish yo‘llarini belgilaydi.

Yüklə 147,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə